25.03.2026 yildagi PF-47-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.03.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FARMONI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil makon” umummilliy loyihasi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikada yashil maydonlarni kengaytirish, mamlakatimizning har bir hududida botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil qilish hamda mavjud yashil bogʻlarni samarali boshqarish tizimini joriy etish orqali ularni saqlash, zararkunandalarga qarshi kurashish tizimini yaratish hamda mahalliy iqlim sharoitiga mos koʻchatlarni ilmiy asoslangan holda yetishtirishni rivojlantirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ushbu Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2028-yilga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qoʻshimcha ravishda jami maydoni 100 gektardan kam boʻlmagan botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) xalqaro standartlarga muvofiq 2030-yilgacha Oʻzbekistonda umumiy yashillik darajasini 14,2 foizdan 30 foizgacha oshirish, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan yashil hudud maydonini 9-10 m2gacha kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) PM2.5 va PM10 kabi zararli zarrachalarning konsentratsiyasini 20 — 25 foizga kamaytirish, iqlim sharoiti ogʻir hududlarda havo haroratini oʻrtacha 1,5 — 2°C gacha pasaytirish imkoniyatini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1061-son Qonuniga asosan botanika bogʻlariga muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish uchun ajratiladigan yer uchastkalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etishning asosiy vazifalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) dendrologiya bogʻlari maqomiga koʻra botanika bogʻlariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish maqsadida ajratiladigan yer maydonlari, istisno tariqasida, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlaridan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Kadastr agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu Farmonning 1-ilovasiga muvofiq yer uchastkalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mahalliy hokimliklar zaxirasiga qaytarilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) belgilangan tartibda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetiga (Green University) doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ekologiya qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ikki oy muddatda botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish konsepsiyalarini ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) uch oy muddatda dendrologiya bogʻlariga muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomini berishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) botanika va dendrologiya bogʻlari Ekologiya qoʻmitasi tasarrufida boʻladi hamda umumdavlat ahamiyatiga molik obyekt hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) botanika va dendrologiya bogʻlari Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) va “yashil” texnikumlarning tajriba, eksperimental va oʻquv-tajriba, ilmiy hamda oʻquv maqsadlari uchun foydalaniladigan obyektlari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) botanika va dendrologiya bogʻlarining yer uchastkalarini xususiylashtirish yoki begonalashtirish, ikkilamchi ijaraga berish, ularning hududlarini qisqartirish qatʼiy taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) botanika va dendrologiya bogʻlarini loyihalash, tashkil etish va ularni ekspluatatsiya qilish jarayonlarida xalqaro ekologik standartlar, atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumeʼtirof etilgan ekologik meʼyorlar va milliy qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilinishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Maxsus jamgʻarma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Yashil makon” umummilliy loyihasi uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grant mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. Bunda botanika va dendrologiya bogʻlarini barpo etish uchun xalqaro konsultantlar, olimlar, ekspertlar va mutaxassislarni jalb etish xarajatlari ham inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda botanika va dendrologiya bogʻlari maydonining chegaralariga qadar tashqi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalarini tashkil etish, jumladan, elektr energiyasi, gaz va suv taʼminoti, yoʻllar va telekommunikatsiya tarmoqlari boʻyicha ishlarni tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish maqsadida loyihalarni amalga oshirish doirasida import qilingan tovarlar, daraxt, buta koʻchatlari va urugʻlari, maxsus va texnologik asbob-uskunalar, butlovchi qismlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) majburiy muvofiqlikni baholash tartibotlaridan oʻtishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) bojxona boji toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) botanika va dendrologiya bogʻlari hududida ilmiy tashkilotlarning ilmiy tajriba, eksperimental ishlar va yangi navlarning seleksiyasi bilan bogʻliq tadbirlarni oʻtkazish hamda boshqa ilmiy va oʻquv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekin va daraxtzorlar egallagan yer uchastkalari yer soligʻidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, eksperiment tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etishda jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu bogʻlardagi uchastkalar va (yoki) ular hududidagi noyob daraxtlarni oʻz nomiga shartnoma asosida biriktirib qoʻyishga (tamgʻalashga) ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) botanika va dendrologiya bogʻlari sportchi, sanʼatkor, tadbirkor va boshqa tashabbuskorlar mablagʻlari hisobiga tashkil etilganda bogʻning kiraverishida uni tashkil etishda ishtirok etgan shaxslar nomlari bitilgan lavha oʻrnatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etishda moliyaviy va amaliy yordam koʻrsatgan shaxslarga metsenat maqomi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) koʻchatchilik xizmatlari bilan shugʻullanuvchilarga botanika va dendrologiya bogʻlarining yer uchastkalarini noyob daraxt koʻchatlarini ekish va parvarish qilish uchun belgilangan tartibda ijara huquqi asosida berishga ruxsat etiladi. Bunda ijarachilar yer uchastkalaridan faqat daraxtlarni reklama va ekspozitsiya sifatida namoyish qilish uchun foydalanish hamda kelgusida daraxtlarni botanika va dendrologiya bogʻlariga qoldirish majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki, 2027-yil 1-yanvardan boshlab botanika va dendrologiya bogʻlarining samarali faoliyat koʻrsatishi va barqaror rivojlanishini taʼminlash maqsadida respublikaning har bir hududidan mazkur bogʻlarga “yashillik elchisi” sifatida biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Yashillik elchilari”ning asosiy vazifalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasi (A.J. Ramatov, J.A. Xodjayev) Ekologiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2028-yilga 1-noyabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyatini muvofiqlashtirgan holda mazkur Farmonning 1-ilovasida nazarda tutilgan botanika va dendrologiya bogʻlarining yer maydonlarini kamida 100 gektargacha yetkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yashil bogʻlarni barpo etish, ularni saqlash va parvarish qilish tizimini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Oʻrmon agentligi) tizimidagi “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi Oʻrmon agentligi huzuridagi “Yashil bogʻlarni boshqarish oʻrmon ilmiy-tajriba markazi” davlat muassasasiga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) aylantirish orqali qayta tashkil etilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Yashil hudud” davlat unitar korxonasining hududlardagi tashkilotlari negizida Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan hududiy boshqarmalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Markazning hududiy boshqarmalariga kelgusida yashil bogʻlarni saqlash va parvarish qilish ishlari davomida nobud boʻlgan koʻchatlar oʻrnini qoplash maqsadida tashkil qilinadigan koʻchatxona uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlardan 3 — 5 gektar yer maydonlari ajratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Markaz “Yashil hudud” davlat unitar korxonasining huquq va majburiyatlari boʻyicha vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Yashil bogʻlarni boshqarish oʻrmon ilmiy-tajriba markazi” davlat muassasasining asosiy vazifalari va funksiyalari hamda faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oyda muddatda Markaz va uning hududiy boshqarmalarini boʻsh turgan binolarga joylashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Daraxt va butalarning kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish tizimini yaratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Markaz tarkibida alohida yuridik shaxs tashkil etmagan holda hududlardagi Daraxt kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati tashkil etiladi. Bunda davlat oʻrmon xoʻjaliklaridagi mavjud biolaboratoriyalar Markaz balansiga begʻaraz oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Markaz va uning hududiy boshqarmalarida faoliyat olib borayotgan xodimlar mehnatiga haq toʻlash, biriktirilgan bogʻlarni samarali boshqarish, saqlash va rivojlantirish xarajatlari 2026-yil uchun tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar, Maxsus jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ekologiya qoʻmitasi uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2027-yilda Markaz faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha umumlashtirilgan taklifni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Markaz va uning hududiy boshqarmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Maxsus jamgʻarmadan xarid qilinadigan maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikalari roʻyxatini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Quyidagilar Markaz tasarrufiga oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2024-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda yashil bogʻlarni barpo etish dasturiga asosan tashkil etilgan yashil bogʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bogʻim” loyihasi doirasida 2024-2025-yillarda barpo etilgan va kelgusi yillarda barpo etiladigan yashil bogʻ va yashil jamoat parklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Davlat budjeti va unga tenglashtirilgan manbalar hisobidan tashkil etilgan va mahalliy hokimliklarning zaxiradagi yer uchastkalarida joylashgan yashil bogʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir oy muddatda Markaz tasarrufiga oʻtkazilishi belgilangan mavjud bogʻlarni xatlovdan oʻtkazish, balansda saqlovchi va parvarish uchun masʼullar ishtirokida loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan tadbirlarning toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlagan holda topshirish-qabul qilish dalolatnomalariga asosan Markazga topshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikki oy muddatda topshirish-qabul qilish dalolatnomalariga asosan oʻtkazilgan bogʻlarga tegishli yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanish huquqi bilan Markazga ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2026-yil 1-maydan boshlab Ekologiya qoʻmitasining talabiga asosan Markazga kelgusida barpo etiladigan bogʻlarni belgilangan tartibda topshirish va ularga tegishli yer uchastkalari ajratib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Belgilansinki, Markaz tasarrufidagi bogʻlar va koʻchatxonalar tashkil etish uchun biriktirilgan yer uchastkalari daraxtzorlar sifatida soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yashil maydonlarni kengaytirish boʻyicha yangi tashabbuslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Hududlarda botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil qilish, yashillik darajasini oshirish hamda mavjud yashil bogʻlarni asrab qolish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Transport vazirligi Ekologiya qoʻmitasi, vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yashil chipta” tizimini joriy qilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) samolyot, poyezd, metro va taksi yoʻnalishlarida marshrutning karbon izini (taʼsirini) aniqlash va foydalanuvchilarga marshrutning tabiatga taʼsirini “yashil chipta” sotib olish orqali kompensatsiya qilish imkonini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ishlab chiqariladigan, saqlanadigan, ichki va tashqi bozorda realizatsiya qilinadigan mahsulotlar uchun ishlab chiqarish, saqlash va logistika jarayonlaridagi karbon izini hisoblab, xaridorga mahsulotning atrof-muhitga taʼsirini ixtiyoriy ravishda kompensatsiya qilish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) karbon izini (taʼsirini) Ekologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan qoʻllanmaga muvofiq avtomatik ravishda aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) “yashil chipta” olish orqali tabiatga yetkazilgan zarar kompensatsiyasidan tushgan mablagʻlarni Maxsus jamgʻarmaga oʻtkazish hamda faqat daraxt koʻchatlarini ekish va ularni parvarishlash tadbirlariga yoʻnaltirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Amaliy va moliyaviy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ekologiya qoʻmitasiga “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda oʻz hissasini qoʻshayotgan shaxslarni quyidagicha ragʻbatlantirish vakolatlari berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) kamida 100 ta daraxt koʻchatlarini ekkan shaxsga yoki daraxt ekish uchun “Yashil xayriya jamgʻarmasi” platformasiga kamida 10 million soʻm hadya qilgan shaxsga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) kamida mingta daraxt koʻchatlari ekilishini tashkil qilgan yoki “Yashil xayriya jamgʻarmasi” platformasiga kamida 100 million soʻm hadya qilgan tadbirkorlik subyektlariga “Ekohamkor” maqomini berish. Bunda tadbirkorlik subyektlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ularga ushbu maqomdan oʻz faoliyatini reklama qilishda foydalanish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Ekologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanmagan taqdirda ekofaoliyat va ekoaksiyalarni tashkil qilish holatlarini reklama qilish reklama qonunchiligini buzish deb hisoblanadi va qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ellik mingdan kam boʻlmagan daraxt koʻchatlari ekilishini taʼminlagan yoki “Yashil xayriya jamgʻarmasi” platformasiga kamida 5 milliard soʻm hadya qilgan shaxslarga metsenat maqomini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kamida 5 ta yashil bogʻ va yashil jamoat parkini oʻz hisobidan barpo qilgan shaxslarga “Kelajak bunyodkori” davlat mukofotini berish boʻyicha taklif kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ekologiya qoʻmitasi ikki oy muddatda botanika va dendrologiya bogʻlari hamda yashil bogʻlar barpo etilishiga davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarni jalb qilish mexanizmlari boʻyicha taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ekologiya qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Xodjayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-47-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-47-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish uchun ajratiladigan yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Foydalanish maqsadi

