Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QISHLOQ XOʻJALIGI TEXNIKASINI MASHINA-TRAKTOR PARKI BALANSIGA BERISH YOʻLI BILAN DAVLAT-AKSIYADORLIK MASHINA-TRAKTOR PARKLARI AKSIYALARIGA HAQ TOʻLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Qishloq xoʻjaligi korxonalari va davlat-aksiyadorlik mashina-traktor parklarining (“MTP” DAB) oʻzaro iqtisodiy munosabatlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, ularning samarali ishlashlarida ikki tomonlama manfaatdorlik yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasining qishloq xoʻjaligi korxonalariga “MTP” DAB aksiyalariga haq toʻlash hisobiga qiymati ularga teng miqdordagi qishloq xoʻjaligi texnikasini mashina-traktor parklariga berish yoʻli bilan ularning aksiyalarini sotib olish huquqini berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilab qoʻyilsinki, koʻrsatilgan aksiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-martdaga 106-son qaroriga muvofiq mashina-traktor parklari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun qishloq xoʻjaligi korxonalarining qarzlari va budjetga toʻlovlar toʻlangandan keyin sotib olinishi mumkin.
2. Qishloq xoʻjaligi texnikasini mashina-traktor parki balansiga berish yoʻli bilan “MTP” DAB aksiyalariga haq toʻlash tartibi tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 15-iyul,
301-son
Qishloq xoʻjaligi texnikasini mashina-traktor parki balansiga berish yoʻli bilan “MTP” DAB aksiyalariga haq toʻlash
TARTIBI
1. Qishloq xoʻjaligi texnikasini mashina-traktor parki balansiga berish yoʻli bilan “MTP” DAB aksiyalariga haq toʻlashning mazkur Tartibi (keyingi oʻrinlarda Tartib deb ataladi), Vazirlar Mahkamasining “Mashina-traktor parklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 19-martdagi 152-son va “Mashina-traktor parklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning xizmatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 10-martdagi 106-son qarorlarini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
2. Mazkur Tartibning bajarilishini tashkil etish tuman hokimi qarori bilan tuziladigan quyidagi tarkibdagi tuman komissiyasiga yuklanadi:
Hokimning qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosari — komissiya raisi;
Quyidagilarning vakillaridan iborat boʻlgan komissiya aʼzolari:
tuman moliya boʻlimi;
tuman soliq inspeksiyasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmasi;
Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi;
Keyingi tahrirga qarang.
iqtisodiyot va statistika tuman boʻlimi;
Milliy depozitariyning hududiy filiali;
“MTP” DAB;
qishloq xoʻjaligi korxonalari.
3. Tuman komissiyasiga quyidagi ishlar yuklanadi:
1998-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra buxgalteriya balansidagi qoldiq qiymat boʻyicha qishloq xoʻjaligi korxonalariga tegashli traktorlar, kombaynlar, pluglarning va “MTP” DAB aksiyalari oʻrniga beriladigan boshqa texnikaning texnik holatini aniqlash;
Har bir qishloq xoʻjaligi korxonasi boʻyicha korxona “MTP” DABga berish uchun taklif etayotgan texnikaning umumiy qoldiq qiymatini aniqlash;
“MTP” DABga beraladigan qishloq xoʻjalik texnikasi qiymati hamda qishloq xoʻjaligi korxonalarning mashina-traktor parklari oldidagi va budjetga toʻlovlar boʻyicha hisobga olinadigan qarzlari orasidagi farqni aniqlash;
qishloq xoʻjaligi texnikasini qabul qilish-topshirishni tashkil etish;
“MTP” DABga beriladigan texnika uchun “MTP” DAB aksiyalari bilan hisob-kitob qilishni tashkil etish.
4. Tuman komissiyalari bir tomondan “MTP” DABga ularning aksiyalari oʻrniga beriladigan qishloq xoʻjaligi texnikasining qiymatini va ikkinchi tomondan “MTP” DAB aksiyalarining qishloq xoʻjaligi korxonalariga sotish uchun moʻljallangan 30 foizlik paketi va erkin sotish uchun moʻljallangan aksiyalarning 20 foizlik paketi joylashtirilmagan qismining qiymatini aniqlaydilar.
