1-ILOVA
T/r | Foydalanish maqsadi | Tuman (shahar) nomi | Yerdan foydalanuvchilar nomi | Kontur raqami | Jami yer maydoni (ga) | shundan | Amaldagi yer toifasi | |
Sugʻoriladigan (ga) | Sugʻorilmaydigan (ga) | |||||||
Respublika boʻyicha jami | ||||||||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 57,63 | 57,63 | ||||||
1. | Dendrologiya bogʻi | Nukus shahri “Shadli avul” MFY | Nukus shahar hokimligi zaxirasida | 654, 667, 668, 664, 706, 707 | 35,14 | 35,14 | - | Zaxira yerlar |
2. | Botanika bogʻi | Nukus shahri “Shadli avul” MFY | Nukus shahar hokimligi zaxirasida | 624, 629, 632, 630, 641,634 | 22,49 | 22,49 | - | Zaxira yerlar |
Andijon viloyati | 25,9 | 25,9 | ||||||
3. | Dendrologiya bogʻi | Oltinkoʻl tumani S.Ashurov massivi | “Jalilboy saxovati” fermer xoʻjaligi | 134 | 10,7 | 10,7 | - | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar |
Oltinkoʻl tumani S.Ashurov massivi | “Vodiy oltin” fermer xoʻjaligi | 156 | 19,6 | 19,6 | ||||
Jami: | 36,6 | 36,6 | - | |||||
4. | Botanika bogʻi | Izboskan tumani Sharq yulduzi massivi | Bogʻdorchilik f/x | 37 | 38,4 | 38,4 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar | |
Buxoro viloyati | 200 | 200 | ||||||
5. | Dendrologiya bogʻi | Buxoro tumani | Buxoro ekologiya va servis texnikumi | maydoni 1178k. 1180k. 1181k. 1188k. “Idris Said Mirishkor” FXga qarashli yer maydoni 1179k | 100 | 100 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar | |
Jami: | 100 | 100 | ||||||
6. | Botanika bogʻi | Buxoro tumani | “Jabbor Kamol” fermer xoʻjaligi | 8848k. 8849k.8850k. 8854k Istam Obod F/X 8825k. 8348k | 100 | 100 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar | |
Jami: | 100 | 100 | ||||||
Jizzax viloyati | 100 | 24 | 76 | |||||
7. | Dendrologiya bogʻi | Zomin tumani Shirin massivi | Tuman hokimligi zaxirasida | 223, 238, 239 | 30 | 24 | 6 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar |
8. | Botanika bogʻi | Zomin tumani Shirin massivi | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi | 325, 324, 218 | 70 | 70 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar | |
Qashqadaryo viloyati | 74 | 74 | ||||||
9. | Dendrologiya bogʻi | Qarshi tumani “Hilol” MFY | “Yashil” texnikum | 1163, 1165, 1172 | 21,2 | 21,2 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar | |
Jami: | 21,2 | 21,2 | ||||||
10. | Botanika bogʻi | Qarshi tumani “Hilol” MFY | “Sulton tex group” MCHJ | 18:13:000006800 | 52,8 | 52,8 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar | |
Jami: | 52,8 | 52,8 | ||||||
Navoiy viloyati | 125,5 | 125,5 | ||||||
11. | Dendrologiya bogʻi | Karmana tumani “Doʻrman” MFY | “Ergash ota chorvasi” fermer xoʻjaligi | 346, 347, 348 | 31 | 31 | - | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar |
12. | Botanika bogʻi | Karmana tumani “Doʻrman” MFY | “Doʻrman javohiri” fermer xoʻjaligi | 264. 265 | 32,5 | 32,5 | - | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar |
“Amirbek Gʻolib kelajagi” fermer xoʻjaligi | 269, 271, 272, 274, 275, 276, 277, 278, 279, 280, 281, 282 | 60 | 60 | - | ||||
“Agropilla” | 272 | 2 | 2 | - | ||||
Jami: | 94,5 | 94,5 | - | |||||
Namangan viloyati | 133,87 | 133,87 | ||||||
13. | Dendrologiya bogʻi | Namangan viloyati Namangan tumani Sohibkor MMTP | “Shaxribonu-2000” f/x | 119, 118, 122, 134, 114 | 16,2 | 16,2 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar | |
“Bogʻishamol” f/x | 114, 117 | 3,5 | 3,5 | |||||
“Abdullaxodjayev Muhammad” f/x | 138 | 3,2 | 3,2 | |||||
“Shuhrat” f/x | 120, 137 | 8,0 | 8,0 | |||||
“Nuriddin Don” f/x | 142, 143, 141, 153 | 27,8 | 27,8 | |||||
Jami | 58,7 | 58,7 | ||||||
14. | Botanika bogʻi | Norin tumani “Yuqori Choʻja” MFY | “Qobuljon Mushtariy” f/x | 3400 | 24,78 | 24,78 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar | |
3409 | 38,42 | 38,42 | ||||||
Namangan viloyati Norin tumani “Yuqori Choʻja” MFY Az-Zamaxshariy koʻchasi 1-uy | - | 3398 | 11,97 | 11,97 | ||||
Jami: | 75,17 | 75,17 | ||||||
Samarqand viloyati | 196 | 70 | 126 | |||||
15. | Dendrologiya bogʻi | Samarqand viloyati, Urgut tumani | Qishloq xoʻjaligi | 1049, 1044, 1043, 1038, 1042, 1045, 1046, 1047, 1039, 1040, 1041, 1042, 1063, 1064, 1065 | 50 | 50 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar | |
Samarqand shahri | Shahar hokimligi zaxirasi va Oʻrmon xoʻjaligi | 39.725931, 66.929070 | 116 | 116 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar | |||
Jami: | 166 | 50 | 116 | |||||
16. | Botanika bogʻi | Samarqand shahri Xishrav qoʻrgʻoni 8-uy | “Yashil” texnikum | 39.634354, 66.89635 | 30 | 20 | 10 | Texnikumga qarashli yer maydoni |
Jami: | 30 | 20 | 10 | |||||
Sirdaryo viloyati | 30,4 | 30,4 | ||||||
17. | Dendrologiya bogʻi | Mirzaobod tumani | Sirdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi | 12,0 | 12,0 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar va oʻrmon fondi yerlari | ||
Boyovut tumani | 2-son kasb-hunar maktabi | 75, 76 | 3,4 | 3,4 | ||||
18. | Botanika bogʻi | Mirzaobod tumani | Sirdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi | 15,0 | 15,0 | Oʻrmon fondi yerlari | ||
Surxondaryo viloyati | 99,6 | 99,6 | ||||||
19. | Dendrologiya bogʻi | Sherobod tumani | Tuman hokimligi zaxirasida | 185 | 38 | 38 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar | |
20. | Botanika bogʻi | Sherobod tumani | “Sabina” MCHJ fermer xoʻjaligi | 181, 184q | 44 | 44 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar | |
Sherobod tumani | “Umid Oltin Don” fermer xoʻjaligi | 222 | 17,6 | 17,6 | ||||
Jami: | 61,6 | 61,6 | ||||||
Toshkent viloyati | 48 | 48 | ||||||
21. | Dendrologiya bogʻi | Toshkent tumani Shirin massivi | Zaxira yer toifasi-Qishloq xoʻjaligi | 836, 837, 839, 840, 856, 859q 852, 860, 863q, 830, 831, 832, 833, 835, 862q, 837, 838, 861q, 740, 741, 742, 743, 744, 745, 826, 829 | 33,6 | 33,6 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar | |
