Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Avtomobil va daryo transportini boshqarishni tashkil etish darajasini oshirish va bu faoliyat ustidan nazoratni kuchaytirish, avtotransport xizmatlari koʻrsatish bozorida raqobatni rivojlantirish, harakat xavfsizligi va ekologik talablarni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika “Oʻzavtolitsenziya” boshqarmasi bazasida, uni “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi tarkibidan ajratgan holda, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tashkil etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi:
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi;
oʻz tizimiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlimlarni oladi.
2. Quyidagilar Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
avtomobil va daryolarda tashishlarni tashkil etish va ularni takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilar tashish boʻyicha litsenziya faoliyatini tashkil etish va uni takomillashtirish;
harakat xavfsizligini va avtomobil transportida avariyalarni qisqartirishni taʼminlash ishlarida qatnashish;
avtomobil va daryo transporti xizmatlari isteʼmolchilarining manfaatlarini himoya qilish;
avtomobil va daryo transporti obyektlaridan foydalanishda ekologiya normalari va talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
kemalar va suzib yuruvchi qurilmalarni hisobga olish, tasniflash, roʻyxatdan oʻtkazish va sertifikatsiya qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi rahbarlari lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadilar;
Agentlik hududiy boʻlimlari rahbarlari lavozimga hokimiyat mahalliy organlari bilan kelishilgan holda Agentlik boshligʻi tomonidan tayinlanadilar.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi maqomiga, moddiy, ijtimoiy-maishiy taʼminot va transport xizmati koʻrsatilishi shart-sharoitlariga koʻra vazirga, boshliq oʻrinbosari vazir oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin.
(3-banding birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-oktabrdagi 422-sonli qarori bilan chiqarilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga Vazirlar Mahkamasining Transport sohasidagi faoliyatni litsenziyalash komissiyasi qaroriga koʻra mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ular tomonidan avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyati amalga oshirilishi uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish yuzasidan operatsiyalarni amalga oshirish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi toʻgʻrisidagi nizom, Agentlik va uning markaziy apparatining tashkiliy tuzilmasi, shuningdek Agentlik hududiy boʻlimining namunaviy tuzilmasi 1—4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Belgilansinki, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida chiqaradigan normativ hujjatlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, avtomobil va daryo transporti xizmatlari koʻrsatuvchi yoki ulardan foydalanuvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi xarajatlari:
Vazirlar Mahkamasining “Transport va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat poshlinasi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qaroriga muvofiq avtomobil transporti xizmati koʻrsatishga oid faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berganlik uchun davlat bojining 20 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
suzib yuruvchi qurilmalarni hisobga olganlik va tekshiruv koʻrigidan oʻtkazganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tariflar boʻyicha tushadigan mablagʻlar va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 11-son, 65-modda)
Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yigʻimlar undirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar tomonidan yoʻlovchilar va yuk tashish huquqi amalga oshirilishiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining xarajatlar smetasi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Agentlik boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Toshkent shahar, Amir Temur koʻchasi, 1-tor koʻchadagi 6-uyga joylashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga mazkur qarordan kelib chiqib kiritaladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A.Axmetov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
11-iyul 1998-yil,
296-son
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi toʻgʻrisida
NI3OM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (keyingi oʻrinlarda “Agentlik” deb ataladi) avtomobil va daryo transporti sohasidagi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi, avtomobil va daryo transportidan foydalanishda transport qonunchiligiga, xavfsizlik qoidalariga va ekologik talablarga rioya qilinishini tartibga soladi va nazorat qiladi.
2. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga xamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
3. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan oʻzaro hamkorlikda hal qiladi.
4. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, tugallangan balansga, bank muassasasida hisob-kitob va valyuta schyotlariga ega boʻladi.
5. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi Oʻzbekiston Respublikasi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.
II. AGENTLIKNING ASOSIY VAZIFALARI
6. Quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
avtomobil va daryolarda tashishlarni tashkil etish va ularni takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2001-y., 11-son, 65-modda)
harakat xavfsizligini va avtomobil transportida avariyalarni qisqartirishni taʼminlash ishlarida qatnashish;
avtomobil va daryo transporti xizmatlari isteʼmolchilarining manfaatlarini himoya qilish;
avtomobil va daryo transporti obyektlaridan foydalanishda ekologiya normalari va talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
foydalanishda boʻlgan kemalar va suzib yuruvchi qurilmalarni hisobga olish, tasniflash, roʻyxatdan oʻtkazish va sertifikatlash, shuningdek Registr qoidalari hamda kemalar va suzib yuruvchi qurilmalarni taʼmirlashga doir boshqa normativ hujjatlar talablari bajarilishi ustidan nazorat qilish, Daryo kemachiligi registri bilan kemalar va suzib yuruvchi vositalarga kema guvohnomasi, malaka guvohnomasi, suzishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi guvohnomani, neft, oqova suvlar va axlat bilan iflos qilishning oldini olish toʻgʻrisidagi guvohnomani hamda Registr qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni berish;
(6-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 11-son, 65-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti manfaatlarini belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarda ifodalash;
Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boshqa davlatlarning maʼmuriyatlari va tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda avtotransport xizmatlariga doir tarif siyosatini shakllantirish;
yuk va yoʻlovchilar tashuvchilar faoliyatini belgilangan tartibda litsenziyalash hamda avtomobil va daryo transporti sohasida litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda yoʻlovchilar va yuklarni tashish borasida respublikaning davlat va aholi ehtiyojlari prognozlarini ishlab chiqish hamda jamoat avtomobil transporti va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtirish;
tarmoqni xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, yuk va yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini tender asosida joylashtirish mexanizmlarini joriy etish va takomillashtirish, mulkchilikning barcha shakllaridagi yuk va yoʻlovchilar tashuvchilar faoliyati uchun teng shart-sharoitlar yaratish, avtotransport xizmatlari koʻrsatish sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshirish asosida avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirishga va rivojlantirishga koʻmaklashish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda xalqaro va viloyatlararo avtomobilda yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini tasdiqlash;
avtomobil transporti sohasida xizmatlarni sertifikatlashni tashkil etish va amalga oshirish;
favqulodda holatlarda va safarbarlik vaziyatida joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga avtomobil transportining maxsus boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirishda koʻmaklashish;
avtomobil va daryo transporti sohasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash masalalarida yagona siyosatni amalga oshirish.