Ushbu hisob-kitoblar asosida har bir qishloq xoʻjaligi korxonasi uchun toʻlov summasi quyidagi prinsiplardan kelib chiqqan holda belgilanadi:
dastavval “MTP” DAB aksiyalarining qishloq xoʻjaligi korxonalariga sotish uchun moʻljallangan 30 foizi joylashtirilgan boʻlishi kerak;
agar “MTP” DAB aksiyalarning 30 foizlik paketi qishloq xoʻjaligi korxonalari oʻrtasida joylashtirilgandan soʻng texnikaning bir qismi sotilmay qolsa, unda tuman komissiyasi “MTP” DAB aksiyalarining 20 foizlik paketini joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
5. 4-bandga muvofiq bajarilgan hisob-kitoblardan kelib chiqqan holda tuman komissiyasi har bir qishloq xoʻjaligi korxonasini u “MTP” DAB aksiyalari qancha miqdorda boʻlishi, qaysi paketlardan (30 va 20 foizlik) xarid qilishi mumkinligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi, bir nusxasi “MTI” DABga yuboriladi.
6. Qishloq xoʻjaligi korxonalari va “MTP” DAB olingan bildirishnoma asosida aksiyalarga qishloq xoʻjaligi texnikasiga mulkiy huquq bilan haq toʻlash toʻgʻrisida oʻzaro ikki tomonlama shartnomalar tuzadilar va ularni tuman komissiyasiga beradilar.
7. Tuman komissiyasi qarori bilan:
qishloq xoʻjaligi korxonasi;
“MTP” DAB;
tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi;
Keyingi tahrirga qarang.
tuman moliya boʻlimi;
tuman soliq inspeksiyasi;
tuman iqtisodiyot va statistika boʻlimi vakillaridan iborat qabul qilish-topshirish komissiyasi tuziladi.
qabul qilish-topshirish komissiyalari qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan “MTP” DABga texnikani topshiradilar va qabul qilish-topshirish dalolatnomalarini rasmiylashtiradilar.
8. Qabul qilish-topshirish komissiyalari qabul qilish-topshirish dalolatnomalarining nusxalarini qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan “MTP” DAB oʻrtasidagi aksiyalarga haq toʻlash toʻgʻrisidagi shartnomalar nusxalari bilan birgalikda tuman komissiyasiga topshiradilar.
9. Tuman komissiyasi:
qabul qilish-topshirish dalolatlomalarini tasdiqlaydi;
qishloq xoʻjaligi texnikasiga mulkiy huquq bilan haq toʻlanadigan “MTP” DAB aksiyalarini berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
koʻrsatib oʻtilgan qarorlarni shartnomalar va qabul qilish-topshirish dalolatnomalari nusxalari bilan birga Milliy depozitariy filialiga yuboradi.
10. Milliy depozitariy filiali olingan hujjatlar asosida “depo” schyotlariga oʻtkazish uchun “Vaqt” Milliy depozitariyga soʻrov qogʻozini yoʻllaydi va barcha bajarilgan shartnomalar boʻyicha tuman komissiyasiga, “Vaqt” Milliy depozitariysiga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmasiga har haftalik hisobotlar taqdim etadi.
11. Barcha shartnomalar bajarilgandan soʻng, tuman komissiyasi:
tuman hokimiga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalariga;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmasiga hisobot yoʻllaydi.
12. “Vaqt” Milliy depozitariysi aksiyalarga haq toʻlash toʻgʻrisidagi barcha bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazish tugagandan soʻng oʻz viloyat filialini xabardor qiladi, u tuman komissiyasiga bildirishnoma nusxasini yuboradi.
13. Milliy depozitariy tomonidan barcha bitishuvlar roʻyxatdan oʻtkazilganligi tasdiqlangandan soʻng tuman komissiyasi oʻz ishining tugaganligi toʻgʻrisida eʼlon qiladi.