Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Avtomobil va daryo transportini boshqarishni tashkil etish darajasini oshirish va bu faoliyat ustidan nazoratni kuchaytirish, avtotransport xizmatlari koʻrsatish bozorida raqobatni rivojlantirish, harakat xavfsizligi va ekologik talablarni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika “Oʻzavtolitsenziya” boshqarmasi bazasida, uni “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi tarkibidan ajratgan holda, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tashkil etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi:
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi;
oʻz tizimiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlimlarni oladi.
2. Quyidagilar Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
avtomobil va daryolarda tashishlarni tashkil etish va ularni takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilar tashish boʻyicha litsenziya faoliyatini tashkil etish va uni takomillashtirish;
harakat xavfsizligini va avtomobil transportida avariyalarni qisqartirishni taʼminlash ishlarida qatnashish;
avtomobil va daryo transporti xizmatlari isteʼmolchilarining manfaatlarini himoya qilish;
avtomobil va daryo transporti obyektlaridan foydalanishda ekologiya normalari va talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
kemalar va suzib yuruvchi qurilmalarni hisobga olish, tasniflash, roʻyxatdan oʻtkazish va sertifikatsiya qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tizimi xodimlarining cheklanish soni 80 kishi, shu jumladan, Agentlik markaziy apparati xodimlari soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 22 kishi, hududiy boʻlimlar xodimlari soni har bir mintaqada 4-5 kishidan iborat etib belgilansin.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga Agentlik boshligʻining ikki nafar oʻrinbosariga, shu jumladan bir nafar ozod qilingan oʻrinbosarga, 7 kishidan iborat hayʼatga ega boʻlishiga ruxsat etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi rahbarlari lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadilar;
Agentlik hududiy boʻlimlari rahbarlari lavozimga hokimiyat mahalliy organlari bilan kelishilgan holda Agentlik boshligʻi tomonidan tayinlanadilar.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi maqomiga, moddiy, ijtimoiy-maishiy taʼminot va transport xizmati koʻrsatilishi shart-sharoitlariga koʻra vazirga, boshliq oʻrinbosari vazir oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga Vazirlar Mahkamasining Transport sohasidagi faoliyatni litsenziyalash komissiyasi qaroriga koʻra mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ular tomonidan avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyati amalga oshirilishi uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish yuzasidan operatsiyalarni amalga oshirish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi toʻgʻrisidagi nizom, Agentlik va uning markaziy apparatining tashkiliy tuzilmasi, shuningdek Agentlik hududiy boʻlimining namunaviy tuzilmasi 1—4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Belgilansinki, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida chiqaradigan normativ hujjatlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, avtomobil va daryo transporti xizmatlari koʻrsatuvchi yoki ulardan foydalanuvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi xarajatlari:
Vazirlar Mahkamasining “Transport va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat poshlinasi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qaroriga muvofiq avtomobil transporti xizmati koʻrsatishga oid faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berganlik uchun davlat bojining 20 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 19-apreldagi 215-son qaroriga muvofiq litsenziyalar berganlik uchun yigʻim (eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida);
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yigʻimlar undirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan yoʻlovchilar va yuk tashish huquqi amalga oshirilishiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining xarajatlar smetasi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Agentlik boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Toshkent shahar, Amir Temur koʻchasi, 1-tor koʻchadagi 6-uyga joylashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga mazkur qarordan kelib chiqib kiritaladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A.Axmetov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
11-iyul 1998-yil,
296-son
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi toʻgʻrisida
NI3OM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (keyingi oʻrinlarda “Agentlik” deb ataladi) avtomobil va daryo transporti sohasidagi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi, avtomobil va daryo transportidan foydalanishda transport qonunchiligiga, xavfsizlik qoidalariga va ekologik talablarga rioya qilinishini tartibga soladi va nazorat qiladi.
2. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga xamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
3. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan oʻzaro hamkorlikda hal qiladi.
4. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, tugallangan balansga, bank muassasasida hisob-kitob va valyuta schyotlariga ega boʻladi.
5. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.
II. AGENTLIKNING ASOSIY VAZIFALARI
6. Quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
avtomobil va daryolarda tashishlarni tashkil etish va ularni takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
avtomobil transportida litsenziya faoliyatini tashkil etish va uni takomillashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
harakat xavfsizligini va avtomobil transportida avariyalarni qisqartirishni taʼminlash ishlarida qatnashish;
avtomobil va daryo transporti xizmatlari isteʼmolchilarining manfaatlarini himoya qilish;
avtomobil va daryo transporti obyektlaridan foydalanishda ekologiya normalari va talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
kemalar va suzib yuruvchi qurilmalarni hisobga olish, tasniflash, roʻyxatdan oʻtkazish va sertifikatsiya;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti manfaatlarini belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarda ifodalash;
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boshqa davlatlarning maʼmuriyatlari va tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
III. AGENTLIKNING ASOSIY FUNKSIYALARI
7. Yuklangan vazifalarga muvofiq Agentlik quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Vazirlar Mahkamasining Transport sohasidagi faoliyatni litsenziyalash komissiyasi qarorlari asosida, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, yuridik shaxslarga, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarga avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, yuridik shaxslar, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan avtomobil va daryo transportining faoliyat koʻrsatish tartibini belgilovchi qonun hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Kemalar va suzib yuruvchi qurilmalarni hisobga olish, tasniflash, roʻyxatdan oʻtkazish va sertifikatsiya qilish;
