Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2021 03.09.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 814
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan
1999-yil 4-avgustda, 64-son bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tahliliy tartib-taomillar”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Auditning milliy standarti 13-sonli AMS
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 3-sentabrda roʻyxatidan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 814]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 43-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3316, 30.07.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 296-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasida qilgan maʼruzasida bayon etilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STANDARTNING MAQSADI VA VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Standartning maqsadi auditorlik tashkiloti tahliliy tartib-taomillarni bajarayotganda qoʻllaydigan normalarni belgilashdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Standartning vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Tahliliy tartib-taomillarni oʻtkazish maqsadlarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Tahliliy tartib-taomil turlarning tavsifi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Tahliliy tartib-taomillarni bajarish tartibi va usullarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Tahliliy tartib-taomillarni bajarish natijalari olingandan keyingi auditorlik tashkilotining harakatlarini tartibga solish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMAL QILISh SOHASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur standartning talablari barcha auditorlik tashkilotlari uchun rasmiy auditorlik xulosasini tayyorlashni koʻzda tutuvchi auditni amalga oshirishda majburiy hisoblanadi, bundan tavsiyaviy tusga ega ekanligi toʻgʻridan toʻgʻri koʻrsatilgan qoidalar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur standart talablari, tekshiruv natijalari asosida rasmiy auditorlik xulosasi tayyorlashni koʻzda tutmaydigan auditning amalga oshirilishida, shuningdek, auditga turdosh xizmatlar (konsalting xizmatlari) koʻrsatilishida tavsiyaviy tusga ega boʻladi. Aniq topshiriqni bajarish chogʻida mazkur standartning majburiy talablaridan chetga chiqilgan hollarda auditorlik tashkiloti buni oʻzining ish hujjatlarida hamda audit va (yoki) unga turdosh xizmatlarga buyurtma bergan xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga beriladigan yozma hisobotda majburiy tartibda koʻrsatib oʻtishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAHLILIY TARTIB-TAOMILLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tahliliy tartib-taomillar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotining haqiqiy koʻrsatkichlarini rejadagi koʻrsatkichlari bilan solishtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Moliyaviy hisobotning haqiqiy koʻrsatkichlarini auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlangan prognoz koʻrsatkichlari bilan solishtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Moliyaviy hisobot koʻrsatkichlarini amaldagi qonunchilik va normativ hujjatlarda yoki xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan belgilangan normativ koʻrsatkichlar bilan solishtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4. Moliyaviy hisobot koʻrsatkichlarini moliyaviy hisobot tarkibiga kirmaydigan koʻrsatkichlar bilan solishtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.5. Moliyaviy hisobot koʻrsatkichlarini tarmoqning oʻrtacha maʼlumotlari bilan solishtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.6. Moliyaviy hisobot koʻrsatkichlarining vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishini va ular bilan bogʻliq boʻlgan nisbiy koeffitsiyentlar tahlili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tahliliy tartib-taomillarning turi ularni oʻtkazish maqsadiga, ularni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni ochiqligi va adekvatligi, xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyat turiga bogʻliq boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotining haqiqiy koʻrsatkichlarini u tomonidan belgilangan reja bilan solishtirishda auditorlik tashkiloti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.1. Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qoʻllaniladigan rejalashtirish uslubini baholashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.2. Hisobot davri moliyaviy koʻrsatkichlari mijoz tomonidan reja koʻrsatkichlariga binoan oʻzgartirilmaganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliyaviy hisobotning haqiqiy koʻrsatkichlarini mustaqil belgilangan prognoz koʻrsatkichlar bilan solishtirishda auditorlik tashkiloti oʻz taxminlarini shakllangan tendensiyalar asosida belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hisobot va meʼyoriy koʻrsatkichlar negizida har xil turdagi koeffitsiyentlar va foizli nisbatlar hisob-kitobi samarali hisoblanadi. Koeffitsiyentlarni tanlash, ularning hisob-kitob usullarini va hisob-kitob vaqti davrlarini tanlash normativ hujjatlarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Mumkin boʻlgan risk sohalarini aniqlash usullari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.1. Joriy davrning nisbiy koʻrsatkichlarini tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.2. Turli davrlarda xoʻjalik yurituvchi subyekt uchun hisoblangan nisbiy koʻrsatkichlarni oʻzgarishining tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.3. Nisbiy koʻrsatkichlarning bir nechta turining oʻzgarishini oʻzaro solishtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xoʻjalik yurituvchi subyektni moliyaviy hisobotining haqiqiy koʻrsatkichlarini tarmoqning oʻrtacha koʻrsatkichlari bilan solishtirgan holda, auditor ushbu xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatini tahlil qiladi. Bunda auditor shularni hisobga olishi kerakki, tarmoq koʻrsatkichlari mazkur xoʻjalik yurituvchi subyekt koʻrsatkichlari bilan mos kelmasligi mumkin, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar turli hisob siyosatidan foydalanishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Auditor tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti maʼlumotlarini moliyaviy hisobot tarkibiga kirmaydigan maʼlumotlar (buxgalteriyaga oid boʻlmagan maʼlumotlar) bilan solishtirish usuli qoʻllangan taqdirda, auditor foydalanilayotgan buxgalteriyaga oid boʻlmagan maʼlumotlarining aniqligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hisobotning haqiqiy koʻrsatkichlarini avvalgi davrlar maʼlumotlari bilan solishtirish jarayonida auditorlik tashkiloti auditni rejalashtirish bosqichidayoq mumkin boʻlgan risk sohalarini belgilab oladi. Mumkin boʻlgan risklar sohalarini aniqlashning keng tarqalgan usullari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.1. Buxgalteriya balansi moddalarini solishtirish va ulardagi keskin oʻzgarishlar tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13.2. Moddalardagi oʻzgarishlarni boshqa moddalardagi oʻzgarishlar bilan solishtirish tahlili. Mazkur holda mumkin boʻlgan risk sohasi, bir koʻrsatkichdagi oʻzgarish boshqa koʻrsatkichdagi oʻzgarishga iqtisodiy tabiatiga koʻra muvofiq kelmaganida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAHLILIY TARTIB-TAOMILLARNI QOʻLLASh MAQSADLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tahliliy tartib-taomillarni qoʻllanishi tahlil etilayotgan koʻrsatkichlar oʻrtasidagi sababiy-oqibat aloqaning mavjudligiga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tahliliy tartib-taomillarning maqsadlari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.1. Xoʻjalik faoliyatida mumkin boʻlgan risklar sohasini belgilovchi gʻayrioddiy yoki notoʻgʻri aks ettirilgan faktlar va natijalarning mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.2. Xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.3. Moliyaviy hisobotni buzilishi faktlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.4. Batafsil auditorlik tartib-taomillar sonini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.5. Yuzaga kelgan savollarga javob olish maqsadida testdan oʻtkazishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tahliliy tartib-taomillarni qoʻllash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16.1. Auditorga auditni rejalashtirishda mijozni yaxshiroq tushunish va buxgalteriya balanslarini tekshirish orqali audit riski darajasini belgilash imkoniyatini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16.2. Boshqa auditorlik tartib-taomillar soni va hajmini qisqartirishga imkon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16.3. Auditorga audit vaqtida uning asoslangan malakali fikrini shakllantirishga yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16.4. Qoʻshimcha auditorlik tartib-taomillarini talab etuvchi tekshiruv sohalarini aniqlab berishi mumkin boʻlgan moliyaviy muammolarning hisobotda mavjudligini soʻnggi tekshirish vazifasini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tahliliy tartib-taomillar auditning butun jarayoni davomida bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AUDITORLIK TARTIB-TAOMILLARNI BAJARISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tahliliy tartib-taomilning bajarilishi quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18.1. Tartib-taomillar maqsadini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18.2. Tartib-taomillar turini tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18.3. Tartib-taomillarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18.4. Bajarilgan tartib-taomillarni tahlil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tahliliy tartib-taomillarni bajarish bosqichida auditor tanlov asosida quyidagilardan foydalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19.1. Oddiy solishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19.2. Hisobot davrida biror-bir koʻrsatkichning oʻzgarish tendensiyasini va ularning kelgusi yoki oʻtgan davrlarga tatbiq qilinishini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19.3. Biror-bir koʻrsatkichlar orasidagi miqdoriy oʻzaro aloqadorliklarni ularning kelgusi yoki oʻtgan davrlardagi hajmini hisoblash maqsadida aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tahliliy tartib-taomillar jamlanma moliyaviy hisobotga ham, alohida balansga ajratilgan tarkibiy boʻlinmalarga ham qoʻllanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tahliliy tartib-taomillar natijalarining ishonchliligi auditor tomonidan topilmaslik riski, ichki xoʻjalik riski va nazorat vositalari riski darajasining toʻgʻri baholanishiga bogʻliqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahliliy tartib-taomillarning ishonchliligiga taʼsir etuvchi omillar boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.1. Koʻrib chiqilayotgan schyotlar boʻyicha qoldiqlarning muhimlilik darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.2. Ayni bir tekshiruv obyektiga nisbatan qoʻllanilgan boshqa tahliliy tartib-taomillarning natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.3. Tahliliy tartib-taomillarni bajarishda qoʻllanadigan koʻrsatkichlarning chetga ogʻish miqdorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.4. Tahliliy tartib-taomillarni bajarishda buxgalteriyaga oid boʻlmagan maʼlumotlardan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAHLILIY TARTIB-TAOMILLARNIBAJARISh NATIJALARI BOʻYIChAAUDITORNING HARAKATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bajarilgan tahliliy tartib-taomillarning natijasi boʻlib auditor tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisoboti koʻrsatkichlaridagi gʻayrioddiy chetlanishlarning aniqlash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Auditor tomonidan, boshqa manbalardan olingan dalillar bilan tasdiqlanmaydigan gʻayrioddiy chetlanishlar aniqlangan holatlarda, u oʻtkazilgan tahliliy tartib-taomillarning obyektivligi va ishonchliligiga shaxsan ishonch hosil qilish uchun ularni sinchiklab tadqiq etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tadqiqot jarayoni xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyatini fikrini soʻrashdan boshlanishi kerak. Javoblar auditorlik dalillari bilan yoki auditorning xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyati toʻgʻrisidagi bilimlari bilan tasdiqlanishi lozim. Auditor, rahbariyat fikrini soʻrash natijalariga asoslangan boshqa auditorlik tartib-taomillarini oʻtkazish imkoniyatlarini ham koʻrib chiqishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Gʻayrioddiy chetlanishlar miqdorini tahlil etishda, auditor, normativ hujjatlarga asoslangan mezoniy qiymatlardan foydalanadi. Agar gʻayrioddiy tafovutlar auditor tomonidan maqbul deb topilgan darajadan oshib ketsa, bu holda chetlanish miqdori tadqiq etilishi lozim. Bu miqdorni mutlaq qiymatlarda aks ettirish qiyin boʻlgan hollarda auditor foizlarda aks ettirilgan miqdorlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Gʻayrioddiy chetlanishlar tahlili natijalarini, shuningdek, rejalashtirish va tahliliy tartib-taomillarning bajarilishi natijalarini auditor tekshiruv oʻtkazish boʻyicha ish hujjatlarida aks ettirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tahliliy tartib-taomillarning natijalarini quyidagi hollarda qoʻllash kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27.1. Auditorlik xulosasini tuzishda zarur boʻlgan auditorlik dalillarini olish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27.2. Auditorning iqtisodiy subyekt rahbariyatiga auditni oʻtkazish natijalari boʻyicha yozma axborotini tayyorlash uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KUChGA KIRISh SANASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur Auditning milliy standarti 2000-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi.