Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2021 03.09.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 815
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan
1999-yil 27-iyulda, 59-son bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Auditorlik tanlovi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Auditning milliy standarti 14-sonli AMS
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 3-sentabrda roʻyxatidan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 815]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 43-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3316, 30.07.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 296-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasida qilgan maʼruzasida bayon etilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STANDARTNING MAQSADI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur standartning maqsadi auditorlik tashkiloti uchun tekshirilayotgan maʼlumotlar jamlanmasidan tanlash qoidalarini belgilash va bu tarzda olingan maʼlumotlar natijalarini baholash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMAL QILISh SOHASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur standartning talablari barcha auditorlik tashkilotlari uchun rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni koʻzda tutuvchi auditni amalga oshirishda majburiy hisoblanadi, bundan tavsiyaviy tusga ega ekanligi toʻgʻridan toʻgʻri koʻrsatilgan qoidalar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur standart talablari, tekshiruv natijalari asosida rasmiy auditorlik xulosasi tayyorlashni koʻzda tutmaydigan auditning amalga oshirilishida, shuningdek, auditga turdosh xizmatlar (konsalting xizmatlari) koʻrsatilishida tavsiyaviy tusga ega boʻladi. Aniq topshiriqni bajarish chogʻida mazkur standartning majburiy talablaridan chetga chiqilgan hollarda auditorlik tashkiloti buni oʻzining ish hujjatlarida hamda audit va (yoki) unga turdosh xizmatlarga buyurtma bergan xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga beriladigan yozma hisobotda majburiy tartibda koʻrsatib oʻtishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TANLASh TURLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tanlash reprezentativ, yaʼni ishonchli boʻlishi lozim. Bu talab, oʻrganilayotgan jamlanmaning barcha elementlari tanlashda bir xil asosdagi ehtimollikka ega boʻlishini koʻzda tutadi. Reprezentativlikni taʼminlash uchun auditorlik tashkiloti quyidagi usullarning biridan foydalanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Tasodifiy tanlash. Tasodifiy sonlar jadvali boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Muntazam tanlash. Elementlarni tasodifiy tanlangan sondan boshlab muntazam oraliqda tanlanishini koʻzda tutadi. Oraliq masofa yo jamlanma elementlarining muayyan sonida yoki qiymatni baholash asosida quriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Aralash tanlash. Tasodifiy va muntazam tanlashning turli usullari uygʻunligini ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Auditorlik tashkiloti, tanlash oʻtkazilishi natijalari boʻyicha auditorning professional mulohazasi butun jamlanmaga daxldor boʻlmagan hollarda noreprezentativ, yaʼni ishonchli boʻlmagan jamlanmani qoʻllashga haqli. Auditor alohida olingan operatsiyalar guruhini yoki tegishli ravishda ehtimolli xatolar belgilangan operatsiyalar toifasini tekshirganda noreprezentativ tanlashni qoʻllanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobida schyotlar boʻyicha saldo va operatsiyalarning toʻgʻri aks ettirilganini tekshirishi yoki tekshirilayotgan jamlanmaning elementlari soni juda ham kamligidan statistik usullarning qoʻllanishi maqsadga muvofiq boʻlmaganligi sababli yoki agarda auditorlik tanlashning qoʻllanishi yoppasiga tekshiruv oʻtkazishdan koʻra samarasizroq boʻlganda, nazorat tizimi vositalarini yoppasiga tekshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur standart, shuningdek statistik usulda tuzilgan tanlashlarga nisbatan ham qoʻllanadi. U auditorlik dalillarini toʻplash uchun ishonchli imkoniyatlarini namoyon etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TANLAShNING TUZILIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Auditorlik tanlash tekshirilayotgan jamlanmaning 100 foizdan kam boʻlgan obyektlariga nisbatan auditorlik tartib-taomillari qoʻllash maqsadida amalga oshiriladi. Bunday obyektlar deganda schyotlar saldosini tashkil etuvchi elementlar yoki butun tekshirilayotgan jamlanma haqida bir fikrga kelishga imkon beruvchi auditorlik dalillarini yigʻish uchun schyotlar boʻyicha aylanmalarni tashkil etuvchi operatsiyalar tushuniladi. Tanlashni tuzish uchun auditorlik tashkiloti buxgalteriya hisobotining aniq bir boʻlimini tekshirish tartibini, tanlash amalga oshiriladigan tekshirilayotgan jamlanmani va tanlash hajmini belgilab olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Buxgalteriya hisobotining aniq bir boʻlimi tekshiruvini oʻtkazishni ishlab chiqishda auditorlik tashkiloti tekshirish maqsadini va bu maqsadlarga erishishga yordam beruvchi auditorlik tartib-taomillarni belgilab olishi kerak. Shundan soʻng auditor yuz berishi mumkin boʻlgan xatolarni aniqlashi, unga zarur boʻlgan, toʻplash kerak boʻlgan dalillarni baholashi va shuning asosida koʻrilayotgan maʼlumotlar jamlanmasini belgilashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Auditorlik tashkiloti oʻrganilayotgan jamlanmani shu tarzda aniqlashi kerakki, u auditning maqsadiga muvofiq kelsin. Jamlanma muayyan tarzda identifikatsiya qilinadigan birliklar toʻplamidan tashkil topishi kerak. Auditorlik tashkiloti jamlanma elementlarini tanlashni oʻz oldiga qoʻyilgan maqsadlarga erishishga imkon beruvchi samarali va tejamkorlik tarzida oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tanlashni oʻtkazishda auditorlik tashkiloti oʻrganilayotgan jamlanmani, har birining elementlari oʻxshash xususiyatlarga ega boʻlgan, alohida guruhlarga (“jamlanma boʻlaklari”ga) ajratishi mumkin. Jamlanmani boʻlish (ajratish) mezonlari shunday boʻlishi kerakki, har qanday element boʻyicha, u qanday jamlanma boʻlagiga tegishli ekanligini aniq koʻrsatish mumkin boʻlsin. Stratifikatsiya deb nomlanuvchi mazkur tartib-taomil, maʼlumotlar tarqoqligini (variatsiyani) kamaytirib, auditorlik tashkilotining ishini yengillashtirishga imkon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TANLASh RISKI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tanlashning hajmi (oʻlchamini) belgilashda auditorlik tashkiloti tanlash riskini, yoʻl qoʻyilgan va kutilayotgan xatolarni aniqlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tanlash riski shundan iborat boʻladiki, auditorning tanlash maʼlumotlari asosida tuzilgan, muayyan masalalar boʻyicha fikri, xuddi shu masalalar boʻyicha butun jamlanmani oʻrganish asosida yuzaga kelgan fikrlardan farq qilishi mumkin. Tanlash riski nazorat tizimi vositalarini testdan oʻtkazishda ham, buxgalteriya hisobida schyotlar boʻyicha aylanmalarni va saldolarning toʻgʻri aks ettirilganligini batafsil tekshirishda ham mavjud boʻlishi mumkin. Auditorlik amaliyotida nazorat tizimi testlari va schyotlar boʻyicha aylanmalar hamda saldo toʻgʻriligini tekshirishda birinchi va ikkinchi tur risklari farqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.1. Nazorat vositalarini testdan oʻtkazishda quyidagi tanlash risklari farqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.1.1. Birinchi tur riski — tanlash natijasi nazorat tizimining ishonchsizligidan dalolat berib, aslida esa tizim haqiqatda ishonchli boʻlgan holda, toʻgʻri farazni rad etish riski.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.1.2. Ikkinchi tur riski — tanlash natijasi tizimning ishonchsizligidan dalolat berib, aslida esa nazorat tizimi zaruriy ishonchlilikka ega boʻlmagan holda, notoʻgʻri farazni qabul qilish riski.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.2. Schyotlar boʻyicha aylanmalar va saldoning buxgalteriya hisobida toʻgʻri aks etganligini sinchiklab tekshirishda quyidagi tanlash risklari farqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.2.1. Birinchi tur riski — tanlash natijasi tekshirilayotgan jamlanma jiddiy xatolarga ega ekanligidan dalolat berib, aslida esa jamlanmada bunday xatolar boʻlmagan holda, toʻgʻri farazni rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14.2.2. Ikkinchi tur riski — tanlash natijasi tekshirilayotgan jamlanma jiddiy xatolarga ega emasligidan dalolat bersa, aslida esa jamlanma jiddiy xatoga ega boʻlgan holda notoʻgʻri farazni qabul qilish riski.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Toʻgʻri farazni rad etish riski auditorlik tashkiloti tomonidan yoki tanlash oʻtkazish natijasida uning hisob-kitobida xato borligi aniqlangan xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qoʻshimcha ishlarni bajarishni talab etadi. Notoʻgʻri farazni qabul qilish riski auditorlik tashkiloti ishi natijalarini shubha ostiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tanlashning oʻlchami auditor tomonidan ruxsat etiladigan deb hisoblanadigan xato miqdori bilan aniqlanadi. Uning miqdori qanchalik kichik boʻlsa, tanlashning zaruriy oʻlchami shunchalik katta boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan xato auditor tomonidan tanlangan muhimlilik darajasiga muvofiq auditni rejalashtirish bosqichida aniqlanadi. Yoʻl qoʻyiladigan xatoning miqdori qancha kam