22. | Botanika bogʻi | Nurafshon shahri “Qumovul” MFY | Shahar hokimligi zaxirasida | 101 | 14,4 | 14,4 | ||
Jami: | 14,4 | 14,4 | - | |||||
Fargʻona viloyati | 57,7 | 57,7 | ||||||
23. | Dendrologiya bogʻi | Qoʻshtepa tumani | “Said Zokirxon” fermer xoʻjaligi | 3135, 3278, 3286, 3285 | 34,7 | 34,7 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar | |
Qoʻshtepa tumani | “Al mumtoza Mumtoz” fermer xoʻjaligi | |||||||
24. | Botanika bogʻi | Qoʻshtepa tumani | “Sodiq hoji baraka” MCHJ fermer xoʻjaligi | 3532, 2556 | 23 | 23 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar | |
Xorazm viloyati | 227,83 | 227,83 | ||||||
25. | Dendrologiya bogʻi | Urganch tumani “Qiyot” MFY | “Ibrohim Farida” fermer xoʻjaligi | 32, 33, 34, 35, 38, 39 | 42,4 | 42,4 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar | |
Fuqarolarga tegishli dala tomorqa yerlari | 36, 37 | 12,2 | 12,2 | |||||
Xiva shahri Angariq mahallasi | “Jumaniyox Bobo” f/x | 383, 384, 378 | 11,8 | 11,8 | ||||
“Mirob Sadulla” MCHJ | 386, 387 | 8,2 | 8,2 | |||||
“Abrikos” MCHJ | 413, 415 | 14,7 | 14,7 | |||||
“Xamidbek oʻgʻli Abdulaziz” MCHJ | 408, 411 | 5,3 | 5,3 | |||||
“Shuhrat Yusupboy” MCHJ | 417, 419, 420, 367, 369 | 17,7 | 17,7 | |||||
Xiva tumani Oqyop mahallasi | Dehqon xoʻjaligi | 2164 | 6,2 | 6,2 | ||||
“Xiva KLASTER” MCHJ | 2165 | 5,7 | 5,7 | |||||
“Xiva KLASTER” MCHJ | 2172 | 5,5 | 5,5 | |||||
Jami | 129,7 | 129,7 | ||||||
26. | Botanika bogʻi | Urganch tumani Gʻoybu qishlogʻi | “Gʻoybulik Xondurdi” f/x | 2 | 2,4 | 2,4 | Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar | |
“Erxon” f/x | 31 | 18,4 | 18,4 | |||||
“Roʻzmat mexanik” MCHJ | 634, 635 | 6,1 | 6,1 | |||||
“Zerip mexanik” f/x | 10 | 34,2 | 34,2 | |||||
Zaxirada (fuqarolar tomorqa yeri) | 593, 602, 603, 604, 605, 606 | 20,0 | 20,0 | |||||
Xiva shahri “Sangar” MFY | Dala tomorqasi | 1024 | 4,99 | 4,99 | ||||
“Raxim hoji” fermer xoʻjaligi | 1018, 1020, 1021, 1022 | 7,1 | 7,1 | |||||
“Xiva Barchinoy” fermer xoʻjaligi | 1042, 1046 | 2,1 | 2,1 | |||||
Dala tomorqasi | 1041 | 2,84 | 2,84 | |||||
Jami: | 98,13 | 98,13 | ||||||
Toshkent shahri | 337,3 | 337,3 | ||||||
27. | Dendrologiya bogʻi | Mirzo Ulugʻbek tumani | Yadro fizikasi instituti | Kontur raqamisiz | 250 | 250 | - | Sanitar muhofaza hududi |
Toshkent va Qibray tumanlari | Kontur raqamisiz | 83 | 83 | |||||
Chilonzor tumani | Lutfiy mahallasi | Kontur raqamisiz | 4,3 | 4,3 | ||||
Jami: | 337,3 | 337,3 | ||||||
2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
5-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
I. Respublikada yashil bogʻlarni tashkil qilish va parvarishlash tadbirlarining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish | ||||
1. | 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida yashillikni oshirishga qaratilgan “Yashil muvozanat — barqaror kelajak” strategiyasini ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: aholi yashash punktlarida ekologik barqarorlikni taʼminlash maqsadida xalqaro standartlar va ilgʻor tajribalar asosida “yashil qoplama” miqdorini 30 foizga yetkazish; oʻrmon fondi yerlarida oʻrmon bilan qoplangan hududlar miqdorini keskin oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, qayta oʻrmon barpo etish, yangi oʻrmonzorlar tashkil qilish hamda mavjudlarini tiklash uchun ilgʻor texnologiyalardan foydalanish; choʻl hududlarida “yashil qoplama”lar miqdorini oshirish; aholi va tadbirkorlik subyektlarini daraxt koʻchatlarini ekish tadbirlariga keng jalb qilish; yashillik darajasini oshirishga oʻz hissasini qoʻshayotgan jismoniy va yuridik shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy qilish. | 2027-yil mart | Ishlab chiqish uchun — mablagʻ talab etilmaydi Tashkil qilish uchun — Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi, homiylik va xayriya mablagʻlari | Ekologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi, Bosh prokuratura, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. | “Yashil bogʻlarni boshqarish oʻrmon ilmiy-tajriba markazi” davlat muassasasi va uning filiallarini tashkil qilish. Bunda: muassasa va uning filiallari shtat jadvali, texnik va yordamchi xodimlar soni, ular mehnatiga haq toʻlash tartibini hamda faoliyatining ustuvor vazifalarini nazarda tutuvchi tashkilot nizomini tasdiqlash. | Ikki oy muddatda | Mablagʻ talab etilmaydi | Oʻrmon agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
3. | “Yashil bogʻlarni boshqarish oʻrmon ilmiy-tajriba markazi” davlat muassasasi tarkibida alohida yuridik shaxs tashkil etmagan holda hududlardagi mavjud daraxt va butalarning kasallik, zararkunandalarga qarshi kurashish tizimini yaratish maqsadida Daraxt kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmatini tashkil etish. | 2026-yil iyun | Mablagʻ talab etilmaydi | Ekologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻrmon agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
“Yashil qoplama”lar va yashillik barpo etilgan hududlarda oʻsimliklarning kasallik va zararkunandalari kelib chiqishi va tarqalishini oʻrganish boʻyicha idoralararo ishchi guruh tuzib, ekspeditsiya tashkil etish hamda mavjud muammolarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli takliflarni muvofiqlashtirish. | Ishchi guruh tashkil etilgandan soʻng doimiy ravishda muammolarni oʻrganib boradi | |||
Daraxt kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati tomonidan 2027-2028-yillar davomida oʻrmonlarning fitosanitar holatini ilmiy asosda oʻrganish, oʻrmonlarning holatini yaxshilash uchun kasallangan va zararlangan oʻrmonzorlarda oʻz vaqtida kasallik va zararkunandalarga qarshi kimyoviy kurashish, biologik preparatlarni, shuningdek, stress omillarning salbiy taʼsirini kamaytiruvchi biostimulyatorlarni qoʻllash, Orolning qurigan tubi va orolboʻyi hududlarida barpo etilgan “yashil qoplama”larda uchrayotgan kasallik va zararkunandalarning kelib chiqishi hamda tarqalishini oʻrganish, unga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish. | 2026-yil 1-oktabr | |||
