Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING SOLIQ KOLLEJINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-iyundagi 377-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut va soliq texnikumlari faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Soliq ishi mutaxassislarini ixtisosli tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmatini malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Soliq kolledji tashkil etilsin.
Belgilansinki:
kollej harbiylashtirilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasi, taʼlim oluvchilar esa — kursantlar hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
kollejda oʻqish davlat grantlari asosida kunduzgi shaklda amalga oshiriladi;
kollejda oʻqish muddati 3 yil va 1 yil soliq xizmati organlarida amaliy ishda sinov. 11 yillik umumiy oʻrta taʼlimga ega boʻlgan abituriyentlar uchun (toʻqqiz yillik umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari joriy etilguncha) oʻqish muddati tegishlicha — 2 va 1 yil;
Soliq kollejini tamomlagan kursantlarga oʻqish vaqti soliq organlarida xizmat stajiga qoʻshiladi, Qurolli Kuchlar saflarida xizmat qilmaganlarga esa — muddatli harbiy xizmat muddatga qoʻshiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq kolleji boshliqlari, professor-oʻqituvchilari tarkibiga kiruvchi shaxslarga, kursantlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Bojxona kollejining tegishli toifalari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari, imtiyozlar, kiyim-bosh, oziq-ovqat va boshqa taʼminot normalari joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar Soliq kollejining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmatining malakali oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
taʼlim oluvchilarning kasb-hunar malaka va koʻnikmalarini chuqur rivojlantirish, ular tomonidan iqtisodiy va huquqiy bilimlar, soliq haqidagi qonunlar, soliq xizmati organlarining nazorat funksiyalarini amalga oshirish uslubiyati chuqur oʻzlashtirilishini taʼminlash;
davlat taʼlim standartlari doirasida taʼlim oluvchilarning intellektual rivojlanishini, amaliy faoliyat koʻnikmalari va ijodiy qobiliyatlari shakllanishini taʼminlovchi umumtaʼlim va kasb-hunar dasturlarini amalga oshirish;
Oʻzbekiston soliq xizmatining anʼanalarini mustahkamlash va rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va tarbiyalashda xorijiy ijobiy tajribani oʻrganish va oʻzlashtirish;
abituriyentlarning sifatli kontingentini shakllantirish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bilan doimiy aloqani taʼminlash;
respublika soliq xizmati xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, davlat soliq xizmati organlari uchun kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
3. Soliq kolleji tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Davlat soliq qoʻmitasi raisiga xodimlarning tasdiqlangan soni mehnatga haq toʻlash fondi doirasida kollej tuzilmasiga oʻzgartirish kiritishga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq kolleji professor-oʻqituvchilari va boshqalar tarkibiga kiruvchi xodimlari soni, ularni 2-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich butlagan holda, 74 nafardan iborat etib belgilasin (xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi xodimlardan tashqari).
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda tuzilmaga muvofiq shtat jadvalini tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda kollej toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
1998-yil 1-sentabrdan boshlab kollejda mashgʻulotlar boshlanishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 1998-yil 1-sentabrgacha kollejga professor-oʻqituvchilar tarkibini tanlab olish va ularni tayyorlash tizimini ishlab chiqsin;
Davlat test markazi bilan birgalikda test sinovlari natijalari boʻyicha abituriyentlarni belgilangan tartibda 1998/99 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqitish uchun belgilangan davlat grantlari doirasida xolisona, sifatli tanlab olsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 1998-yil 1-sentabrgacha Soliq kolleji oʻquv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishi va joriy etilishini taʼminlasin, ularni 1998/99 oʻquv yilida tajriba tariqasida sinovdan oʻtkazsin;
darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, didaktik materiallar ishlab chiqish boʻyicha tanlov asosida mualliflar jamoalarini tashkil etsin.
6. Davlat soliq qoʻmitasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda tajriba sinovi natijalari boʻyicha 1999-yil 1-avgustgacha:
soliq ishi sohasida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsin, bunda:
bitiruvchilarga malaka talablarini belgilashni;
tayyorlash sifatiga hamda taʼlim va kasb-hunar dasturlarni mazmuniga talablarni belgilashni;
oʻquv fanlarini, taʼlim dasturlarini va maxsus dasturlarni shakllantirishni;
kadrlarni sifatli tayyorlash uchun zarur boʻlgan oʻquv soatlari hajmlarini belgilashni nazarda tutsin;
oʻquv rejalari va dasturlariga zarur tuzatishlar kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1999-yildan boshlab Soliq kolleji xarajatlariga belgilangan tartibda zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
1998-yilda kollejning joriy xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnika taʼminoti jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin.
Belgilansinki, kollej binolari va inshootlari qurilishi, ularni rekonstruksiya qilish va tuzatish koʻrsatib oʻtilgan jamgʻarma mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 1998/99 oʻquv yili boshlanishiga qadar kollej binolari va inshootlari tuzatilishini, professor-oʻqituvchilar tarkibi butlanishini, kollej xodimlari va kursantlari uchun zarur moddiy va sanitariya-maishiy shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin.
9. Soliq kollejini joylashtirish uchun “Oʻzbeksavdo” kompaniyasi “Oʻzbilimsavdo” masʼuliyati cheklangan jamiyatning Toshkent shahar, Akmal Ikromov tumani, Sobir Yusupov koʻchasi, 3-uydagi binosi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi balansiga berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, binoni mukammal tuzatish boʻyicha bajarilgan ishlar yuzasidan qarzdorlikni hisobga olgan holda, berilayotgan mol-mulk qiymatini “Oʻzbilimsavdo” jamiyatiga belgilangan tartibda toʻlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqib kiritiladigan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida takliflar tayyorlasinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 14-iyul,
298-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Soliq kolleji tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Soliq kollejining
shtatdagi xodimlari soni
| |
Jami |
1998-yil |
1999-yil |
| Jami | 74 | 52 | 22 |
| Shu jumladan: | | | |
| katta va oʻrta boshliqlar tarkibi | 64 | 44 | 20 |
| kichik boshliqlar tarkibi | 7 | 5 | 2 |
| xizmatchilar | 3 | 3 | — |
Keyingi tahrirga qarang.