Tuman (shahar) nomi

Yerdan foydalanuvchilar nomi

Kontur raqami

Jami yer maydoni

(ga)

shundan

Amaldagi yer toifasi

Sugʻoriladigan

(ga)

Sugʻorilmaydigan

(ga)

Respublika boʻyicha jami

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

57,63

57,63

1.

Dendrologiya bogʻi

Nukus shahri “Shadli avul” MFY

Nukus shahar hokimligi zaxirasida

654, 667, 668, 664, 706, 707

35,14

35,14

-

Zaxira yerlar

2.

Botanika bogʻi

Nukus shahri “Shadli avul” MFY

Nukus shahar hokimligi zaxirasida

624, 629, 632, 630, 641,634

22,49

22,49

-

Zaxira yerlar

Andijon viloyati

25,9

25,9

3.

Dendrologiya bogʻi

Oltinkoʻl tumani S.Ashurov massivi

“Jalilboy saxovati” fermer xoʻjaligi

134

10,7

10,7

-

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

Oltinkoʻl tumani S.Ashurov massivi

“Vodiy oltin” fermer xoʻjaligi

156

19,6

19,6

Jami:

36,6

36,6

-

4.

Botanika bogʻi

Izboskan tumani Sharq yulduzi massivi

Bogʻdorchilik f/x

37

38,4

38,4

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

Buxoro viloyati

200

200

5.

Dendrologiya bogʻi

Buxoro tumani

Buxoro ekologiya va servis texnikumi

maydoni 1178k. 1180k. 1181k. 1188k. “Idris Said Mirishkor” FXga qarashli yer maydoni 1179k

100

100

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

Jami:

100

100

6.

Botanika bogʻi

Buxoro tumani

“Jabbor Kamol” fermer xoʻjaligi

8848k. 8849k.8850k. 8854k

Istam Obod F/X 8825k. 8348k

100

100

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

Jami:

100

100

Jizzax viloyati

100

24

76

7.

Dendrologiya bogʻi

Zomin tumani Shirin massivi

Tuman hokimligi zaxirasida

223, 238, 239

30

24

6

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

8.

Botanika bogʻi

Zomin tumani Shirin massivi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

325, 324, 218

70

70

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

Qashqadaryo viloyati

78,2

78,2

9.

Dendrologiya bogʻi

Qarshi tumani “Hilol” MFY

Qarshi tuman 2-son kasb-hunar maktabi

18:13:44:01:01:0009 1163, 1165, 1172

25,4

25,4

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

Jami:

25,4

25,4

10.

Botanika bogʻi

Qarshi tumani “Hilol” MFY

“Sulton tex group” MCHJ

18:13:000006800

52,8

52,8

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

Jami:

52,8

52,8

Navoiy viloyati

125,5

125,5

11.

Dendrologiya bogʻi

Karmana tumani “Doʻrman” MFY

“Ergash ota chorvasi” fermer xoʻjaligi

346, 347, 348

31

31

-

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

12.

Botanika bogʻi

Karmana tumani “Doʻrman” MFY

“Doʻrman javohiri” fermer xoʻjaligi

264. 265

32,5

32,5

-

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

“Amirbek Gʻolib kelajagi” fermer xoʻjaligi

269, 271, 272, 274, 275, 276, 277, 278, 279, 280, 281, 282

60

60

-

“Agropilla”

272

2

2

-

Jami:

94,5

94,5

-

Namangan viloyati

133,87

133,87

13.

Dendrologiya bogʻi

Namangan viloyati Namangan tumani Sohibkor MMTP

“Shaxribonu-2000” f/x

119, 118, 122, 134, 114

16,2

16,2

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

“Bogʻishamol” f/x

114, 117

3,5

3,5

“Abdullaxodjayev Muhammad” f/x

138

3,2

3,2

“Shuhrat” f/x

120, 137

8,0

8,0

“Nuriddin Don” f/x

142, 143, 141, 153

27,8

27,8

Jami

58,7

58,7

14.