Chora-tadbirlar dasturi loyihasini tasdiqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2026-yil 25-dekabr | |||
4. | Davlat taʼlim tashkilotlari (maktab, akademik litsey, texnikum, oliy taʼlim muassasasi va boshqalar) va sogʻliqni saqlash tashkilotlari (poliklinika, tibbiyot muassasalari, shifoxonalar) hamda xavflilik darajasi I va II toifaga mansub korxonalar boshqa joyga koʻchirilgan taqdirda, ular oʻrnida yashil jamoat parklarini tashkil qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda: obyektlar boshqa joyga koʻchirilgan taqdirda, ushbu muassasaning balansida boʻlgan yer maydonini belgilangan tartibda inventarizatsiyadan oʻtkazish; mazkur yer maydonidagi mavjud obyektlar (inshootlar, qurilmalar)ning huquqiy va texnik holati yuzasidan baholash; obyektlarni yashil jamoat parklarini tashkil qilish uchun Ekologiya qoʻmitasi tasarrufiga begʻaraz oʻtkazish; Ekologiya qoʻmitasi tomonidan mazkur yer maydonlarini yashil jamoat parki barpo etish uchun tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida ijaraga berish; ijara shartining bir qismi sifatida yer maydonidan foydalanishda belgilangan maqsaddan chetga chiqmaslik, yashil hududlarni barpo qilish va saqlash, jamoatchilik uchun ochiq va bepul foydalanish imkoniyatini taʼminlash shartlarini qatʼiy belgilab qoʻyish nazarda tutiladi. | 2026-yil noyabr | Mablagʻ talab etilmaydi | Ekologiya qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
5. | Aholining barcha qatlamlarining hayoti davomida daraxt ekish va parvarishlashga qoʻshgan hissasini hisobga olish va ragʻbatlantirib borishni nazarda tutuvchi “yashil ball” (green points) tizimini joriy etish. Bunda: | Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari | Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank | |
(a) xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish, ayniqsa, Xitoy, Turkiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Hindiston kabi davlatlarning bu borada amalga oshirgan loyihalari natijadorligiga eʼtibor qaratish; | 2026-yil sentabr | |||
(b) normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, unda: aholining daraxt ekish va parvarishlash bilan bogʻliq faoliyatini onlayn hisobga olish va “yashil ball” berish tartibi; “Smart-foresty” mobil ilovasi va GIS xaritasida daraxt ekish mumkin boʻlgan maydon xaritalarini belgilash tizimi; daraxt ekish boʻyicha yakka tartibda yoki jamoaviy ishtirok etish yoki ekish va parvarishlash tadbirlari uchun buyurtma berish tartibi; ekilgan har bir daraxtga unikal QR kod va elektron pasport berish; jamgʻarilgan “yashil bal”larni: kommunal toʻlovlari, soliq, davlat xizmatlari uchun chegirma sifatida qoʻllash; oliygohlarga kirish yoki oʻqishni tamomlashda “yashil reyting” orqali imtiyozlar olish; har yilgi tanlovlarda eng yuqori ball toʻplagan fuqarolarni taqdirlash; toʻplangan ballarni monetizatsiya qilish va boshqa ragʻbatlantirish; farzand tugʻilganida ota-ona, vasiy yoki yaqin qarindoshlar bola nomiga daraxt ekish uchun ixtiyoriy buyurtma berish va tugʻilgan bolaga ilk “yashil ball” belgilash mexanizmlarini nazarda tutish. | 2027-yil yanvar | |||
Mavjud dasturiy platformalar, shu jumladan, “Smart-foresty” mobil ilovasini takomillashtirish va maʼlumot manbalari bilan integratsiya qilish. | 2027-yil dekabr | |||
Tizim tajriba-sinov tariqasida Samarqand viloyati va Toshkent viloyatida joriy etilib, natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish. Sinov yakunlari asosida amaliyot respublika boʻylab bosqichma-bosqich tatbiq etiladi. | 2027-yil yanvar — iyun | |||
6. | Oʻzbekistonda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan milliy dastur loyihasini ishlab chiqish. | 2026-yil dekabr | Mablagʻ talab etilmaydi | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Ekologiya qoʻmitasi |
7. | Jismoniy yoki yuridik shaxs kamida mingta daraxt va buta koʻchatlardan iborat yashil bogʻ va yashil jamoat parkini tashkil etsa yoxud Yashil xayriya jamgʻarmasiga kamida 200 million soʻm hadya qilsa, “Ekohamkor” maqomini berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda: ushbu jismoniy yoki yuridik shaxslarga yoxud uning taʼsischisiga oʻz nomini tamgʻalash; jismoniy yoki yuridik shaxsga ularga ushbu maqomdan oʻz faoliyatini reklama qilishda foydalanish huquqini berish; jismoniy yoki yuridik shaxs faoliyati bilan bogʻliq tadbirlarni oʻtkazishga ruxsat berish; jismoniy yoki yuridik shaxslarga yuqorida belgilangan huquqlardan foydalanishda har qanday qurilish qilishni taqiqlash. Ushbu amaliyotni aholi va tadbirkorlar keng ommasiga yetkazish hamda respublikaning barcha hududlarida joriy etish choralarini koʻrish. | 2027-yil may | Mablagʻ talab etilmaydi | Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
8. | 5 ta yashil bogʻ va yashil jamoat parkini oʻz hisobidan barpo qilgan shaxslarga “Kelajak bunyodkori” davlat mukofotini berish tizimini joriy etish boʻyicha taklif kiritish. | 2027-yil yanvar | Mablagʻ talab etilmaydi | Oʻrmon agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
9. | “Yashil chipta” tizimini joriy etish. Bunda: samolyot, poyezd, metro va taksi yoʻnalishlarida marshrutning karbon izi (taʼsirini) ixtiyoriy ravishda kompensatsiya qilish imkoni berish; kompensatsiyadan tushgan mablagʻlarni Yashil xayriya jamgʻarmasiga oʻtkazish; ushbu mablagʻlarni faqat daraxt ekish va parvarishlash tadbirlariga yoʻnaltirishni inobatga olish. | 2026-yil iyun | Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi va grant mablagʻlari | Transport vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
