Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019 17.11.1994 yildagi 557-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RADIONAVIGATSIYA SOHASIDAGI MUVOFIQLAShTIRUVChI FAOLIYATNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari, tashkilotlari va idoralarining radionavigatsiya tizimlarini yaratish va ulardan foydalanish sohasidagi davlatlararo hamkorligini muvofiqlashtirish, shuningdek, respublikada integratsiyalashgan radionavigatsiya maydonlarini yaratish, xoʻjalik va harbiy isteʼmolchilarni navigatsiya axboroti bilan taʼminlash ishini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Radionavigatsiya tizimlarini yaratish va ulardan foydalanish sohasidagi davlatlararo hamkorlik masalalarini muvofiqlashtirish, respublikada integratsiyalangan radionavigatsiya maydonlarini yaratish hamda barcha isteʼmolchilarning navigatsiya axborotiga boʻlgan ehtiyojini qondirishga oid vazifalar Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi toʻgʻrisida” 1993-yil 7-iyundagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi tarkibiga (3-band) Energetika va elektrlashtirish vazirining oʻrinbosari, Davlat soliq qoʻmitasi, Fan va texnika Davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi raislarining oʻrinbosarlari, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi raisi, “Oʻzbekkosmos” davlat agentligi bosh direktorining oʻrinbosari lavozimlariga koʻra va koʻrsatib oʻtilgan organlar rahbarlarining tavsiyasiga binoan kiritilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi raisi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniya bosh direktori (Rafiqov) komissiya aʼzolaridan radionavigatsiya boʻyicha doimiy ishlovchi qoʻmita tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Radionavigatsiya boʻyicha doimiy ishlovchi qoʻmitaning xalqaro, idoralararo va milliy tashkilotlardagi faoliyatiga, xalqaro konferensiyalar ham komissiyalarda respublika vakillarini tashkil etishga aloqador xarajatlari manfaatdor vazirliklar va idoralarning ulushlari hisobiga qoplanishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari R.R.Yunusov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 17-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
557-son