Botanika bogʻi

Norin tumani “Yuqori Choʻja” MFY

“Qobuljon Mushtariy” f/x

3400

24,78

24,78

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

3409

38,42

38,42

Namangan viloyati Norin tumani “Yuqori Choʻja” MFY Az-Zamaxshariy koʻchasi 1-uy

Norin tumani maishiy xizmat koʻrsatish va servis kolleji

3398

11,97

11,97

Jami:

75,17

75,17

Samarqand viloyati

232

90

142

15.

Dendrologiya bogʻi

Samarqand viloyati, Urgut tumani

Qishloq xoʻjaligi

1049, 1044, 1043, 1038, 1042,1045, 1046,1047, 1039, 1040, 1041, 1042, 1063, 1064, 1065

50

50

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

Samarqand shahri

Shahar hokimligi zaxirasi va Oʻrmon xoʻjaligi

39.725931, 66.929070

116

116

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

Jami:

166

50

116

16.

Botanika bogʻi

Samarqand shahri Xishrav qoʻrgʻoni 8-uy

“Yashil” texnikum

39.634354, 66.89635

30

20

10

Texnikumga qarashli yer maydoni

Samarqand shahri Xishrav qoʻrgʻoni 8-uy

Samarqand davlat universiteti

14

36

20

16

Botanika bogʻi

Jami:

66

40

26

Sirdaryo viloyati

30,4

30,4

17.

Dendrologiya bogʻi

Mirzaobod tumani

Sirdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi

12,0

12,0

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va oʻrmon fondi yerlari

Boyovut tumani

2-son kasb-hunar maktabi

75, 76

3,4

3,4

18.

Botanika bogʻi

Mirzaobod tumani

Sirdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi

15,0

15,0

Oʻrmon fondi yerlari

Surxondaryo viloyati

99,6

99,6

19.

Dendrologiya bogʻi

Sherobod tumani

Tuman hokimligi zaxirasida

185

38

38

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

20.

Botanika bogʻi

Sherobod tumani

“Sabina” MCHJ fermer xoʻjaligi

181, 184q

44

44

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

Sherobod tumani

“Umid Oltin Don” fermer xoʻjaligi

222

17,6

17,6

Jami:

61,6

61,6

Toshkent viloyati

48

48

21.

Dendrologiya bogʻi

Toshkent tumani Shirin massivi

Zaxira yer toifasi-Qishloq xoʻjaligi

836, 837, 839, 840, 856, 859q 852, 860, 863q, 830, 831, 832, 833, 835, 862q, 837, 838, 861q, 740, 741, 742, 743, 744, 745, 826, 829

33,6

33,6

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

22.

Botanika bogʻi

Nurafshon shahri “Qumovul” MFY

Shahar hokimligi zaxirasida

101

14,4

14,4

Jami:

14,4

14,4

-

Fargʻona viloyati

57,7

57,7

23.

Dendrologiya bogʻi

Qoʻshtepa tumani

“Said Zokirxon” fermer xoʻjaligi

3135, 3278, 3286, 3285

34,7

34,7

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

Qoʻshtepa tumani

“Al mumtoza Mumtoz” fermer xoʻjaligi

24.

Botanika bogʻi

Qoʻshtepa tumani

“Sodiq hoji baraka” MCHJ fermer xoʻjaligi

3532, 2556

23

23

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

Xorazm viloyati

227,83

227,83

25.

Dendrologiya bogʻi

Urganch tumani “Qiyot” MFY

“Ibrohim Farida” fermer xoʻjaligi

32, 33, 34, 35, 38, 39

42,4

42,4

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

Fuqarolarga tegishli dala tomorqa yerlari

36, 37

12,2

12,2

Xiva shahri Angariq mahallasi

“Jumaniyox Bobo” f/x

383, 384, 378

11,8

11,8

“Mirob Sadulla” MCHJ

386, 387

8,2

8,2

“Abrikos” MCHJ

413, 415

14,7

14,7

“Xamidbek oʻgʻli Abdulaziz” MCHJ

408, 411

5,3

5,3

“Shuhrat Yusupboy” MCHJ

417, 419, 420, 367, 369

17,7

17,7

Xiva tumani Oqyop mahallasi

Dehqon xoʻjaligi

2164

6,2

6,2

“Xiva KLASTER” MCHJ

2165

5,7

5,7

“Xiva KLASTER” MCHJ

2172

5,5

5,5

Jami

129,7

129,7

26.

Botanika bogʻi

Urganch tumani Gʻoybu qishlogʻi

“Gʻoybulik Xondurdi” f/x

2

2,4

2,4

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar

“Erxon” f/x

31

18,4

18,4

“Roʻzmat mexanik” MCHJ

634, 635

6,1

6,1

“Zerip mexanik” f/x

10

34,2

34,2

Zaxirada (fuqarolar tomorqa yeri)

593, 602, 603, 604, 605, 606

20,0

20,0

Xiva shahri “Sangar” MFY

Dala tomorqasi

1024

4,99

4,99

“Raxim hoji” fermer xoʻjaligi

1018, 1020, 1021, 1022

7,1

7,1

“Xiva Barchinoy” fermer xoʻjaligi

1042, 1046

2,1

2,1

Dala tomorqasi

1041

2,84

2,84

Jami:

98,13

98,13

Toshkent shahri

337,3

337,3

27.

Dendrologiya bogʻi

Mirzo Ulugʻbek tumani

Yadro fizikasi instituti

Kontur raqamisiz

250

250

-

Sanitar muhofaza hududi

Toshkent va Qibray tumanlari

Kontur raqamisiz

83

83

Chilonzor tumani

Lutfiy mahallasi

Kontur raqamisiz

4,3

4,3

Jami:

337,3

337,3

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-47-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Boshqa mintaqa va xorijiy mamlakatlardan yangi daraxt, buta va kam uchraydigan oʻsimlik turlarini olib kirish (introduksiya) va mahalliy iqlimga moslashtirish (akklimatizatsiya).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Daraxt turlarining genofondini saqlash, yoʻqolgan populyatsiyalarni tiklash, kam uchraydigan, yoʻqolib borayotgan, endemik va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan daraxt turlarining tirik kolleksiyalarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hududlarda “in-vitro” laboratoriyalarini tashkil etish va koʻchatchilikka boʻlgan talabni toʻliq qondirish, seleksiya bilan shugʻullanish, yangi oʻsimlik navlarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda botanika va dendrologiya bogʻlarini zamonaviy uslubda tashkil etish va ular hududida ekotizimga mos hayvonot dunyosi obyektlari (qushlar, olmaxon va boshqalar)ni tabiiy koʻpaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻsimliklarning morfologiyasi, fenologiyasi va fiziologiyasini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, talabalar va maktab oʻquvchilari uchun amaliyot va ilmiy-tajriba uchastkalarini tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Aholi oʻrtasida ekologik madaniyatni oshirish hamda tabiatni muhofaza qilish, daraxt ekish va yashil maydonlarga gʻamxoʻrlik qilishga oid tadbirlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Aholining dam olishi va salomatligini tiklashi uchun qulay sharoitlar yaratish, tashrif buyurish uchun infratuzilmani rivojlantirish (yoʻlakchalar, oʻrindiqlar, dam olish va piknik hududlari, yugurish yoʻlaklari, ochiq osmon ostidagi kutubxona, bepul “Wi-Fi” hududlari va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-47-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashillik elchi”larining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Botanika va dendrologiya bogʻlaridagi yashil hududlarning holatini muntazam monitoring qilish, aniqlangan kamchilik va muammolar toʻgʻrisida masʼul davlat organiga maʼlumot taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Botanika va dendrologiya bogʻlarida amalga oshirilayotgan koʻkalamzorlashtirish, parvarishlash va ekologik tadbirlarda faol ishtirok etish, aholi, xususan, yoshlar oʻrtasida ekologik madaniyatni oshirish boʻyicha tashabbuslarni ilgari surish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Botanika va dendrologiya bogʻlarida oʻtkaziladigan ekologik aksiyalar, maʼrifiy va madaniy tadbirlarni tashkil etishda yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Botanika va dendrologiya bogʻlarini saqlash va rivojlantirish boʻyicha mahalliy hamda xalqaro grantlar, homiylik mablagʻlari va ijtimoiy sheriklik loyihalarini jalb etishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat organlari va mahalliy ijro hokimiyat organlari bilan hamkorlikda Botanika va dendrologiya bogʻlarining ekologik va estetik holatini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-47-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil bogʻlarni boshqarish oʻrmon ilmiy-tajriba markazi” davlat muassasasining asosiy vazifalari va funksiyalari hamda faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil bogʻlarni boshqarish oʻrmon ilmiy-tajriba markazi” davlat muassasasining asosiy vazifalari va funksiyalari hamda faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) oʻziga biriktirilgan botanika, dendrologiya va yashil bogʻlar (keyingi oʻrinlarda — bogʻlar) hududidagi daraxt, buta va boshqa oʻsimlik dunyosi obyektlarini asrash, saqlab qolish, qayta tiklash, takror koʻpaytirish va undan oqilona foydalanishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aholining sayr qilishi, tabiat bilan uygʻunlashgan holda ochiq havoda hordiq chiqarishi uchun atrof-muhit sofligini saqlash va yashillikni koʻpaytirish boʻyicha zarur sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) bogʻlarda suv tejaydigan texnologiyalarni qoʻllagan holda sugʻorish ishlarini oʻz vaqtida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) kasallangan yoki zararlangan daraxt va butalardagi zararli taʼsirlarni hamda ularning kelib chiqish omillarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) daraxt-butalarda aniqlangan kasallik va zararkunandalarga qarshi mexanik, biologik hamda kimyoviy usullar asosida kurashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) daraxtlar, butalar va oʻsimlik dunyosiga mansub boshqa oʻsimlik turlarining urugʻlarini yigʻish, nihol va koʻchat yetishtirish hamda ularni parvarishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) urugʻchilik va koʻchatchilikni rivojlantirish boʻyicha ilgʻor davlatlar tajribasini oʻrganish, ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) bogʻlarni samarali boshqarish, saqlash hamda rivojlantirish yoʻnalishida oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda tadqiqotlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) bogʻlardagi daraxt va butalar shoxlari tutashgunga qadar ularning qator oralaridan samarali foydalanishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ularning qator oralarida manzarali daraxt va buta, bir yillik va koʻp yillik gul koʻchatlarini yetishtirishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-47-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil qilish, yashillik darajasini oshirish hamda mavjud yashil bogʻlarni asrab qolish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Respublikada yashil bogʻlarni tashkil qilish va parvarishlash tadbirlarining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish

1.

2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida yashillikni oshirishga qaratilgan “Yashil muvozanat — barqaror kelajak” strategiyasini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

aholi yashash punktlarida ekologik barqarorlikni taʼminlash maqsadida xalqaro standartlar va ilgʻor tajribalar asosida “yashil qoplama” miqdorini 30 foizga yetkazish;

oʻrmon fondi yerlarida oʻrmon bilan qoplangan hududlar miqdorini keskin oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, qayta oʻrmon barpo etish, yangi oʻrmonzorlar tashkil qilish hamda mavjudlarini tiklash uchun ilgʻor texnologiyalardan foydalanish;

choʻl hududlarida “yashil qoplama”lar miqdorini oshirish;

aholi va tadbirkorlik subyektlarini daraxt koʻchatlarini ekish tadbirlariga keng jalb qilish;

yashillik darajasini oshirishga oʻz hissasini qoʻshayotgan jismoniy va yuridik shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy qilish.

2027-yil mart

Ishlab chiqish uchun — mablagʻ talab etilmaydi

Tashkil qilish uchun — Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi, homiylik va xayriya mablagʻlari

Ekologiya qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Transport vazirligi,

Bosh prokuratura,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

“Yashil bogʻlarni boshqarish oʻrmon ilmiy-tajriba markazi” davlat muassasasi va uning filiallarini tashkil qilish. Bunda:

muassasa va uning filiallari shtat jadvali, texnik va yordamchi xodimlar soni, ular mehnatiga haq toʻlash tartibini hamda faoliyatining ustuvor vazifalarini nazarda tutuvchi tashkilot nizomini tasdiqlash.

Ikki oy muddatda

Mablagʻ talab etilmaydi

Oʻrmon agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

“Yashil bogʻlarni boshqarish oʻrmon ilmiy-tajriba markazi” davlat muassasasi tarkibida alohida yuridik shaxs tashkil etmagan holda hududlardagi mavjud daraxt va butalarning kasallik, zararkunandalarga qarshi kurashish tizimini yaratish maqsadida Daraxt kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmatini tashkil etish.

2026-yil iyun

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oʻrmon agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

“Yashil qoplama”lar va yashillik barpo etilgan hududlarda oʻsimliklarning kasallik va zararkunandalari kelib chiqishi va tarqalishini oʻrganish boʻyicha idoralararo ishchi guruh tuzib, ekspeditsiya tashkil etish hamda mavjud muammolarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli takliflarni muvofiqlashtirish.

Ishchi guruh tashkil etilgandan soʻng doimiy ravishda muammolarni oʻrganib boradi

Daraxt kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati tomonidan 2027-2028-yillar davomida oʻrmonlarning fitosanitar holatini ilmiy asosda oʻrganish, oʻrmonlarning holatini yaxshilash uchun kasallangan va zararlangan oʻrmonzorlarda oʻz vaqtida kasallik va zararkunandalarga qarshi kimyoviy kurashish, biologik preparatlarni, shuningdek, stress omillarning salbiy taʼsirini kamaytiruvchi biostimulyatorlarni qoʻllash, Orolning qurigan tubi va orolboʻyi hududlarida barpo etilgan “yashil qoplama”larda uchrayotgan kasallik va zararkunandalarning kelib chiqishi hamda tarqalishini oʻrganish, unga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil 1-oktabr

Chora-tadbirlar dasturi loyihasini tasdiqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2026-yil 25-dekabr

4.

Davlat taʼlim tashkilotlari (maktab, akademik litsey, texnikum, oliy taʼlim muassasasi va boshqalar) va sogʻliqni saqlash tashkilotlari (poliklinika, tibbiyot muassasalari, shifoxonalar) hamda xavflilik darajasi I va II toifaga mansub korxonalar boshqa joyga koʻchirilgan taqdirda, ular oʻrnida yashil jamoat parklarini tashkil qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

obyektlar boshqa joyga koʻchirilgan taqdirda, ushbu muassasaning balansida boʻlgan yer maydonini belgilangan tartibda inventarizatsiyadan oʻtkazish;

mazkur yer maydonidagi mavjud obyektlar (inshootlar, qurilmalar)ning huquqiy va texnik holati yuzasidan baholash;

obyektlarni yashil jamoat parklarini tashkil qilish uchun Ekologiya qoʻmitasi tasarrufiga begʻaraz oʻtkazish;

Ekologiya qoʻmitasi tomonidan mazkur yer maydonlarini yashil jamoat parki barpo etish uchun tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida ijaraga berish;

ijara shartining bir qismi sifatida yer maydonidan foydalanishda belgilangan maqsaddan chetga chiqmaslik, yashil hududlarni barpo qilish va saqlash, jamoatchilik uchun ochiq va bepul foydalanish imkoniyatini taʼminlash shartlarini qatʼiy belgilab qoʻyish nazarda tutiladi.

2026-yil noyabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya qoʻmitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Aholining barcha qatlamlarining hayoti davomida daraxt ekish va parvarishlashga qoʻshgan hissasini hisobga olish va ragʻbatlantirib borishni nazarda tutuvchi “yashil ball” (green points) tizimini joriy etish. Bunda:

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya qoʻmitasi,

Oʻrmon agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Markaziy bank

(a) xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish, ayniqsa, Xitoy, Turkiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Hindiston kabi davlatlarning bu borada amalga oshirgan loyihalari natijadorligiga eʼtibor qaratish;

2026-yil sentabr

(b) normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, unda:

aholining daraxt ekish va parvarishlash bilan bogʻliq faoliyatini onlayn hisobga olish va “yashil ball” berish tartibi;

“Smart-foresty” mobil ilovasi va GIS xaritasida daraxt ekish mumkin boʻlgan maydon xaritalarini belgilash tizimi;

daraxt ekish boʻyicha yakka tartibda yoki jamoaviy ishtirok etish yoki ekish va parvarishlash tadbirlari uchun buyurtma berish tartibi;

ekilgan har bir daraxtga unikal QR kod va elektron pasport berish;

jamgʻarilgan “yashil bal”larni:

kommunal toʻlovlari, soliq, davlat xizmatlari uchun chegirma sifatida qoʻllash;

oliygohlarga kirish yoki oʻqishni tamomlashda “yashil reyting” orqali imtiyozlar olish;

har yilgi tanlovlarda eng yuqori ball toʻplagan fuqarolarni taqdirlash;

toʻplangan ballarni monetizatsiya qilish va boshqa ragʻbatlantirish;

farzand tugʻilganida ota-ona, vasiy yoki yaqin qarindoshlar bola nomiga daraxt ekish uchun ixtiyoriy buyurtma berish va tugʻilgan bolaga ilk “yashil ball” belgilash mexanizmlarini nazarda tutish.