10. | Tuman va shaharlarning bosh rejalarining hamda taʼlim va sogʻliqni saqlash tashkilotlari yer maydonlarining kamida 30 foizi koʻkalamzorlashtirish hududlariga ajratilishini qatʼiy taʼminlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish: loyihalanayotgan va amaldagi transport yoʻli chetlari yoki yoʻl yoqalariga daraxtlarni belgilangan tartibda ekish; koʻchatlar ekiladigan maydonlarni aniqlash; daraxt va butalar turlarini toʻgʻri tanlash; loyihalash va yil davomida parvarishlash; taʼlim va sogʻliqni saqlash tashkilotlari roʻyxati, ularning yer maydonlari toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlarni Ekologiya qoʻmitasiga taqdim qilish. | 2026-yil may | Mablagʻ talab etilmaydi | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
11. | Yashil maydonlar jozibadorligini oshirish maqsadida daraxt va butalarni toʻgʻri parvarishlash uchun shakl berish hamda xavfsiz balandlikda ishlash tizimini joriy etish, shuningdek, daraxtlarni tuproq ildizi bilan koʻchirish, sanitar holatini diagnostika qilish va muntazam monitoringini amalga oshirish. Bunda: | Davlat budjeti mablagʻlari | Ekologiya qoʻmitasi | |
yashil maydonlar holatini oʻrganish, mavjud daraxt va butalarning turi, tarkibi, yoshi va sanitar holatini baholash hamda har bir maydon uchun parvarish, shakl berish va xavfsiz ishlash boʻyicha kalendar reja ishlab chiqish va amalga oshirish; | 2026-yil 1-iyun | Oʻrmon agentligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi | ||
balandlikda ishlovchi xodimlar uchun maxsus oʻquv dasturlari va sertifikatlashtirish tadbirlarini amalga oshirish; | 2026-yil sentabr-oktabr | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi | ||
zamonaviy individual himoya vositalari hamda balandlikda ishlash uskunalarini xarid qilishni taʼminlash. | 2026-yil dekabr | Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻrmon agentligi | |
12. | Qishloq xoʻjaligi va fermer xoʻjaliklari yer uchastkalarining chetlarida ihota daraxtzorlar barpo etish tartibi va majburiyatini belgilash. Bunda: qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun yerni ijaraga berish boʻyicha shartnomada ihota daraxtzorlar barpo etish majburiyatini kiritish; shartnomaning ushbu talabi 2 yil davomida bajarilmagan taqdirda, yer ijarasi toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish uchun asos boʻlishini belgilash; qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini joylashtirish rejasida ihota daraxtzorlarni barpo etish uchun yer uchastkasi ajratilishini hisobga olish. | 2026-yil avgust | Mablagʻ talab etilmaydi | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermerlari kengashi, Ekologiya qoʻmitasi |
13. | Yashil bogʻ, yashil jamoat parki, “yashil belbogʻ”, “yashil qoplama”, “yashil qalqon”, himoya oʻrmonzorlari, shuningdek, botanika, dendrologiya va galofit bogʻlari, poligonlar rekultivatsiyasi, sunʼiy koʻl va hovuzlar, shaharlarning yashil master rejasi va boshqa ekologik loyihalarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun jalb qilinadigan “Yashil loyiha” loyihalash institutini Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish. | Bir oy muddatda | Mablagʻ talab etilmaydi | Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi |
14. | “Yashil bogʻlarni boshqarish oʻrmon ilmiy-tajriba markazi” davlat muassasasi tomonidan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) hududidagi yashil maydonlar va unga tutash hududda eksperimental va oʻquv-tajriba maqsadlari uchun tashkil etilgan dendrologiya bogʻi va “Astronomiya” jamoat parkini saqlash va parvarishlash hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish. | doimiy | Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari | Oʻrmon agentligi |
15. | Ohangaron tumanida joylashgan “Ovjazsoy-Moviy togʻlar” milliy tabiat bogʻiga olib boruvchi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish, yoʻl boʻyi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish, yoʻl belgilari va koʻrsatkichlarini oʻrnatish. | 2026-2027-yillar | Ijrochilar mablagʻlari | Toshkent viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar |
16. | Ohangaron tumanida joylashgan “Ovjazsoy-Moviy togʻlar” milliy tabiat bogʻida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish: yengil konstruksiyali zamonaviy tashrif markazlarini (Visitor center), savdo nuqtalari va ekokoʻrgazmasini yogʻoch binolaridan tashkil etish va ularning uzluksiz hamda samarali faoliyatini taʼminlash; eko-yoʻlaklar (ekologik marshrutlar)ni tashkil etish, ularni zarur infratuzilma (yoʻl koʻrsatkichlar, dam olish nuqtalari, kuzatuv maydonchalari, qoʻriqlash postlari) bilan jihozlash; hududni kompleks obodonlashtirish, sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, koʻkalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish, shuningdek, dam olish uchun moʻljallangan hududlar, sanitariya uzellari, chiqindilarni yigʻish va saralash tizimlarini amalga oshirish. Bunda, yuqorida nazarda tutilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun pudrat tashkilotlarini elektron tender (“e-tender”) platformasi orqali tanlab olish. | 2026-yil dekabr | Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari | Ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
17. | Ohangaron tumanida joylashgan “Ovjazsoy-Moviy togʻlar” milliy tabiat bogʻidan tashqaridagi yer uchastkalarida turistik xizmatlar (bioxilma-xillikka taʼsir koʻrsatmagan holda glemping, kemping va boshqa xizmatlar) maqsadida “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali belgilangan tartibda realizatsiya qilish. | 2026-yil may — dekabr | Mahalliy budjet mablagʻlari | Toshkent viloyati hokimligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda |
II. Oʻrmonlarni barpo etish, qayta tiklash, kengaytirish, muhofaza qilish, qoʻriqlash, oʻrmondan qoʻshimcha foydalanish | ||||
