Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga atrof-muhit, hayvonot va oʻsimlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 23-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 19-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2025-yil 19-dekabrda maʼqullangan
Mamlakatimizda keyingi yillarda atrof-muhitni, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarning insonlar sogʻligʻiga zararli taʼsirining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Biroq koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramay atrof-muhitni, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar salmogʻi ortib bormoqda.
Shu munosabat bilan atrof-muhitni, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning masʼuliyatini oshirish, ushbu sohada sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga atrof-muhitga taʼsir koʻrsatayotgan ayrim faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar zimmasiga atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringini yuritish boʻyicha qoʻshimcha majburiyatlar yuklatilishini, atrof-muhit, hayvonot va oʻsimlik dunyosi muhofaza qilinishini, tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jinoiy hamda maʼmuriy javobgarlik choralari kuchaytirilishini, shu jumladan maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan ekologik huquqbuzarliklar, chiqindilar toʻplash maydonchalaridan va ularning qoʻriqlanmaydigan inshootlaridan chiqindilarni qonunga xilof ravishda toʻplaganlik va olib chiqib ketganlik uchun shaxslarning maʼmuriy javobgarligi belgilanishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Shuningdek davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni koʻchirib oʻtqazish uchun ruxsatnoma berish tartibi joriy etilmoqda.
Ushbu Qonun atrof-muhitni, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikning ijro etilishini taʼminlashga, mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilashga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlashga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 754-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda, № 11, 792-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2023-yil, № 12, 1011-modda; 2024-yil, № 2, 104-modda, № 8, 831-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 28-modda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringi doirasida ifloslantiruvchi manbalarda oʻrnatiladigan avtomatik monitoring stansiyalari maʼlumotlarini Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga real vaqt rejimida kiritishi shart”;
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
2) 34-modda:
birinchi qismi “(ifloslantiruvchi moddalarni chiqarganlik, oqizganlik va chiqindilarni joylashtirganlik)” degan soʻzlardan keyin “hamda issiqxona gazlari ajratmalari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
sakkizinchi qismi “chiqindilar joylashtirganlik” degan soʻzlardan keyin “shuningdek issiqxona gazlari ajratmalari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
oʻninchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar qonunchilik bilan belgilanadi, bundan atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari hamda davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesganlik uchun toʻlovlar va ularni koʻchirib oʻtqazish bilan bogʻliq majburiyatlardan ozod qilish boʻyicha imtiyozlar mustasno”;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarganlik va oqizganlik hamda chiqindilarni joylashtirganlik, shuningdek issiqxona gazlari ajratmalari uchun kompensatsiya toʻlovlaridan hamda davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesganlik, koʻchirib oʻtqazganlik uchun kompensatsiya tarzida ekishdan ozod qilish qonun bilan belgilanadi”;
oʻn birinchi qismi oʻn ikkinchi qism deb hisoblansin;
3) 47-modda:
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasidan foydalanish talablarini buzganlikda”;
oʻn ikkinchi xatboshisi oʻn uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
4) quyidagi mazmundagi 501-modda bilan toʻldirilsin:
“501-modda. Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasidan foydalanish talablarini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar
Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga maʼlumotlarni kiritmaganlik, toʻliq kiritmaganlik yoki notoʻgʻri maʼlumot kiritganlik uchun atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima tarzida moliyaviy sanksiya qoʻllaniladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiya yuridik shaxslar aniqlangan huquqbuzarliklardagi aybini tan olganda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan qoʻllaniladi, nizo mavjud boʻlgan hollarda yoki yuridik shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining qarorini olgan kundan eʼtiboran bir oy ichida moliyaviy sanksiya summasini ixtiyoriy ravishda toʻlamagan hollarda, moliyaviy sanksiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan hal etiladi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 2, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 466-moddalar, № 6, 575-modda, № 10, 981-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 187, 188-moddalar, № 4, 265-modda, № 5, 319-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 111-modda, № 3, 245-modda, № 8, 818-modda, № 9, 954, 964-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1079, 1083-moddalar, № 11, 1186-modda, № 12, 1280, 1287-moddalar; 2025-yil, № 2, 196-modda, № 3, 376, 377-moddalar, № 5, 643, 647-moddalar, № 8, 968-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 196-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
2) 197-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