2027-yil yanvar

Mavjud dasturiy platformalar, shu jumladan, “Smart-foresty” mobil ilovasini takomillashtirish va maʼlumot manbalari bilan integratsiya qilish.

2027-yil dekabr

Tizim tajriba-sinov tariqasida Samarqand viloyati va Toshkent viloyatida joriy etilib, natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish.

Sinov yakunlari asosida amaliyot respublika boʻylab bosqichma-bosqich tatbiq etiladi.

2027-yil yanvar — iyun

6.

Oʻzbekistonda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan milliy dastur loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Kadastr agentligi,

Ekologiya qoʻmitasi

7.

Jismoniy yoki yuridik shaxs kamida mingta daraxt va buta koʻchatlardan iborat yashil bogʻ va yashil jamoat parkini tashkil etsa yoxud Yashil xayriya jamgʻarmasiga kamida 200 million soʻm hadya qilsa, “Ekohamkor” maqomini berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

ushbu jismoniy yoki yuridik shaxslarga yoxud uning taʼsischisiga oʻz nomini tamgʻalash;

jismoniy yoki yuridik shaxsga ularga ushbu maqomdan oʻz faoliyatini reklama qilishda foydalanish huquqini berish;

jismoniy yoki yuridik shaxs faoliyati bilan bogʻliq tadbirlarni oʻtkazishga ruxsat berish;

jismoniy yoki yuridik shaxslarga yuqorida belgilangan huquqlardan foydalanishda har qanday qurilish qilishni taqiqlash.

Ushbu amaliyotni aholi va tadbirkorlar keng ommasiga yetkazish hamda respublikaning barcha hududlarida joriy etish choralarini koʻrish.

2027-yil may

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya qoʻmitasi,

Oʻrmon agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

5 ta yashil bogʻ va yashil jamoat parkini oʻz hisobidan barpo qilgan shaxslarga “Kelajak bunyodkori” davlat mukofotini berish tizimini joriy etish boʻyicha taklif kiritish.

2027-yil yanvar

Mablagʻ talab etilmaydi

Oʻrmon agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

9.

“Yashil chipta” tizimini joriy etish. Bunda:

samolyot, poyezd, metro va taksi yoʻnalishlarida marshrutning karbon izi (taʼsirini) ixtiyoriy ravishda kompensatsiya qilish imkoni berish;

kompensatsiyadan tushgan mablagʻlarni Yashil xayriya jamgʻarmasiga oʻtkazish;

ushbu mablagʻlarni faqat daraxt ekish va parvarishlash tadbirlariga yoʻnaltirishni inobatga olish.

2026-yil iyun

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi va grant mablagʻlari

Transport vazirligi,

Ekologiya qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Tuman va shaharlarning bosh rejalarining hamda taʼlim va sogʻliqni saqlash tashkilotlari yer maydonlarining kamida 30 foizi koʻkalamzorlashtirish hududlariga ajratilishini qatʼiy taʼminlash.

Bunda quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish:

loyihalanayotgan va amaldagi transport yoʻli chetlari yoki yoʻl yoqalariga daraxtlarni belgilangan tartibda ekish;

koʻchatlar ekiladigan maydonlarni aniqlash;

daraxt va butalar turlarini toʻgʻri tanlash;

loyihalash va yil davomida parvarishlash;

taʼlim va sogʻliqni saqlash tashkilotlari roʻyxati, ularning yer maydonlari toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlarni Ekologiya qoʻmitasiga taqdim qilish.

2026-yil may

Mablagʻ talab etilmaydi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ekologiya qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Yashil maydonlar jozibadorligini oshirish maqsadida daraxt va butalarni toʻgʻri parvarishlash uchun shakl berish hamda xavfsiz balandlikda ishlash tizimini joriy etish, shuningdek, daraxtlarni tuproq ildizi bilan koʻchirish, sanitar holatini diagnostika qilish va muntazam monitoringini amalga oshirish. Bunda:

Davlat budjeti mablagʻlari

Ekologiya qoʻmitasi

yashil maydonlar holatini oʻrganish, mavjud daraxt va butalarning turi, tarkibi, yoshi va sanitar holatini baholash hamda har bir maydon uchun parvarish, shakl berish va xavfsiz ishlash boʻyicha kalendar reja ishlab chiqish va amalga oshirish;

2026-yil 1-iyun

Oʻrmon agentligi,

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

balandlikda ishlovchi xodimlar uchun maxsus oʻquv dasturlari va sertifikatlashtirish tadbirlarini amalga oshirish;

2026-yil sentabr-oktabr

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

zamonaviy individual himoya vositalari hamda balandlikda ishlash uskunalarini xarid qilishni taʼminlash.

2026-yil dekabr

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oʻrmon agentligi

12.

Qishloq xoʻjaligi va fermer xoʻjaliklari yer uchastkalarining chetlarida ihota daraxtzorlar barpo etish tartibi va majburiyatini belgilash. Bunda:

qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun yerni ijaraga berish boʻyicha shartnomada ihota daraxtzorlar barpo etish majburiyatini kiritish;

shartnomaning ushbu talabi 2 yil davomida bajarilmagan taqdirda, yer ijarasi toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish uchun asos boʻlishini belgilash;

qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini joylashtirish rejasida ihota daraxtzorlarni barpo etish uchun yer uchastkasi ajratilishini hisobga olish.

2026-yil avgust

Mablagʻ talab etilmaydi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston fermerlari kengashi,

Ekologiya qoʻmitasi

13.

Yashil bogʻ, yashil jamoat parki, “yashil belbogʻ”, “yashil qoplama”, “yashil qalqon”, himoya oʻrmonzorlari, shuningdek, botanika, dendrologiya va galofit bogʻlari, poligonlar rekultivatsiyasi, sunʼiy koʻl va hovuzlar, shaharlarning yashil master rejasi va boshqa ekologik loyihalarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun jalb qilinadigan “Yashil loyiha” loyihalash institutini Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish.

Bir oy muddatda

Mablagʻ talab etilmaydi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi

14.

“Yashil bogʻlarni boshqarish oʻrmon ilmiy-tajriba markazi” davlat muassasasi tomonidan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) hududidagi yashil maydonlar va unga tutash hududda eksperimental va oʻquv-tajriba maqsadlari uchun tashkil etilgan dendrologiya bogʻi va “Astronomiya” jamoat parkini saqlash va parvarishlash hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish.

doimiy

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Oʻrmon agentligi

15.

Ohangaron tumanida joylashgan “Ovjazsoy-Moviy togʻlar” milliy tabiat bogʻiga olib boruvchi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish, yoʻl boʻyi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish, yoʻl belgilari va koʻrsatkichlarini oʻrnatish.

2026-2027-yillar

Ijrochilar mablagʻlari

Toshkent viloyati hokimligi,

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Ohangaron tumanida joylashgan “Ovjazsoy-Moviy togʻlar” milliy tabiat bogʻida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

yengil konstruksiyali zamonaviy tashrif markazlarini (Visitor center), savdo nuqtalari va ekokoʻrgazmasini yogʻoch binolaridan tashkil etish va ularning uzluksiz hamda samarali faoliyatini taʼminlash;

eko-yoʻlaklar (ekologik marshrutlar)ni tashkil etish, ularni zarur infratuzilma (yoʻl koʻrsatkichlar, dam olish nuqtalari, kuzatuv maydonchalari, qoʻriqlash postlari) bilan jihozlash;

hududni kompleks obodonlashtirish, sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, koʻkalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish, shuningdek, dam olish uchun moʻljallangan hududlar, sanitariya uzellari, chiqindilarni yigʻish va saralash tizimlarini amalga oshirish.