18. | “Ilm-loyiha-amaliyot” zanjirida zamonaviy koʻchatxonalar tashkil etish. Bunda: nihol yetishtirishda intensiv usulga, koʻchat yetishtirishda yopiq ildizli tizimga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtish; xorijiy investorlar va tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish, koʻchatxonalarni toʻliq suv tejovchi tizimlar, issiqxonalar va “net house” usulidagi maydonlar bilan jihozlash; xorijiy investorlar bilan hamkorlikda intensiv niholxona tashkil etish, “smart” issiqxonalar tashkil etish, maxsus konteynerlarda yirik hajmli manzarali koʻchatlarni yetishtirish; koʻchatxonalarda oʻrmon barpo etish uchun suvsizlik, qurgʻoqchilik va shoʻrga chidamli, shu bilan birga tadbirkorlar va aholi uchun noyob daraxt va buta koʻchatlarini yetishtirish. | 2026-yil kuz mavsumidan boshlab, doimiy | Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi, mahalliy budjet mablagʻlari, xalqaro grantlar | Oʻrmon agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
19. | Togʻ oʻrmonlarini kengaytirish va yer eroziyasiga qarshi kurashish. Bunda: | Jahon banki mablagʻlari | Oʻrmon agentligi, Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari | |
terrasa usulida oʻrmon barpo etish uchun yer uchastkalarini tanlash va tayyorlash; | 2026-yil oktabr | |||
togʻ oldi hududlarda, jarlik va qiyaliklarda eroziyaning oldini olish maqsadida 2026-yilda 305 gektar maydoniga 2028-yilgacha bosqichma-bosqich daraxt va buta koʻchatlarini ekish. | 2026 — 2028-yillar kuz-qish mavsumida | |||
20. | Avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish. Bunda: | Ijrochilar mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar | Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Kadastr agentligi | |
yoʻl atrofidagi boʻsh va koʻkalamzorlashtirish mumkin boʻlgan yerlarni aniqlash, aniqlangan yer maydonlari uchun xarita va kadastr hujjatlarini tayyorlash; | 2026-yil avgust | |||
“yashil belbogʻ” loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish; | 2026-yil noyabr | |||
loyiha-smeta hujjatlari asosida “yashil belbogʻ”lar barpo etish; | 2027-yil bahor mavsumida | |||
“yashil belbogʻ” doirasida ekilgan daraxt va butalarni muntazam parvarish, zararkunandalarga qarshi kurashish va qurigan daraxtlar oʻrnini oʻz vaqtida toʻldirish. | doimiy | |||
21. | Atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi sanoat korxonalari va ularga tutash hududlarda jami 10 million tup koʻchatdan iborat “yashil belbogʻ”lar barpo etish. Bunda: tuproq-iqlim sharoitiga mos mahalliy va tez oʻsuvchi daraxt hamda buta koʻchatlarini ekish; sugʻorish va parvarish ishlarini samarali tashkil etish uchun zamonaviy tomchilatib sugʻorish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish. | 2026-2027-yillar bahor va kuz mavsumlarida | Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
22. | Bolgariyaning “S.E.E. Nolding Ltd.” — “Acta” kompaniyasi bilan hamkorlikda 50 ming gektarda oʻrmon barpo etish va 500 ming gektarda tabiiy tiklanishga koʻmaklashish tadbirlarining dastlabki bosqichini boshlash. | 2027-2028-yillar | Investitsiya dasturi asosida | Oʻrmon agentligi |
23. | Ekologik toza va organik mahsulotlar yetishtirishni yoʻlga qoʻyish uchun agrooʻrmonchilik loyihalarini amalga oshirish. Bunda: dorivor, asal, rezavorlar yetishtirishga ixtisoslashgan oʻrmon barpo etish loyihalarini amalga oshirish; “energetik” oʻrmonlar, yaʼni sanoatbop daraxtlar plantatsiyalarini yaratish; oʻrmon xoʻjaliklarida organik oʻgʻitlar zaxiralarini yaratish, bunda biogumus ishlab chiqarishni tashkil etish; pistazorlar maydonini kengaytirish, bunda erta hosilga kiruvchi serhosil navlaridan tomchilatib sugʻorish tizimini joriy qilgan holda plantatsiyalar tashkil etish; oʻrmon fondi yerlarida ekoturizmni rivojlantirish. | 2027-yil 1-yanvardan boshlab, doimiy | Jahon banki mablagʻlari | Oʻrmon agentligi, viloyatlar hokimliklari |
24. | Oʻrmonlarni muhofaza qilish va qoʻriqlash tadbirlarini kuchaytirish. Bunda: oʻrmonlarning yongʻin xavfi mavjud hududlariga oʻrmon nazorat minoralari oʻrnatish: oʻrmonzorlar va butazorlarda yongʻinga qarshi “yoʻllar” (polosa) qurish: yongʻinlar, zararkunanda va kasalliklarni aniqlash, oldini olish va ularni bartaraf etishda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish. | 2026-yildan boshlab, doimiy | Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi, mahalliy budjet, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari | Oʻrmon agentligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
Respublika oʻrmonlarini himoya qilish boʻyicha mavjud normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqish. | 2026-yil dekabr | |||
25. | 2026-yilda Navoiy viloyatining Konimex va Tomdi hamda Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq, Ohangaron, Parkent tumani “Saksonota” va “Toshkent” davlat oʻrmon xoʻjaliklarida qurib bitkazilgan va yangidan boshlangan sugʻorish quduqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish. | Bir oy muddatda | Mablagʻ talab etilmaydi | Oʻrmon agentligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi |
III. Choʻllanishning oldini olish va unga qarshi kurashish | ||||
26. | Jahon banki va xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda 2040-yilgacha choʻllanishga qarshi kurashish strategiyasini ishlab chiqish. Bunda: qurgʻoqchilik taʼsirini yumshatish va xavfini boshqarish; erta ogohlantirish tizimini joriy etish orqali qum-chang boʻronlarini boshqarish; 2 million gektar yerlarda “yashil qoplama”lar barpo etish; 10 ming tonna choʻl oʻsimliklarining urugʻlarini tayyorlash; 30 million dona choʻl oʻsimliklarining nihol va koʻchatlarini yetishtirish; shoʻr va suvsizlikka chidamli choʻl oʻsimliklaridan galofit va kserofit bogʻlarini tashkil etish nazarda tutiladi. Shuningdek, respublikada choʻllanish bilan bogʻliq barcha masalalarni qamrab olish. | 2027-yil iyun | Mablagʻ talab etilmaydi | Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
