07.04.2026 yildagi PQ-130-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.08.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy logistika va yetkazib berish zanjirlaridagi uzilishlar sharoitida mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida keskin tebranishlarning oldini olish, ichki isteʼmol bozorida mol va qoʻy goʻshti narxlari barqarorligini saqlash hamda toʻliq zanjirda goʻsht mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish uchun vaqtinchalik, shaffof va teng shartlarda qoʻllanadigan choralarni joriy etish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Yangi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining goʻsht mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlashga qaratilgan quyidagi yoʻnalishlarda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan vaqtinchalik subsidiyalar ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 31-dekabrga qadar tadbirkorlik subyektlariga mol va qoʻy goʻshtini import qilishda, ularni havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir kilogramm goʻsht uchun 0,8 AQSH dollaridan oshmagan miqdorda;
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-avgustdagi PQ-293-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2026-y., 07/26/293/0822-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 31-dekabrga qadar xorijiy davlatlardan havo transporti orqali import qilingan nasldor qoramol qiymatining 10 foizi, biroq har bir bosh qoramol uchun 4 million soʻmdan oshmagan miqdorda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, mazkur qarorga muvofiq subsidiyalar Agrar sohada toʻlovlar agentligi tomonidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorga muvofiq subsidiyalar bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Agrar sohada toʻlovlar agentligining hisob-kitoblariga asosan joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining 2026-yil xarajatlaridan maqbullashtirish belgilangan mablagʻlar hisobidan bosqichma-bosqich 300 milliard soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Agrar sohada toʻlovlar agentligi bilan birgalikda bir hafta muddatda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) subsidiyalarni ajratish tartiblarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev hamda qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 7-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-130-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2026-y., 07/26/130/0322-son; 06.08.2026-y., 07/26/293/0822-son)