boʻlsa, auditorlik tanlashning hajmi shuncha katta boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17.1. Nazorat tizimi vositalarini testdan oʻtkazishda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan xatolar boʻlib xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan belgilangan va auditorlik tashkiloti rejalashtirish bosqichida aniqlagan nazorat tartib-taomillaridan maksimal darajadagi chetlanish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17.2. Schyotlar boʻyicha saldo va aylanmalar toʻgʻriligini tekshirishda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan xato deb saldoda yoki provodkalarning muayyan toifasidagi maksimal xato hisoblanadi va bunga auditorlik tashkiloti yoʻl qoʻyilishiga rozi boʻladi. Bunday xatolarning butun audit jarayoniga jamlanma taʼsiri, auditorlik tashkiloti uchun buxgalteriya hisobotlari muhim xatolardan xoli ekanligini yetarlicha ishonchli darajasida tasdiqlash imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agar auditor tekshirilayotgan jamlanmada xato mavjud deb hisoblasa, bunday xatolarning umumiy miqdori yoʻl qoʻyiladigan xatoning oʻlchamidan oshmasligini tekshirish uchun katta miqdordagi tanlashni amalga oshirishi kerak. Agar auditor jamlanma xatolardan xoli deb hisoblasa, kichik oʻlchamdagi tanlashdan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TANLASh NATIJALARINI BAHOLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Har qanday tanlash uchun auditorlik tashkilotining quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19.1. Tanlashga tushgan har bir xatoni tahlil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19.2. Tanlashni amalga oshirishda olingan natijalarni butun tekshirilayotgan jamlanmaga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19.3. Tanlash risklarini baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tanlashga tushgan xatolarni tahlil qilishda auditorlik tashkiloti birinchi navbatda tanlashga kirgan xatolarning tabiatini aniqlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20.1. Tanlashni shakllantirishda u qanday aniq maqsadlarni koʻzlab oʻtkazilayotganini taʼriflash va tanlashda aniqlangan xatolarni shu maqsadlarga muvofiq ravishda baholash lozim. Agar koʻzlangan tekshiruv maqsadlariga tanlash tekshiruvlari yordamida erishilmagan boʻlsa, unda auditorlik tashkiloti muqobil auditorlik tartib-taomillarini oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20.2. Auditorlik tashkiloti xatolarning sifat jihatini, yaʼni ularning mohiyati va ularni yuzaga keltirgan sabablarni baholashi, shuningdek, ularning auditning boshqa uchastkalariga taʼsirini aniqlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan xatolarni tahlil qilayotganda auditorlik tashkiloti, ular operatsiya turlari, ishlab chiqarish birliklari va boʻlinmalari bilan, ular uchun topilgan xatolarning kelib chiqish vaqti va hokazolar bilan bogʻliq boʻlgan umumiy belgilarga egaligi toʻgʻrisida xulosaga kelishi mumkin. Bu holda auditorlik tashkiloti tekshirilayotgan jamlanmani, tegishli belgilariga koʻra jamlanmani guruhlarga boʻlishi va har birini alohida tekshirishi mumkin, bu esa aniqroq natijalarga erishishga imkon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Auditorlik tashkiloti tanlashlar boʻyicha olingan natijalarni butun tekshiriladigan jamlanmalarga tatbiq etishi shart. Tanlash natijalarini butun jamlanmalarga tatbiq etish usullari turlicha boʻlishi mumkin, lekin ular doimo tanlashni tuzish usullariga muvofiq kelishi lozim. Agar jamlanma tegishli ravishda jamlanma boʻlaklariga ajratilgan boʻlsa, uni tatbiq etish ham ularning har biriga nisbatan amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Auditor tekshiriladigan jamlanmadagi xato yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan miqdordan ortiq emasligiga ishonch hosil qilishi kerak. Buning uchun auditor tatbiq etish vositasida olingan jamlanma xatolarini yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan xato bilan solishtiradi. Agar birinchi xato yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgandan ortiq boʻlsa, auditorlik tashkiloti tanlash xatolarini takroran baholashi lozim. Agar ularni nomaqbul deb topsa, u holda auditorlik tartib-taomillari doirasini kengaytirishi yoki oʻtkazilganlariga muqobil boʻlgan auditorlik tartib-taomillarini qoʻllashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Auditorlik tashkiloti auditorlik tanlashning barcha bosqichlarini va uning natijalarini tahlilini majburiy tartibda ishchi hujjatlarida aks ettirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KUChGA KIRISh SANASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Auditning milliy standarti 2000-yil 1-yanvaridan kuchga kiradi.