27. | Oʻzbekistonning choʻl hududlaridagi oʻrmon fondi yerlarini xatlovdan oʻtkazish. Bunda: aerokosmik suratlar yordamida oʻrmon fondi yerlarining ortofotoplanlarini yaratish; tabiiy choʻl-yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlar oʻtkazish; choʻllangan va degradatsiyaga uchragan yerlarning raqamli xaritalarini ishlab chiqish; choʻl hududlarida oʻsimlik dunyosi areali, koʻp yillik ozuqabop va dorivorlik xususiyatlariga ega oʻsimliklar turlari aniqlash; oʻrmon choʻl yerlarini “UzKAD” elektron tizimiga kiritish; oʻrmon fondi yerlarining doimiy monitoringini yuritish nazarda tutiladi. | 2027-yil dekabr | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻrmon agentligi, Kadastr agentligi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
28. | Tuproq sifatini yaxshilash va yer unumdorligini oshirish maqsadida respublika boʻyicha degradatsiyaga uchragan va choʻllangan hududlar boʻyicha milliy baholash mezonlari hamda koʻrsatkichlarini ishlab chiqish. | 2026-yil dekabr | Ijrochilar mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
29. | Transchegaraviy qum-chang boʻronlarini oldini olish boʻyicha yagona konsepsiya ishlab chiqish. Bunda davlatlararo muzokaralar olib borish, institutsional mexanizm, transchegaraviy qum-chang boʻronlari hosil boʻladigan hududlarni aniqlash va xaritalash, ilmiy asoslangan kurashish choralari, choʻl oʻsimliklari urugʻchiligi va koʻchatchiligi bazalarini yaratish, “yashil qoplama”larni barpo etishni jadallashtirish. | 2026-yil dekabr | Ijrochilar mablagʻlari | Ekologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Surxondaryo, Navoiy, Xorazm viloyatlari hokimliklari |
30. | Choʻllanishga qarshi kurashish va choʻl iqtisodiyotini rivojlantirish boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqaviy qoʻshma ilmiy-tadqiqot markazining Xitoy bilan hamkorlikni kuchaytirish. Bunda: | Qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar, xalqaro grantlar | Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar | |
“Bir makon — bir yoʻl” tashabbusi doirasida choʻl hududlarida yashil maydonlarni kengaytirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish, tajribalar almashish, markaz ishtirokida konferensiya va seminarlar tashkil etish boʻyicha dastur loyihasini ishlab chiqish hamda bosqichma-bosqich amalga oshirish; | 2027-yil mart | |||
Markaz koʻmagida amalga oshiriladigan va Oʻzbekistonda choʻl hududlari ekotizimini yaxshilashga qaratilgan ilmiy-innovatsion va yirik loyihalar roʻyxatini shakllantirish. | 2027-yil sentabr | |||
31. | Urugʻlarni kapsula koʻrinishida qanotsizlantirib sepish tizimini yoʻlga qoʻyish. Bunda: | Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi va grant mablagʻlari | Oʻrmon agentligi, Ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar | |
choʻl oʻsimliklari urugʻlarini agroparvoz texnologiyasi asosida ekish tizimini yoʻlga qoʻyish; | 2027-yil noyabr-dekabr, | |||
urugʻlarni aniq manzillarga uchirib tashlash orqali katta maydonlarda tez va samarali oʻrmonlarni tiklash. | 2028-yil bahor, kuz-qish mavsumida | |||
32. | Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan “yashil qoplama”larni yaratishda suv saqlovchi gidrogel qoʻllash orqali choʻl va yaylov oʻsimliklari koʻkaruvchanligini oshirish boʻyicha bajarilgan ilmiy loyiha natijalarini respublikamizning boshqa choʻl hududlarida (Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari) qoʻllash hamda sinovdan oʻtkazish. | 2026-2027-yillar | Ilmiy va amaliy loyihalar doirasida | Oʻrmon agentligi, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
33. | Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikda Qoraqalpogʻiston Respublikasining 9 ta tumanida kredit mablagʻlari hisobiga degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash loyihasini amalga oshirish. Bunda: | Mahalliy budjet, xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻ va grantlari | Oʻrmon agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar | |
loyiha doirasida tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqishni yakunlash; | 2026-yil dekabr | |||
koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, 20 ming gektar “yashil belbogʻ”lar tarmogʻini tashkil etish, 6 ming gektarda agrooʻrmonchilikni barpo etish, 2 ta trening markazini tashkil etish, 6 ming nafar doimiy va mavsumiy ish oʻrinlarini yaratish loyihasini boshlash. | 2027-yil aprel — dekabr | |||
34. | Choʻllanishga qarshi kurashish konvensiyasi tomonlar konferensiyasining 17-yigʻilishida Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtirok etishini taʼminlash. | 2026-yil avgust | Xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻ va grantlari | Ekologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻrmon agentligi |
Shuningdek, Choʻllanishga qarshi kurashish konvensiyasi tomonidan tashkil etilgan “Markaziy Osiyo+Rossiya” davlatlararo ishchi guruhida “Global yer istiqbollari” loyihasini ishlab chiqish. | 2027-2028-yillar | |||
35. | Qozogʻiston Respublikasi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasida choʻl va yaylov ozuqa oʻsimliklari koʻchatlarini yetishtirish boʻyicha mintaqaviy markazni tashkil etish. | 2027-yil davomida | Mablagʻ talab etilmaydi | Ekologiya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
IV. Mamlakatimizda yashillik darajasini oshirish uchun irrigatsiya-drenaj tizimlarining barqaror ishlashini taʼminlash | ||||
36. | Shahar va tumanlar kesimida “yashil” suv balansini shakllantirish va mavjud tarmoqlarni raqamlashtirish. Bunda: | Ijrochilar mablagʻlari, xalqaro grantlar, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
har bir shahar va tuman kesimida yerosti suvlari, suv omborlari, daryo va kanallardan keladigan suv hajmi, yomgʻir suvlari, qayta ishlangan oqova suvlardan yashillikka ajratiladigan qismini aniqlash; | 2026-yil avgust | |||