Bunda, yuqorida nazarda tutilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun pudrat tashkilotlarini elektron tender (“e-tender”) platformasi orqali tanlab olish.

2026-yil dekabr

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Ohangaron tumanida joylashgan “Ovjazsoy-Moviy togʻlar” milliy tabiat bogʻidan tashqaridagi yer uchastkalarida turistik xizmatlar (bioxilma-xillikka taʼsir koʻrsatmagan holda glemping, kemping va boshqa xizmatlar) maqsadida “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali belgilangan tartibda realizatsiya qilish.

2026-yil may — dekabr

Mahalliy budjet mablagʻlari

Toshkent viloyati hokimligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda

II. Oʻrmonlarni barpo etish, qayta tiklash, kengaytirish, muhofaza qilish, qoʻriqlash, oʻrmondan qoʻshimcha foydalanish

18.

“Ilm-loyiha-amaliyot” zanjirida zamonaviy koʻchatxonalar tashkil etish. Bunda:

nihol yetishtirishda intensiv usulga, koʻchat yetishtirishda yopiq ildizli tizimga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtish;

xorijiy investorlar va tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish, koʻchatxonalarni toʻliq suv tejovchi tizimlar, issiqxonalar va “net house” usulidagi maydonlar bilan jihozlash;

xorijiy investorlar bilan hamkorlikda intensiv niholxona tashkil etish, “smart” issiqxonalar tashkil etish, maxsus konteynerlarda yirik hajmli manzarali koʻchatlarni yetishtirish;

koʻchatxonalarda oʻrmon barpo etish uchun suvsizlik, qurgʻoqchilik va shoʻrga chidamli, shu bilan birga tadbirkorlar va aholi uchun noyob daraxt va buta koʻchatlarini yetishtirish.

2026-yil kuz mavsumidan boshlab,

doimiy

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi, mahalliy budjet mablagʻlari,

xalqaro grantlar

Oʻrmon agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Togʻ oʻrmonlarini kengaytirish va yer eroziyasiga qarshi kurashish. Bunda:

Jahon banki mablagʻlari

Oʻrmon agentligi,

Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari

terrasa usulida oʻrmon barpo etish uchun yer uchastkalarini tanlash va tayyorlash;

2026-yil oktabr

togʻ oldi hududlarda, jarlik va qiyaliklarda eroziyaning oldini olish maqsadida 2026-yilda 305 gektar maydoniga 2028-yilgacha bosqichma-bosqich daraxt va buta koʻchatlarini ekish.

2026 — 2028-yillar kuz-qish mavsumida

20.

Avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish. Bunda:

Ijrochilar mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

Kadastr agentligi

yoʻl atrofidagi boʻsh va koʻkalamzorlashtirish mumkin boʻlgan yerlarni aniqlash, aniqlangan yer maydonlari uchun xarita va kadastr hujjatlarini tayyorlash;

2026-yil avgust

“yashil belbogʻ” loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;

2026-yil noyabr

loyiha-smeta hujjatlari asosida “yashil belbogʻ”lar barpo etish;

2027-yil bahor mavsumida

“yashil belbogʻ” doirasida ekilgan daraxt va butalarni muntazam parvarish, zararkunandalarga qarshi kurashish va qurigan daraxtlar oʻrnini oʻz vaqtida toʻldirish.

doimiy

21.

Atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi sanoat korxonalari va ularga tutash hududlarda jami 10 million tup koʻchatdan iborat “yashil belbogʻ”lar barpo etish.

Bunda:

tuproq-iqlim sharoitiga mos mahalliy va tez oʻsuvchi daraxt hamda buta koʻchatlarini ekish;

sugʻorish va parvarish ishlarini samarali tashkil etish uchun zamonaviy tomchilatib sugʻorish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish.

2026-2027-yillar bahor va kuz mavsumlarida

Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

xoʻjalik birlashmalari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

22.

Bolgariyaning “S.E.E. Nolding Ltd.” — “Acta” kompaniyasi bilan hamkorlikda 50 ming gektarda oʻrmon barpo etish va 500 ming gektarda tabiiy tiklanishga koʻmaklashish tadbirlarining dastlabki bosqichini boshlash.

2027-2028-yillar

Investitsiya dasturi asosida

Oʻrmon agentligi

23.

Ekologik toza va organik mahsulotlar yetishtirishni yoʻlga qoʻyish uchun agrooʻrmonchilik loyihalarini amalga oshirish. Bunda:

dorivor, asal, rezavorlar yetishtirishga ixtisoslashgan oʻrmon barpo etish loyihalarini amalga oshirish;

“energetik” oʻrmonlar, yaʼni sanoatbop daraxtlar plantatsiyalarini yaratish;

oʻrmon xoʻjaliklarida organik oʻgʻitlar zaxiralarini yaratish, bunda biogumus ishlab chiqarishni tashkil etish;

pistazorlar maydonini kengaytirish, bunda erta hosilga kiruvchi serhosil navlaridan tomchilatib sugʻorish tizimini joriy qilgan holda plantatsiyalar tashkil etish;

oʻrmon fondi yerlarida ekoturizmni rivojlantirish.

2027-yil 1-yanvardan boshlab,

doimiy

Jahon banki mablagʻlari

Oʻrmon agentligi,

viloyatlar hokimliklari

24.

Oʻrmonlarni muhofaza qilish va qoʻriqlash tadbirlarini kuchaytirish. Bunda:

oʻrmonlarning yongʻin xavfi mavjud hududlariga oʻrmon nazorat minoralari oʻrnatish:

oʻrmonzorlar va butazorlarda yongʻinga qarshi “yoʻllar” (polosa) qurish:

yongʻinlar, zararkunanda va kasalliklarni aniqlash, oldini olish va ularni bartaraf etishda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish.

2026-yildan boshlab, doimiy

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi, mahalliy budjet, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Oʻrmon agentligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Ekologiya qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Respublika oʻrmonlarini himoya qilish boʻyicha mavjud normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

25.

2026-yilda Navoiy viloyatining Konimex va Tomdi hamda Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq, Ohangaron, Parkent tumani “Saksonota” va “Toshkent” davlat oʻrmon xoʻjaliklarida qurib bitkazilgan va yangidan boshlangan sugʻorish quduqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

Bir oy muddatda

Mablagʻ talab etilmaydi

Oʻrmon agentligi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

III. Choʻllanishning oldini olish va unga qarshi kurashish

26.

Jahon banki va xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda 2040-yilgacha choʻllanishga qarshi kurashish strategiyasini ishlab chiqish.

Bunda:

qurgʻoqchilik taʼsirini yumshatish va xavfini boshqarish;

erta ogohlantirish tizimini joriy etish orqali qum-chang boʻronlarini boshqarish;

2 million gektar yerlarda “yashil qoplama”lar barpo etish;

10 ming tonna choʻl oʻsimliklarining urugʻlarini tayyorlash;

30 million dona choʻl oʻsimliklarining nihol va koʻchatlarini yetishtirish;

shoʻr va suvsizlikka chidamli choʻl oʻsimliklaridan galofit va kserofit bogʻlarini tashkil etish nazarda tutiladi.

Shuningdek, respublikada choʻllanish bilan bogʻliq barcha masalalarni qamrab olish.

2027-yil iyun

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya qoʻmitasi,

Oʻrmon agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

27.

Oʻzbekistonning choʻl hududlaridagi oʻrmon fondi yerlarini xatlovdan oʻtkazish. Bunda:

aerokosmik suratlar yordamida oʻrmon fondi yerlarining ortofotoplanlarini yaratish;

tabiiy choʻl-yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlar oʻtkazish;

choʻllangan va degradatsiyaga uchragan yerlarning raqamli xaritalarini ishlab chiqish;

choʻl hududlarida oʻsimlik dunyosi areali, koʻp yillik ozuqabop va dorivorlik xususiyatlariga ega oʻsimliklar turlari aniqlash;

oʻrmon choʻl yerlarini “UzKAD” elektron tizimiga kiritish;

oʻrmon fondi yerlarining doimiy monitoringini yuritish nazarda tutiladi.