davlat boshqaruvi organlarining koʻrib chiqishi uchun avtomobil va daryo transporti faoliyatining normativ bazasini takomillashtirish, ishlab turgan xalqaro avtomobil yoʻlaklaridan samarali foydalanish va ularning yangilarini barpo etish yuzasidan takliflar kiritish;
vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini, dasturlarni, shuningdek, uning faoliyatiga tegishli boʻlgan tarmoqlarni rivojlantirishga oid boshqa hujjatlar loyihalarini ekspert baholash va kelishib olish;
avtomobil va daryo transportini rivojlantirish konsepsiyasini va milliy dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish va ularni amalga oshirish;
amaldagi qonun hujjatlari va xalqaro talablarga muvofiq avtomobil va daryo transporti masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi normativ hujjatlarini ishlab chiqish va ularni belgilangan tartibda tasdiqlash;
avtomobil va daryo transportidan foydalanish sohasida xalqaro bitimlar va shartnomalarni ishlab chiqishda respublika nomidan qatnashish;
kemalar va suzib yuruvchi qurilmalarni loyihalash, ulardan foydalanish, ularni tugatish va qayta jihozlashda suvda inson hayoti himoya qilinishini va kemalarning bexatar suzishini taʼminlovchi talablarning bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. AGENTLIKNING HUQUQLARI
8. Agentlik quyidagi huquqlarga egadir:
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yoʻlovchilar, bagaj, yuk tashish boʻyicha avtomobil va daryo transporti xizmati koʻrsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy boʻlgan normativ hujjatlar chiqarish. Agentlik qarorlari ustidan belgilangan tartibda sud organlariga shikoyat qilinishi mumkin;
yuridik va jismoniy shaxslarga avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish boʻyicha berilgan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) shartlariga ular tomonidan rioya qilinishini nazorat qilish, Vazirlar Mahkamasi Komissiyasiga, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni litsenziya normalari va qoidalarini buzganlik uchun litsenziyalardan mahrum etish yoki buzilishlar bartaraf etilgunga qadar ularning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar mahalliy ijro etuvchi organlariga, vazirliklar, idoralar, soliq va huquqni muhofaza qilish organlariga aybdorlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish, shuningdek, transport hodisalarining, avtomobil va daryo transportidan foydalanish qoidalari, ekologik normalar va talablar buzilishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida takliflar kiritish;
avtomobil va daryo transporti faoliyatini tartibga soluvchi transport qonunchiligi qoidalarini tahlil qilish va takomillashtirish masalalari boʻyicha mutaxassislarni jalb etish;
yuridik va jismoniy shaxslardan oʻz funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan avtomobil va daryo transporti sohasidagi axborotlarni olish.
Keyingi tahrirga qarang.
V. AGENTLIKNI BOShQARISh
9. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi.
10. Agentlik boshligʻi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan ikki nafar oʻrinbosarga, shu jumladan, bir nafar ozod qilingan oʻrinbosarga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Agentlikda tarkibiga Agentlik boshligʻi (hayʼat raisi), lavozimlari boʻyicha boshliq oʻrinbosarlari, shuningdek, agentlik tizimining boshqa rahbar xodimlari kiruvchi 7 kishidan iborat hayʼat tuziladi. Hayʼatning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hayʼat qarorlari, odatda, Agentlik buyruqlari bilan hayotga joriy etiladi. Rais bilan hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan hollarda rais paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilgan holda oʻz qarorini hayotga joriy etadi, hayʼat aʼzolari ham, oʻz navbatida, oʻz fikrlarini Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilishlari mumkin.
12. Qoraqalpogʻiston respublika, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlariga mahalliy hokimiyat organlari bilan kelishgan xolda Agentlik boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan boʻshatiladigan boshliqlar boshchilik qiladilar.
13. Hududiy boʻlimlar, boʻlinmalar, xizmatlar boshliqlari va boshqa xodimlar vazifalarini Agentlik boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan boʻlimlar, boʻlinmalar, xizmatlar va ularning lavozim yoʻriqnomalari toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq bajaradilar va javob beradilar.
14. Agentlik markaziy apparatining tashkiliy tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, uning hududiy boʻlimlarining tuzilmasi va shtatlar jadvali — Agentlik boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
15. Agentlik va uning hududiy boʻlimlari faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash litsenziyalar berganlik uchun davlat boji va litsenziya yigʻimlaridan ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIGʻINING JAVOBGARLIGI VA HUQUQLARI
16. Agentlik boshligʻi mazkur Nizomga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti faoliyatiga oid Agentlik tomonidan ishlab chiqiladigan normativ hujjatlarning sifati;
Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablarining bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti faoliyati masalalari boʻyicha Agentlik tomonidan beriladigan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
17. Agentlik boshligʻi:
Agentlik faoliyati masalalari yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar, farmoyishlar chiqarish;
avtomobil va daryo transporti faoliyati masalalari yuzasidan boshqa davlat tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
avtomobil va daryo transporti korxonalari va tashkilotlarining mansabdor shaxslariga ular tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga va berilgan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) shartlariga rioya qilinishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda yozma koʻrsatmalar berish va ularning belgilangan muddatlarda bajarilishini talab qilish;
avtomobil va daryo transporti korxonalari va tashkilotlarining mansabdor shaxslaridan Agentlikka yuklangan funksiyalarning bajarilishi uchun zarur boʻlgan axborotlar, hujjatlar, tushuntirishlar va materiallarni olish;
Agentlik xodimlari umumiy soni doirasida uning tarkibiga kiruvchi hududiy boʻlimlar, boʻlinmalar, xizmatlar xodimlari sonini tartibga keltirish huquqiga egadir.
VII. AGENTLIKNING JAVOBGARLIGI
18. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarning va oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlarning bajarilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
VIII. AGENTLIK FAOLIYATINI TOʻXTATISh
19. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tashkiliy tuzilmasi
Hammasi: 80 kishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi markaziy apparatining tashkiliy tuzilmasi
Hammasi: 22 kishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy boʻlimining namunaviy tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.