mavjud yashil maydonlarning suvga boʻlgan ehtiyojini (daraxtzor, bogʻlar, parklar) aniq hisoblash; | 2026-yil dekabr | |||
yashil hududlarning suv olish nuqtalari boʻyicha maʼlumotlarni geoaxborot tizimlarining (irrigatsiya-drenaj tarmoqlari, nasos stansiyalari, suv taqsimlash inshootlari) GPS koordinatalari asosida raqamlashtirish va Situatsion markaz platformalariga integratsiya qilish; | 2027-yil mart | |||
har bir hudud uchun qurgʻoqchil va yogʻingarchilik yillariga ajratgan holda “Yashil” suv balansi pasportini shakllantirish. | 2027-yil avgust | |||
37. | Aholi yashash hududlarida ekologik barqarorlikni taʼminlash va yashil makon ulushini oshirish maqsadida xalqaro ekologik standartlar (ISO 14001, ISO 37120 va boshqalar) talablariga muvofiq landshaft va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish. Bunda yashil hududlar tarkibida mahalliy iqlim va tuproq sharoitiga mos oʻsimlik turlarini joriy etish, suv tejovchi va qayta tiklanadigan sugʻorish texnologiyalarini qoʻllash, bioxilmaxillikni saqlash hamda aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish choralari amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda xalqaro tajriba asosida yashil hududlarning ekologik samaradorlik koʻrsatkichlari baholanib, milliy va mahalliy rivojlanish dasturlariga integratsiya qilinadi. | doimiy | Mablagʻ talab etilmaydi | Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
38. | Botanika va dendrologiya yoʻnalishida tabiat bogʻlari bilan talaba va maktab oʻquvchilarini tanishtirish uchun “Smart flora” dasturini ishlab chiqish. Bunda: har bir oʻsimlik va daraxt turlarini rasmi, bargi orqali identifikatsiya qilish tizimini tashkil qilish; QR pasporti (turi, yoshi, geolokatsiya, parvarish jurnali)ni joriy etish; dasturda oʻsimlik va daraxtlarning kasallik turlari, ularni davolash usullari, sugʻorish meʼyorlari va zararkunandalarga qarshi kurashish tadbirlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish; maʼlumotlar bazasini “yashilmakon.eco” platformasi bilan integratsiya qilish orqali monitoring tizimini ishlab chiqish. | 2026-2027-yillar | Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan mablagʻlar | Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi |
39. | Taʼlim-ilm-fan va jamoat ishtirokini institutsionallashtirish. Bunda: “yashil” texnikumlar bilan dual taʼlim dasturini (amaliy mashgʻulotlar, stajirovkalar, modul kurslarini) yaratish; botanika va dendrologiya bogʻlaridan maktab va texnikum talabalari uchun “Bir sinf — bir daraxt” yoki “Talabalar bogʻi” maydonlarini ajratish va unda ekiladigan daraxt va butalarni oʻquvchi va talabalar nomiga tamgʻalash; qiziquvchilar uchun qisqa interaktiv videomateriallar tayyorlash va bogʻlarga kirishda katta monitor orqali tanishtiruv tashkil qilish; botanika bogʻlarida ekskursiya va festivallar tashkil qilish; mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan har oyda kamida bir marta botanika va dendrologiya bogʻlarida ekotadbirlar tashkil qilish; ommaviy axborot vositalari tomonidan botanika va dendrologiya bogʻlari faoliyatini ommaga keng yoritish. | 2026-2027 oʻquv yilidan boshlab doimiy | Mablagʻ talab etilmaydi | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya qoʻmitasi |
V. Respublikada oʻrmonchilik sohasida urugʻchilikni rivojlantirish hamda dorivor oʻsimliklar turlarini kengaytirish | ||||
40. | Noyob turdagi oʻrmon va dorivor oʻsimliklarning holatini oʻrganish, madaniylashtirish, urugʻlik hamda genetik banklarini yaratish va xaritalash yoʻnalishlarida tadqiqotlar olib borish. Yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan oʻrmon va dorivor oʻsimliklarning turi, tarkibini aniqlash hamda ularning tarqalish areallarini oʻrganish, xaritalash. Yovvoyi holda oʻsadigan noyob dorivor oʻsimliklar bioekologiyasini oʻrganish va ularni madaniylashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish. Noyob turdagi oʻrmon va dorivor oʻsimliklarning genbankini yaratish boʻyicha hamkorlikda tadqiqotlar olib borish. | 2026-2027-yillar | Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro grantlar | Oʻrmon agentligi, Ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
41. | Istiqbolli dorivor oʻsimliklarni “in-vitro” usulida koʻpaytirish texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish. Istiqbolli dorivor oʻsimliklar turlarini jadal koʻpaytirish boʻyicha ilmiy loyiha takliflarini ishlab chiqish va amalga oshirish. “In-vitro” usulida koʻpaytirilgan istiqbolli dorivor oʻsimliklardan madaniy plantatsiyalar barpo etish. | 2026-2027-yillar | Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro grantlar | Oʻrmon agentligi, Ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
42. | Oʻrmon sohasida urugʻchilikni rivojlantirish: oʻrmon urugʻchiligi sohasini oʻrganish va tahlil qilish asosida muammolarni aniqlash; | 2026-yil dekabr | Mablagʻ talab etilmaydi | Oʻrmon agentligi, Ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
oʻrmon urugʻchiligi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida tegishli qaror loyihasini ishlab chiqib, vazirlik va idoralar bilan kelishish; | 2027-yil aprel | |||
qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2027-yil iyun | |||
43. | Toshkent botanika bogʻiga introduksiya qilingan noyob turdagi daraxt va buta urugʻchilik genofondini yaratish. Botanika bogʻida mavjud va introduksiya qilingan noyob turdagi manzarali, oʻrmon daraxt-buta turlari urugʻlarini jamgʻarish, nihollarini yetishtirish. Mazkur turlarning koʻchatlarini oʻrmon xoʻjaliklarida ekish, koʻpaytirish, koʻchatchiligini yoʻlga qoʻyish va doimiy urugʻchilik maydonlarini tashkil etish. | 2026-2027-yillar | Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro grantlar | Oʻrmon agentligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