(6-band xatboshilar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan — OʻR QHT, 2001-y., 11-son, 65-modda)
III. AGENTLIKNING ASOSIY FUNKSIYALARI
7. Yuklangan vazifalarga muvofiq Agentlik quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Oldingi tahrirga qarang.
avtomobil va daryo transporti sohasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalash;
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 11-son, 65-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
avtomobil va daryo transporti sohasida litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
(7-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 11-son, 65-modda)
Kemalar va suzib yuruvchi qurilmalarni hisobga olish, tasniflash, roʻyxatdan oʻtkazish va sertifikatsiya qilish;
davlat boshqaruvi organlarining koʻrib chiqishi uchun avtomobil va daryo transporti faoliyatining normativ bazasini takomillashtirish, ishlab turgan xalqaro avtomobil yoʻlaklaridan samarali foydalanish va ularning yangilarini barpo etish yuzasidan takliflar kiritish;
vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini, dasturlarni, shuningdek, uning faoliyatiga tegishli boʻlgan tarmoqlarni rivojlantirishga oid boshqa hujjatlar loyihalarini ekspert baholash va kelishib olish;
avtomobil va daryo transportini rivojlantirish konsepsiyasini va milliy dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish va ularni amalga oshirish;
amaldagi qonun hujjatlari va xalqaro talablarga muvofiq avtomobil va daryo transporti masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi normativ hujjatlarini ishlab chiqish va ularni belgilangan tartibda tasdiqlash;
avtomobil va daryo transportidan foydalanish sohasida xalqaro bitimlar va shartnomalarni ishlab chiqishda respublika nomidan qatnashish;
kemalar va suzib yuruvchi qurilmalarni loyihalash, ulardan foydalanish, ularni tugatish va qayta jihozlashda suvda inson hayoti himoya qilinishini va kemalarning bexatar suzishini taʼminlovchi talablarning bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda avtotransport xizmatlariga doir tarif siyosatini shakllantirish.
(7-band xatboshi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan — OʻR QHT, 2001-y., 11-son, 65-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
avtomobil transportida xavfli yuklar, qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chogʻida xulosalar berish.
(7-band xatboshi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-maydagi 150-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan — OʻR QHT, 2002-y., 9-son, 66-modda)
IV. AGENTLIKNING HUQUQLARI
8. Agentlik quyidagi huquqlarga egadir:
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yoʻlovchilar, bagaj, yuk tashish boʻyicha avtomobil va daryo transporti xizmati koʻrsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy boʻlgan normativ hujjatlar chiqarish. Agentlik qarorlari ustidan belgilangan tartibda sud organlariga shikoyat qilinishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali va rejadan tashqari tekshirish, tekshirishlar natijalari boʻyicha aniq qoida buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga aniqlangan qoida buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar qabul qilish, bunday qoida buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilash;
(8-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 11-son, 65-modda)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar mahalliy ijro etuvchi organlariga, vazirliklar, idoralar, soliq va huquqni muhofaza qilish organlariga aybdorlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish, shuningdek, transport hodisalarining, avtomobil va daryo transportidan foydalanish qoidalari, ekologik normalar va talablar buzilishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida takliflar kiritish;
avtomobil va daryo transporti faoliyatini tartibga soluvchi transport qonunchiligi qoidalarini tahlil qilish va takomillashtirish masalalari boʻyicha mutaxassislarni jalb etish;
yuridik va jismoniy shaxslardan oʻz funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan avtomobil va daryo transporti sohasidagi axborotlarni olish.
Oldingi tahrirga qarang.
kemalar va suzib yuruvchi vositalardan toʻgʻri foydalanilishini, ularning tabel boʻyicha taʼminot va ashyolar bilan taʼminlanganligini, ular tomonidan suzish va foydalanish xavfsizligini taʼminlash qoidalari va talablari bajarilishini, kemalar qatnaydigan yoʻllar va kemalar qatnovi sharoitlarini nazorat qilish, ekipaj aʼzolarining bilimlarini tekshirish;
kema hujjatlarining amal qilish muddati tugagan, malakali ekipaj bilan taʼminlanmagan, kema bortida halokat-qutqaruv va yongʻinga qarshi ashyolar boʻlmagan hollarda, suzib yuruvchi qurilmada odamlar xavfsizligiga tahdid soluvchi nuqsonlar paydo boʻlganda, kemalardan foydalanish, yongʻinga qarshi va sanitariya xavfsizligi qoidalari talablari, ekologiya normalari buzilganda kemalar va suzib yuruvchi vositalardan foydalanishni taqiqlash;
texnik holati suzish va foydalanish xavfsizligini yoki suzib yuruvchi vositalarning xavfsiz turishini taʼminlamagan hollarda suzib yuruvchi vositalardan foydalanishni taqiqlash;
suzib yuruvchi vositalarga nisbatan xavfsiz suzish sharoitlarini, inson hayotining muhofaza qilinishini, yuklarning ichki suv yoʻllari orqali ishonchli tashilishini, kemalar qatnovi orqali iflos qilishning oldi olinishini taʼminlovchi texnik talablarni belgilash, ushbu talablarga rioya etilishi ustidan texnik nazorat oʻrnatish, suzib yuruvchi vositalar Registr tomonidan chiqariladigan qoidalar asosida taʼmirlanayotgan vaqtda ularni tasniflash, texnik koʻrikdan oʻtkazish va nazorat qilish;
xorijiy hamda milliy yuk va yoʻlovchilar tashuvchilar tomonidan avtomobil va daryo transporti sohasida Oʻzbekiston Respublikasi qatnashchisi boʻlgan xalqaro bitimlar va konvensiyalarning asosiy shartlari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
(8-band xatboshilar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan — OʻR QHT, 2001-y., 11-son, 65-modda)
V. AGENTLIKNI BOShQARISh
9. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Agentlik boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan ikki nafar oʻrinbosarga ega boʻladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 11-son, 65-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Agentlikda tarkibiga Agentlik boshligʻi (hayʼat raisi), lavozimlari boʻyicha boshliq oʻrinbosarlari, shuningdek Agentlik tizimining boshqa rahbar xodimlari kiruvchi 5 kishidan iborat hayʼat tuziladi. hayʼatning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 11-son, 65-modda)
12. Qoraqalpogʻiston respublika, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlariga mahalliy hokimiyat organlari bilan kelishgan xolda Agentlik boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan boʻshatiladigan boshliqlar boshchilik qiladilar.
13. Hududiy boʻlimlar, boʻlinmalar, xizmatlar boshliqlari va boshqa xodimlar vazifalarini Agentlik boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan boʻlimlar, boʻlinmalar, xizmatlar va ularning lavozim yoʻriqnomalari toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq bajaradilar va javob beradilar.
14. Agentlik markaziy apparatining tashkiliy tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, uning hududiy boʻlimlarining tuzilmasi va shtatlar jadvali — Agentlik boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Agentlik va uning hududiy boʻlimlari faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash litsenziyalar berganlik uchun davlat boji va litsenziya yigʻimlaridan ajratmalar, shuningdek suzib yuruvchi vositalarni hisobga olganlik va tekshiruv koʻrigidan oʻtkazganlik uchun mablagʻlar va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-iyundagi 245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 11-son, 65-modda)
VI. AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIGʻINING JAVOBGARLIGI VA HUQUQLARI
16. Agentlik boshligʻi mazkur Nizomga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti faoliyatiga oid Agentlik tomonidan ishlab chiqiladigan normativ hujjatlarning sifati;
Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablarining bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti faoliyati masalalari boʻyicha Agentlik tomonidan beriladigan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
17. Agentlik boshligʻi:
Agentlik faoliyati masalalari yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar, farmoyishlar chiqarish;
avtomobil va daryo transporti faoliyati masalalari yuzasidan boshqa davlat tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
avtomobil va daryo transporti korxonalari va tashkilotlarining mansabdor shaxslariga ular tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga va berilgan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) shartlariga rioya qilinishi toʻgʻrisida belgilangan tartibda yozma koʻrsatmalar berish va ularning belgilangan muddatlarda bajarilishini talab qilish;
avtomobil va daryo transporti korxonalari va tashkilotlarining mansabdor shaxslaridan Agentlikka yuklangan funksiyalarning bajarilishi uchun zarur boʻlgan axborotlar, hujjatlar, tushuntirishlar va materiallarni olish;
Agentlik xodimlari umumiy soni doirasida uning tarkibiga kiruvchi hududiy boʻlimlar, boʻlinmalar, xizmatlar xodimlari sonini tartibga keltirish huquqiga egadir.
VII. AGENTLIKNING JAVOBGARLIGI
18. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarning va oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlarning bajarilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
VIII. AGENTLIK FAOLIYATINI TOʻXTATISh
19. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-oktabrdagi 422-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-oktabrdagi 422-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy boʻlimining namunaviy tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.