25.03.2026 yildagi PQ-108-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.06.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini kuz-qish mavsumlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan barqaror taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish, shuningdek, issiqxonalarni tabiiy-iqlim sharoitiga qulay boʻlgan hududlarda agropark usulida rivojlantirish orqali energiya resurslarini tejash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar 2026 — 2027-yillarda respublikada issiqxonalar faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida kamida 940 gektar maydonda zamonaviy issiqxona majmualarini joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) energiya tejamkor va muqobil energiya manbalariga asoslangan isitish tizimlari ulushini kamida 50 foizga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) atmosfera havosiga zararli tashlamalar tashlayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini bosqichma-bosqich kamaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Issiqxonalar faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) hamda Surxondaryo viloyati hokimligining Surxondaryo viloyati tabiiy-iqlim sharoitlaridan unumli foydalanish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mazkur qarorga ilovaga muvofiq Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi oʻrinlarda — “Surxon-Agro” zonasi) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Surxon-Agro” zonasini rivojlantirish va boshqarish uchun davlat muassasasi shaklida “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Surxon-Agro” zonasining faoliyat koʻrsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Surxon-Agro” zonasining faoliyat koʻrsatish muddati mobaynida uning ishtirokchilariga erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “Surxon-Agro” zonasining hududiga kiritilgan yer uchastkalari Surxondaryo viloyati hokimining qaroriga asosan Direksiyaga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi. Bunda yer fondi toifasi oʻzgartiriladigan yer uchastkalari, belgilangan tartibda yer fondi toifasi oʻzgartirilgandan soʻng ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) “Surxon-Agro” zonasi hududining master rejasi (keyingi oʻrinlarda — master reja) Direksiya buyurtmachiligida ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) master rejaga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari Direksiyaning doimiy foydalanishida qoladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) issiqxonalar joylashtirilishi nazarda tutilgan yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilishidan oldin tuman hokimligi tasarrufiga qaytariladi va “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-apreldagi PF-68-son Farmonining 2-bandiga muvofiq elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi, ushbu yerlarda tasdiqlangan master rejada nazarda tutilgan issiqxonalarni kapital inshootlar yoki yengil turdagi qurilmalar (konstruksiyalar) shaklida qurishga (joylashtirishga) va ushbu issiqxona majmualaridan yer uchastkasining ijara huquqi bilan birga garov taʼminoti sifatida foydalanishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Kadastr agentligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligiga master rejaga asosan “Surxon-Agro” zonasi hududiga kiritilgan yerlarning konturlari soni, kontur chegarasi va yer turiga sugʻoriladigan yerlarning umumiy hajmini saqlab qolgan holda oʻzgartirish kiritish va ushbu oʻzgartirishlarni Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotga kiritish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) har bir lot boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari dastlab Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan tartibda Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlaridagi issiqxona xoʻjaliklari egalari ishtirok etadigan tanlov asosidagi auksion shaklida oʻtkaziladi, ushbu savdolarda oʻn besh kun ichida gʻolib aniqlanmagan taqdirda, lotlar barcha ishtirok etadigan ochiq elektron onlayn auksion savdolariga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) elektron onlayn auksion gʻolibi Direksiya bilan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya bitimi tuzish huquqiga ega boʻladi, investitsiya bitimi tuzilgan paytdan boshlab ushbu bitimning amal qilish muddatiga qadar “Surxon-Agro” zonasi ishtirokchisi maqomiga ega boʻladi, investitsiya bitimida Direksiya bilan umumiy foydalanishdagi hududlar va obyektlarni saqlash uchun qiymati xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi qarori bilan belgilanadigan miqdordagi yigʻimni Direksiyaga toʻlash majburiyati nazarda tutiladi, ushbu shartlar elektron onlayn auksion natijalari boʻyicha tuziladigan yer ijarasi shartnomasida koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) “Surxon-Agro” zonasi ishtirokchilariga issiqxonalarni sanoatlashtirilgan plantatsiyalar shaklida tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-apreldagi PF-68-son Farmonida belgilangan sanoatlashgan plantatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash choralari toʻliq tatbiq etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyundagi PQ-230-sonli qaroriga asosan “v” — “k” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2026-y., 07/26/230/0613-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Direksiya faoliyatining ustuvor yoʻnalishi va asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) issiqxonalarda zamonaviy, energiya tejamkor va raqamli agrotexnologiyalarni joriy etish, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, tomchilatib sugʻorish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, davlat-xususiy sheriklik asosida klaster