15.11.1994 yildagi 553-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

ANGREN SHAHRIDAGI KAOLIN BOYITISH FABRIKASINI OʻZ VAQTIDA ISHGA TUSHIRISHnI TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Angren kaolinlari negizida respublikaning eksport imkoniyatlarini kengaytirish va yuqori sifatli xalq isteʼmol tovarlari hamda binokorlik materiallari ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Koʻmir qazib olish va sotish aksionerlik birlashmasi (“Koʻmir” aksionerlik birlashmasi)ning yiliga 0,4 mln tonna boyitilgan kaolin ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan kaolin boyitish fabrikasi qurish, uni 1996-yilda, shu jumladan uning birinchi navbatini 1995-yil oxirigacha ishga tushirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Koʻmir” aksionerlik birlashmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda investitsiya loyihasini ishlab chiqsin va uni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga ekspertiza uchun taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasi ekspertizasi olingandan keyin ikki hafta muddatda fabrikaning boyitish boʻlinmasi uchun asbob-uskunalar va texnologiya yetkazib berish toʻgʻrisida Shveysariyaning “Mabeteks” firmasi bilan kontrakt tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Koʻmir” aksionerlik birlashmasining birlashma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kaolin boyitish fabrikasi qurilishini mablagʻ bilan taʼminlashni 10 foiz miqdorida oʻz mablagʻlari hisobidan va 90 foizini kreditlar hisobiga amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mabeteks” firmasi kreditini va foizlar toʻlashni kaolinni xorijiy sheriklarga eksport qilishdan olingan tushum hisobidan taʼminlashi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Pul-kredit siyosati boʻyicha komissiya fabrika qurilishi, Maydalash-elash boʻlinmasi uchun asbob-uskunalar va materiallar sotib olish uchun kredit ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Koʻmir” aksionerlik birlashmasiga kreditlar va ular boʻyicha foizlar toʻlangunga qadar boyitilgan kaolinni 100 foizgacha eksportga sotish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi kaolin boyitish fabrikasi qurilishini 1995-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya Dasturiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi, “Oʻzqurilishmateriallari” konserni, “Oʻzmetkombinat” aksionerlik ishlab chiqarish birlashmasi fabrika qurilishi uchun “Koʻmir” aksionerlik birlashmasiga moddiy-texnika resurslari hamda MDH mamlakatlaridan asbob-uskunalar va maxsus materiallar yetkazib berishni shartnoma asosida amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Mabeteks” firmasiga firma tomonidan kaolin boyitish fabrikasi qurilishi uchun ajratiladigan kredit hajmida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatini bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bosh loyihalashtiruvchi funksiyasi – “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konsernining “Qurilish-loyihalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh pudratchi funksiyasi – “Koʻmir” aksionerlik birlashmasining “Angrenkoʻmirqurilish” boshqarmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan montaj ishlari boʻyicha pudratchi funksiyasi “Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi “Koʻmir” aksionerlik birlashmasi buyurtmanomalari boʻyicha yuklar mutaxassislar tashilishini muntazam taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Koʻmir” aksionerlik birlashmasi va xorijiy firmalarning boyitish fabrikasi qurilishida band boʻlgan mutaxassislari uchun hujjatlari tezkorlik bilan rasmiylashtirilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mutaxassislar va firmalar vakillarining mehmonxona va “Koʻmir” aksionerlik birlashmasining yotoqxonalarda joylashtirilishiga ruxsat bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Aloqa vazirligi, “Oʻzbeksavdo” uyushmasi, Toshkent viloyati, Toshkent va Angren shaharlari hokimliklari fabrika qurilishi qatnashchilarini shartnoma asosida tibbiy xizmat koʻrsatish, qoʻshimcha telefon va teleks aloqasi, oziq-ovqat va sanoat tovarlari bilan taʼminlash masalalarini hal etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari Q.J.Haqqulov, B.O.Hamidov, Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 15-noyabr

553-son