VI. Hududlarda botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil qilish | ||||
44. | Loyiha va pudrat tashkilotlarini elektron tender (“e-tender” platformasi) savdolarida tanlab olish orqali Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari hokimliklari zaxirasidagi yerlar maydonlarida zamonaviy dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish. Bunda: | 2026 — 2028-yillar | Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari | Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari, Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Fanlar akademiyasi |
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari zaxirasidagi yer uchastkalari dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish maqsadida Ekologiya qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkaziladi hamda Kadastr agentligi tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtiriladi; | 2026-yil oktabr | |||
zarur hollarda yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha Hukumat komissiyasiga tegishli taklif kiritiladi; | Qonunchilikda belgilangan muddatda | |||
botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonlarining yoʻl va sugʻorish infratuzilmasi joylashuvi aniqlanadi; | 2026-yil dekabr | |||
botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish uchun loyihasi-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi; | 2027-yil fevral | |||
loyiha-smeta hujjatlariga asosan botanika va dendrologiya bogʻlari tashkil etiladi. | 2028-yil dekabr | |||
45. | Loyiha va pudrat tashkilotlarini elektron tender (“e-tender” platformasi) savdolarida tanlab olish orqali Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklarining zaxira yer maydonlarida zamonaviy dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish. Bunda: | 2026 — 2028-yillar | Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari | Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari, Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Fanlar akademiyasi |
Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari zaxirasidagi yer uchastkalari dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish maqsadida Ekologiya qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkaziladi hamda Kadastr agentligi tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtiriladi; | 2026-yil oktabr | |||
zarur hollarda yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha Hukumat komissiyasiga tegishli taklif kiritiladi; | Qonunchilikda belgilangan muddatda | |||
botanika va dendrologiya bogʻini tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonlarining yoʻl va sugʻorish infratuzilmasi joylashuvi aniqlanadi; | 2026-yil dekabr | |||
botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish uchun loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi; | 2027-yil fevral | |||
loyiha-smeta hujjatlariga asosan botanika va dendrologiya bogʻlari tashkil etiladi. | 2028-yil dekabr | |||
46. | Loyiha va pudrat tashkilotlarini elektron tender (“e-tender” platformasi) savdolarida tanlab olish orqali Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyatlari hokimliklari zaxirasidagi yer maydonlarida zamonaviy dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish. Bunda: | 2027-2028-yillarda | Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari | Jizzax, Sirdaryo, va Samarqand viloyatlari hokimliklari, Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Fanlar akademiyasi |
Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyatlari hokimliklari zaxirasidagi yer uchastkalari dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish maqsadida Ekologiya qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkaziladi hamda Kadastr agentligi tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtiriladi; | 2027-yil yanvar | |||
zarur hollarda yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha Hukumat komissiyasiga tegishli taklif kiritiladi; | Qonunchilikda belgilangan muddatda | |||
botanika va dendrologiya bogʻini tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonlarining yoʻl va sugʻorish infratuzilmasi joylashuvi aniqlanadi; | 2028-yil mart | |||
botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish uchun loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi; loyiha-smeta hujjatlariga asosan botanika va dendrologiya bogʻlari tashkil etiladi. | 2028-yil sentabr | |||
47. | Loyiha va pudrat tashkilotlarini elektron tender (“e-tender” platformasi) savdolarida tanlab olish orqali Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi zaxirasidagi yer maydonlarida zamonaviy dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish. Bunda: | 2027-2028-yillar | Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari | Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Ekologiya qoʻmitasi, Oʻrmon agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Fanlar akademiyasi |
Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi zaxirasidagi yer uchastkalari dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil etish maqsadida Ekologiya qoʻmitasi tasarrufiga oʻtkaziladi hamda Kadastr agentligi tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtiriladi; | 2027-yil iyun | |||
zarur hollarda yer toifasini oʻzgartirish boʻyicha Hukumat komissiyasiga tegishli taklif kiritiladi; | Qonunchilikda belgilangan muddatda | |||
botanika va dendrologiya bogʻini tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonlarining yoʻl va sugʻorish infratuzilmasi joylashuvi aniqlanadi; | 2027-yil noyabr | |||
botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish uchun loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi; loyiha-smeta hujjatlariga asosan botanika va dendrologiya bogʻlari tashkil etiladi. | 2028-yil fevral | |||