va kooperatsiya modelini rivojlantirish hamda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) issiqxona xoʻjaliklariga “yagona darcha” tamoyili asosida muhandislik tarmoqlariga ulanish, eksport hujjatlarini rasmiylashtirish hamda davlat subsidiyalarini olish jarayonlarini toʻliq amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) talabgor tadbirkorlar tomonidan mahsulotlarni saralash, qadoqlash va sovitish omborlarini oʻz ichiga olgan zamonaviy agrologistika markazini tashkil etish loyihalari amalga oshirilishiga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Qishloq xoʻjaligi vazirligi Direksiya faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha masʼul organ hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Direksiya faoliyatini tashkil etish uchun zarur boʻlgan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, asbob-uskunalar, maxsus texnika va avtotransport vositalari bilan taʼminlash hamda binosini jihozlash, master reja ishlab chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi va Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasidan 5 milliard soʻmdan mablagʻlar ajratilsin. Bunda Direksiyaning tashkiliy tuzilmasi, xodimlarning cheklangan soni va nizomi Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyundagi PQ-230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2026-y., 07/26/230/0613-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Direksiya issiqxonalarda oʻrnatilgan isitish tizimlarining ekologik normalarga mosligini doimiy monitoring qilish hamda nosoz isitish uskunalaridan foydalanishni cheklash boʻyicha Ekologiya qoʻmitasiga takliflar kiritib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, Direksiya doimiy tarzda oʻzini oʻzi moliyalashtirish tamoyili asosida tashkil etiladi va uning daromadlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) issiqxona xoʻjaliklariga koʻrsatiladigan agrotexnik, yetishtirilgan mahsulotlarni bozorlarga yetkazish (saralash, qadoqlash, sovitish omborlarida saqlash) va konsalting xizmatlari uchun toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yetishtirilgan mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda sotishdan olinadigan vositachilik (distribyutorlik) ajratmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Direksiya balansidagi bino va inshootlarni hamda yer maydonlarini ijaraga berish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini boshqarishdan tushadigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) xalqaro moliya institutlari va xorijiy donor tashkilotlarning grantlari hamda texnik koʻmak mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Direksiyaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan foizlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) 2027-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Surxondaryo viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ikki oy muddatda mazkur qarorga ilovada nazarda tutilgan hududda joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlar toifasiga kiruvchi jami 940 gektar yer maydonini xatlovdan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) uch oy muddatda “Surxon-Agro” zonasi tarkibiga kiritiladigan yerlarning chegaralari aniq belgilanishini va belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Surxondaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda Surxondaryo viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi bilan birgalikda Direksiya faoliyatini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Surxondaryo viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2026-yil 1-apreldan boshlab “Surxon-Agro” zonasi hududidagi yer maydonlarini tekislash va tizimli ravishda agrotexnik ishlov berish hamda irrigatsiya tarmoqlarini sozlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Issiqxonalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki, “Surxon-Agro” zonasi hududida faoliyat olib boradigan issiqxona xoʻjaliklariga quyidagi imtiyoz va preferensiyalar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) yer uchastkalari tadbirkorlarga elektron onlayn auksion orqali ijaraga berilganda 5 yil davomida ijara toʻlovining nol stavkasi qoʻllanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) issiqxonalarni sugʻorish va texnologik jarayonlar uchun ishlatiladigan oqova va yerosti suvlari uchun toʻlovlardan 3 yil muddatga ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) anomal sovuq ob-havo sharoitlari davrida (Gidrometeorologiya xizmati agentligining havo harorati keskin pasayishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari asosida), istisno tariqasida, belgilangan ekologik talablarga rioya qilgan holda koʻmir yoqishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Surxondaryo viloyati hokimligi uch oy muddatda belgilangan tartibda zaxiraga qaytarilgan yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan Direksiyaga ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-yil 1-iyundan boshlab 2028-yil 1-iyunga qadar ishlab chiqarilgan mahsulotni “Surxon-Agro” zonasi ishtirokchilari oʻrtasida kooperatsiya asosida kafolatli sotish hamda muhandislik infratuzilmasiga ulanish toʻlovlarsiz amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi tadbirkorlik subyektlariga ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalari ixtiyoriy ravishda tuman hokimligining tasarrufidagi boʻsh turgan yer uchastkasi sifatida hisobga olinganda ushbu yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-18-son Farmoniga asosan belgilangan tartibda elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch oy muddatda 2027-yil 1-yanvardan boshlab “Surxon-Agro” zonasi hududida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini dastlabki uch yil davomida Surxondaryo viloyatidan respublikaning boshqa hududlariga avtomobil va temir yoʻl transporti orqali tashish hamda keyingi uch yil muddatda esa, belgilangan tariflarga 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllash boʻyicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. “Surxon-Agro” zonasida infratuzilmani yaxshilash chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Surxondaryo viloyati hokimligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mazkur qarorning ilovasi bilan tasdiqlangan hudud doirasida joylashtiriladigan obyektlarni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlar (ruxsatnomalar)ni qonunchilikda belgilangan tartibda qisqa muddatlarda berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish imkoni mavjud boʻlmagan issiqxonalar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan “Surxon-Agro” zonasi hududiga tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini oʻtkazish boʻyicha tezkor choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Surxondaryo viloyati hokimligi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Direksiya tasarrufiga ajratiladigan 940 gektar hududni suv bilan taʼminlash uchun maqbul yerusti suv manbasini tanlab olish orqali qonunchilikda belgilangan tartibda suv olish huquqini beruvchi texnik shartlar (ruxsatnomalar) rasmiylashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) hududda suv olish inshootlarini (quduqlarni) burgʻilash uchun maxsus ruxsatnomalar soddalashtirilgan tartibda 5 ish kuni muddatida rasmiylashtirilishi taʼminlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Surxondaryo viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda master rejaga asosan agrologistika markazi, ishchilar uchun turar joy obyektlari hamda umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini barpo etish uchun zarur yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga belgilangan tartibda kiritsin. Bunda ushbu yer uchastkalari uchun qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlovlarni oʻn yil davomida teng ulushlarda boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyundagi PQ-230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2026-y., 07/26/230/0613-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ uch oy muddatda “Surxon-Agro” zonasini energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash, shuningdek, uni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash va foydalanishga topshirish choralarini koʻrsin. Bunda “Surxon-Agro” zonasini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taʼminlovchi tarmoqlarni qurish uchun talab etiladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Surxondaryo viloyati hokimligi Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar “Surxon-Agro” zonasini asosiy transport magistrallari bilan bogʻlovchi avtomobil yoʻllarini qurish va mavjud yoʻllarni rekonstruksiya qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Mahsulotlarni import va eksport qilish hajmini oshirish va logistikani yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bojxona qoʻmitasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bilan birgalikda “Surxon-Agro” zonasida eksport operatsiyalarini jadallashtirish maqsadida 2026-yil yakuniga qadar “yashil yoʻlak” tamoyili asosida faoliyat yurituvchi fitosanitariya markazini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ikki oy muddatda Niderlandiyaning “World Horti Center” innovatsiya va bilim markazi bilan hamkorlik oʻrnatish maqsadida markaz vakillari bilan uchrashuvlarni tashkil etsin va hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻysin hamda Direksiya hududiga koʻchirilayotgan tadbirkorlar uchun issiqxona xoʻjaligi yuritishning ilgʻor standartlari boʻyicha maxsus oʻquv dasturini Oʻzbekistonda joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) joriy yil yakuniga qadar Niderlandiyaning “World Horti Center” innovatsiya va bilim markaziga kamida mahalliy 20 nafar hamda Direksiyaning 10 nafar mutaxassis va agronomlarini olib borib, issiqxona xoʻjaligi sohasidagi ilgʻor innovatsiya va tajribalarni oʻrgatishni tashkil etsin. Bunda mazkur tadbirlar bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda tizimli ravishda “Surxon-Agro” zonasida issiqxona xoʻjaliklari uchun berilayotgan imtiyozlar va shart-sharoitlarni keng yoritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vaziri oʻrinbosar J.A. Xodjayev, qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abdurahmonov hamda Toshkent shahar hokimi Sh.B. Umurzakov, Toshkent viloyati hokimi Z.T. Mirzayev va Surxondaryo viloyati hokimi U.B. Qosimov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan nazorat oʻrnatish hamda ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-108-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PQ-108-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida “Surxon-agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilish uchun ajratiladigan yer maydonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mahalla fuqarolar yigʻini nomi

Konturlar soni

Yer uchastkasidan foydalanuvchi

Massivning jami yer maydoni

Shundan:

Toifasi oʻzgarayotgan yer uchastkasi maydoni

Toifasi oʻzgarayotgan yer uchastkasi kontur raqami

Yer maydonining oʻrtacha boniteti bali

sugʻoriladigan

boshqa yerlar

Oltin voha

63

Tuman hokimligi zaxirasida

940

857,7

82,3

27,2

971, 777q

36,8

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-iyundagi PQ-230-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2026-y., 07/26/230/0613-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 07/26/108/0281-son; 20.06.2026-y., 07/26/230/0613-son)