2027-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻrmon agentligi,

Kadastr agentligi,

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

28.

Tuproq sifatini yaxshilash va yer unumdorligini oshirish maqsadida respublika boʻyicha degradatsiyaga uchragan va choʻllangan hududlar boʻyicha milliy baholash mezonlari hamda koʻrsatkichlarini ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

29.

Transchegaraviy qum-chang boʻronlarini oldini olish boʻyicha yagona konsepsiya ishlab chiqish.

Bunda davlatlararo muzokaralar olib borish, institutsional mexanizm, transchegaraviy qum-chang boʻronlari hosil boʻladigan hududlarni aniqlash va xaritalash, ilmiy asoslangan kurashish choralari, choʻl oʻsimliklari urugʻchiligi va koʻchatchiligi bazalarini yaratish, “yashil qoplama”larni barpo etishni jadallashtirish.

2026-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Ekologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Surxondaryo, Navoiy, Xorazm viloyatlari hokimliklari

30.

Choʻllanishga qarshi kurashish va choʻl iqtisodiyotini rivojlantirish boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqaviy qoʻshma ilmiy-tadqiqot markazining Xitoy bilan hamkorlikni kuchaytirish. Bunda:

Qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar,

xalqaro grantlar

Ekologiya qoʻmitasi,

Oʻrmon agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

“Bir makon — bir yoʻl” tashabbusi doirasida choʻl hududlarida yashil maydonlarni kengaytirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish, tajribalar almashish, markaz ishtirokida konferensiya va seminarlar tashkil etish boʻyicha dastur loyihasini ishlab chiqish hamda bosqichma-bosqich amalga oshirish;

2027-yil mart

Markaz koʻmagida amalga oshiriladigan va Oʻzbekistonda choʻl hududlari ekotizimini yaxshilashga qaratilgan ilmiy-innovatsion va yirik loyihalar roʻyxatini shakllantirish.

2027-yil sentabr

31.

Urugʻlarni kapsula koʻrinishida qanotsizlantirib sepish tizimini yoʻlga qoʻyish. Bunda:

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi va grant mablagʻlari

Oʻrmon agentligi,

Ekologiya qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

choʻl oʻsimliklari urugʻlarini agroparvoz texnologiyasi asosida ekish tizimini yoʻlga qoʻyish;

2027-yil noyabr-dekabr,

urugʻlarni aniq manzillarga uchirib tashlash orqali katta maydonlarda tez va samarali oʻrmonlarni tiklash.

2028-yil bahor, kuz-qish mavsumida

32.

Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan “yashil qoplama”larni yaratishda suv saqlovchi gidrogel qoʻllash orqali choʻl va yaylov oʻsimliklari koʻkaruvchanligini oshirish boʻyicha bajarilgan ilmiy loyiha natijalarini respublikamizning boshqa choʻl hududlarida (Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari) qoʻllash hamda sinovdan oʻtkazish.

2026-2027-yillar

Ilmiy va amaliy loyihalar doirasida

Oʻrmon agentligi,

Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

33.

Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikda Qoraqalpogʻiston Respublikasining 9 ta tumanida kredit mablagʻlari hisobiga degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash loyihasini amalga oshirish. Bunda:

Mahalliy budjet, xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻ va grantlari

Oʻrmon agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Ekologiya qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

loyiha doirasida tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqishni yakunlash;

2026-yil dekabr

koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, 20 ming gektar “yashil belbogʻ”lar tarmogʻini tashkil etish, 6 ming gektarda agrooʻrmonchilikni barpo etish, 2 ta trening markazini tashkil etish, 6 ming nafar doimiy va mavsumiy ish oʻrinlarini yaratish loyihasini boshlash.

2027-yil aprel — dekabr

34.

Choʻllanishga qarshi kurashish konvensiyasi tomonlar konferensiyasining 17-yigʻilishida Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtirok etishini taʼminlash.

2026-yil avgust

Xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻ va grantlari

Ekologiya qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Oʻrmon agentligi

Shuningdek, Choʻllanishga qarshi kurashish konvensiyasi tomonidan tashkil etilgan “Markaziy Osiyo+Rossiya” davlatlararo ishchi guruhida “Global yer istiqbollari” loyihasini ishlab chiqish.

2027-2028-yillar

35.

Qozogʻiston Respublikasi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasida choʻl va yaylov ozuqa oʻsimliklari koʻchatlarini yetishtirish boʻyicha mintaqaviy markazni tashkil etish.

2027-yil davomida

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Mamlakatimizda yashillik darajasini oshirish uchun irrigatsiya-drenaj tizimlarining barqaror ishlashini taʼminlash

36.

Shahar va tumanlar kesimida “yashil” suv balansini shakllantirish va mavjud tarmoqlarni raqamlashtirish. Bunda:

Ijrochilar mablagʻlari,

xalqaro grantlar, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Ekologiya qoʻmitasi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

har bir shahar va tuman kesimida yerosti suvlari, suv omborlari, daryo va kanallardan keladigan suv hajmi, yomgʻir suvlari, qayta ishlangan oqova suvlardan yashillikka ajratiladigan qismini aniqlash;

2026-yil avgust

mavjud yashil maydonlarning suvga boʻlgan ehtiyojini (daraxtzor, bogʻlar, parklar) aniq hisoblash;

2026-yil dekabr

yashil hududlarning suv olish nuqtalari boʻyicha maʼlumotlarni geoaxborot tizimlarining (irrigatsiya-drenaj tarmoqlari, nasos stansiyalari, suv taqsimlash inshootlari) GPS koordinatalari asosida raqamlashtirish va Situatsion markaz platformalariga integratsiya qilish;

2027-yil mart

har bir hudud uchun qurgʻoqchil va yogʻingarchilik yillariga ajratgan holda “Yashil” suv balansi pasportini shakllantirish.

2027-yil avgust

37.

Aholi yashash hududlarida ekologik barqarorlikni taʼminlash va yashil makon ulushini oshirish maqsadida xalqaro ekologik standartlar (ISO 14001, ISO 37120 va boshqalar) talablariga muvofiq landshaft va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish.

Bunda yashil hududlar tarkibida mahalliy iqlim va tuproq sharoitiga mos oʻsimlik turlarini joriy etish, suv tejovchi va qayta tiklanadigan sugʻorish texnologiyalarini qoʻllash, bioxilmaxillikni saqlash hamda aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish choralari amalga oshiriladi.

Ushbu jarayonda xalqaro tajriba asosida yashil hududlarning ekologik samaradorlik koʻrsatkichlari baholanib, milliy va mahalliy rivojlanish dasturlariga integratsiya qilinadi.

doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya qoʻmitasi,

Oʻrmon agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

38.

Botanika va dendrologiya yoʻnalishida tabiat bogʻlari bilan talaba va maktab oʻquvchilarini tanishtirish uchun “Smart flora” dasturini ishlab chiqish. Bunda:

har bir oʻsimlik va daraxt turlarini rasmi, bargi orqali identifikatsiya qilish tizimini tashkil qilish;

QR pasporti (turi, yoshi, geolokatsiya, parvarish jurnali)ni joriy etish;

dasturda oʻsimlik va daraxtlarning kasallik turlari, ularni davolash usullari, sugʻorish meʼyorlari va zararkunandalarga qarshi kurashish tadbirlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish;

maʼlumotlar bazasini “yashilmakon.eco” platformasi bilan integratsiya qilish orqali monitoring tizimini ishlab chiqish.

2026-2027-yillar

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan mablagʻlar

Ekologiya qoʻmitasi,

Oʻrmon agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Fanlar akademiyasi

39.

Taʼlim-ilm-fan va jamoat ishtirokini institutsionallashtirish. Bunda:

“yashil” texnikumlar bilan dual taʼlim dasturini (amaliy mashgʻulotlar, stajirovkalar, modul kurslarini) yaratish;

botanika va dendrologiya bogʻlaridan maktab va texnikum talabalari uchun “Bir sinf — bir daraxt” yoki “Talabalar bogʻi” maydonlarini ajratish va unda ekiladigan daraxt va butalarni oʻquvchi va talabalar nomiga tamgʻalash;

qiziquvchilar uchun qisqa interaktiv videomateriallar tayyorlash va bogʻlarga kirishda katta monitor orqali tanishtiruv tashkil qilish;

botanika bogʻlarida ekskursiya va festivallar tashkil qilish;

mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan har oyda kamida bir marta botanika va dendrologiya bogʻlarida ekotadbirlar tashkil qilish;

ommaviy axborot vositalari tomonidan botanika va dendrologiya bogʻlari faoliyatini ommaga keng yoritish.

2026-2027 oʻquv yilidan boshlab doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Ekologiya qoʻmitasi

V. Respublikada oʻrmonchilik sohasida urugʻchilikni rivojlantirish hamda dorivor oʻsimliklar turlarini kengaytirish

40.

Noyob turdagi oʻrmon va dorivor oʻsimliklarning holatini oʻrganish, madaniylashtirish, urugʻlik hamda genetik banklarini yaratish va xaritalash yoʻnalishlarida tadqiqotlar olib borish.

Yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan oʻrmon va dorivor oʻsimliklarning turi, tarkibini aniqlash hamda ularning tarqalish areallarini oʻrganish, xaritalash.

Yovvoyi holda oʻsadigan noyob dorivor oʻsimliklar bioekologiyasini oʻrganish va ularni madaniylashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish.

Noyob turdagi oʻrmon va dorivor oʻsimliklarning genbankini yaratish boʻyicha hamkorlikda tadqiqotlar olib borish.

2026-2027-yillar

Davlat budjeti mablagʻlari,

xalqaro grantlar

Oʻrmon agentligi,

Ekologiya qoʻmitasi,

Fanlar akademiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

41.

Istiqbolli dorivor oʻsimliklarni “in-vitro” usulida koʻpaytirish texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish.

Istiqbolli dorivor oʻsimliklar turlarini jadal koʻpaytirish boʻyicha ilmiy loyiha takliflarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

“In-vitro” usulida koʻpaytirilgan istiqbolli dorivor oʻsimliklardan madaniy plantatsiyalar barpo etish.

2026-2027-yillar

Davlat budjeti mablagʻlari,

xalqaro grantlar

Oʻrmon agentligi,

Ekologiya qoʻmitasi,

Fanlar akademiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

42.

Oʻrmon sohasida urugʻchilikni rivojlantirish:

oʻrmon urugʻchiligi sohasini oʻrganish va tahlil qilish asosida muammolarni aniqlash;

2026-yil dekabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Oʻrmon agentligi,

Ekologiya qoʻmitasi,

Fanlar akademiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

oʻrmon urugʻchiligi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida tegishli qaror loyihasini ishlab chiqib, vazirlik va idoralar bilan kelishish;

2027-yil aprel

qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2027-yil iyun

43.

Toshkent botanika bogʻiga introduksiya qilingan noyob turdagi daraxt va buta urugʻchilik genofondini yaratish.

Botanika bogʻida mavjud va introduksiya qilingan noyob turdagi manzarali, oʻrmon daraxt-buta turlari urugʻlarini jamgʻarish, nihollarini yetishtirish.

Mazkur turlarning koʻchatlarini oʻrmon xoʻjaliklarida ekish, koʻpaytirish, koʻchatchiligini yoʻlga qoʻyish va doimiy urugʻchilik maydonlarini tashkil etish.

2026-2027-yillar

Davlat budjeti mablagʻlari,

xalqaro grantlar

Oʻrmon agentligi,

Fanlar akademiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

VI. Hududlarda botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil qilish

44.

Loyiha va pudrat tashkilotlarini elektron tender (“e-tender” platformasi) savdolarida tanlab olish orqali Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari hokimliklari zaxirasidagi yerlar maydonlarida zamonaviy dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish. Bunda:

2026 — 2028-yillar

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari,

Ekologiya qoʻmitasi,

Oʻrmon agentligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Kadastr agentligi,

Fanlar akademiyasi

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari zaxirasidagi yer uchastkalari dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish maqsadida Ekologiya qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkaziladi hamda Kadastr agentligi tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtiriladi;

2026-yil oktabr

zarur hollarda yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha Hukumat komissiyasiga tegishli taklif kiritiladi;

Qonunchilikda belgilangan muddatda

botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonlarining yoʻl va sugʻorish infratuzilmasi joylashuvi aniqlanadi;

2026-yil dekabr

botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish uchun loyihasi-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi;

2027-yil fevral

loyiha-smeta hujjatlariga asosan botanika va dendrologiya bogʻlari tashkil etiladi.

2028-yil dekabr

45.

Loyiha va pudrat tashkilotlarini elektron tender (“e-tender” platformasi) savdolarida tanlab olish orqali Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklarining zaxira yer maydonlarida zamonaviy dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish. Bunda:

2026 — 2028-yillar

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari,

Ekologiya qoʻmitasi,

Oʻrmon agentligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Kadastr agentligi,

Fanlar akademiyasi

Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari zaxirasidagi yer uchastkalari dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish maqsadida Ekologiya qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkaziladi hamda Kadastr agentligi tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtiriladi;

2026-yil oktabr

zarur hollarda yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha Hukumat komissiyasiga tegishli taklif kiritiladi;

Qonunchilikda belgilangan muddatda

botanika va dendrologiya bogʻini tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonlarining yoʻl va sugʻorish infratuzilmasi joylashuvi aniqlanadi;

2026-yil dekabr

botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish uchun loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi;

2027-yil fevral

loyiha-smeta hujjatlariga asosan botanika va dendrologiya bogʻlari tashkil etiladi.

2028-yil dekabr

46.

Loyiha va pudrat tashkilotlarini elektron tender (“e-tender” platformasi) savdolarida tanlab olish orqali Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyatlari hokimliklari zaxirasidagi yer maydonlarida zamonaviy dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish. Bunda:

2027-2028-yillarda

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Jizzax, Sirdaryo, va Samarqand viloyatlari hokimliklari,

Ekologiya qoʻmitasi,

Oʻrmon agentligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Kadastr agentligi,

Fanlar akademiyasi

Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyatlari hokimliklari zaxirasidagi yer uchastkalari dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish maqsadida Ekologiya qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkaziladi hamda Kadastr agentligi tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtiriladi;

2027-yil yanvar

zarur hollarda yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha Hukumat komissiyasiga tegishli taklif kiritiladi;

Qonunchilikda belgilangan muddatda

botanika va dendrologiya bogʻini tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonlarining yoʻl va sugʻorish infratuzilmasi joylashuvi aniqlanadi;

2028-yil mart

botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish uchun loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi;

loyiha-smeta hujjatlariga asosan botanika va dendrologiya bogʻlari tashkil etiladi.

2028-yil sentabr

47.

Loyiha va pudrat tashkilotlarini elektron tender (“e-tender” platformasi) savdolarida tanlab olish orqali Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi zaxirasidagi yer maydonlarida zamonaviy dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish. Bunda:

2027-2028-yillar

Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Ekologiya qoʻmitasi,

Oʻrmon agentligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Kadastr agentligi,

Fanlar akademiyasi

Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi zaxirasidagi yer uchastkalari dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish maqsadida Ekologiya qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkaziladi hamda Kadastr agentligi tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtiriladi;

2027-yil iyun

zarur hollarda yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha Hukumat komissiyasiga tegishli taklif kiritiladi;

Qonunchilikda belgilangan muddatda

botanika va dendrologiya bogʻini tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonlarining yoʻl va sugʻorish infratuzilmasi joylashuvi aniqlanadi;

2027-yil noyabr

botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish uchun loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi;

loyiha-smeta hujjatlariga asosan botanika va dendrologiya bogʻlari tashkil etiladi.

2028-yil fevral

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 06/26/47/0291-son; 06.07.2026-y., 06/26/123/0692-son)