3) 198-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
4) quyidagi mazmundagi 1981-modda bilan toʻldirilsin:
“1981-modda. Qonunga xilof ravishda oʻrmon fondi yerlarini berish, ulardan foydalanish, ularda bino-inshootlar qurish
Qonunga xilof ravishda oʻrmon fondi yerlarini berish, ulardan foydalanish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻrmon fondi yerlarida qonunga xilof ravishda bino-inshootlar qurish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar:
a) takroran;
b) koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar, № 6, 729-modda, № 7, 828, 829, 832-moddalar, № 8, 968, 971-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 174-modda bilan toʻldirilsin:
“174-modda. Maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun shaxslarning maʼmuriy javobgarligi
Ushbu Kodeks 70-moddasining birinchi qismida, 701, 72, 77-moddalarida, 79-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 81, 82, 83-moddalarida, 84-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 88-moddasida, 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida, 911-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 92-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs yoki transport vositasining mulkdori yoxud mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikning qonunchilikka muvofiq yuridik shaxsga tegishli boʻlgan transport vositasidan foydalanib sodir etilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka yuridik shaxsning transport vositasidan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxsi yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi.
Agar maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaxs aniqlansa yoxud mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, transport vositasining mulkdori oʻziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi.
Tadbirkorlik subyektlari va aholi tomonidan yuborilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar holatlari aks ettirilgan fotosuratlar va videoyozuvlarga tenglashtiriladi”;
2) 701-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni yoki maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 72-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan oʻttiz besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
toʻrtinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 74-modda:
birinchi qismining dispozitsiyasi “shuningdek” degan soʻzdan keyin “aholi punktlaridagi va tuman (shahar) markazlaridagi ariqlarni, irrigatsiya tizimlarini koʻmib tashlash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
5) 77-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
toʻrtinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
6) quyidagi mazmundagi 771-modda bilan toʻldirilsin:
“771-modda. Qonunga xilof ravishda oʻrmon fondi yerlarini berish va ularda bino-inshootlar qurish
Qonunga xilof ravishda oʻrmon fondi yerlarini berish yoki ularda bino-inshootlarni qurish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
7) 791-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
8) 81-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
9) 82-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
10) 83-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
11) 84-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
12) 85-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
13) 86-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
14) 861-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
15) quyidagi mazmundagi 862-modda bilan toʻldirilsin:
“862-modda. Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasidan foydalanish talablarini buzish
Avtomatik monitoring stansiyalarini, shuningdek chang-gaz tozalash qurilmalarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik, Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga avtomatik monitoring stansiyalarini integratsiya qilmaslik, ushbu bazaga maʼlumotlarni kiritmaslik, oʻz vaqtida yoki toʻliq kiritmaslik, notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
16) 87-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
17) 88-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
toʻrtinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
18) 91-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
19) 911-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
toʻrtinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
20) 912-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
21) quyidagi mazmundagi 914-modda bilan toʻldirilsin:
“914-modda. Chiqindilar toʻplash maydonchalaridan va ularning qoʻriqlanmaydigan (modulli) inshootlaridan qayta ishlanadigan toifaga mansub chiqindilarni qonunga xilof ravishda toʻplash va olib chiqib ketish
Chiqindilar toʻplash maydonchalaridan va ularning qoʻriqlanmaydigan (modulli) inshootlaridan qayta ishlanadigan toifaga mansub chiqindilarni qonunga xilof ravishda toʻplash va olib chiqib ketish, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
22) 96-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
23) 111-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
24) 159-modda:
birinchi qismining dispozitsiyasidagi “ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Koʻp kvartirali uyga tutash tuproqli va (yoki) yashil qoplamali yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan betonlashtirish, shuningdek ushbu yer uchastkasiga qurilma yoki konstruksiyalar oʻrnatish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu moddaning uchinchi qismida (toʻsiq konstruksiyalarga oid qismida) va toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u koʻp kvartirali uydagi toʻsiq konstruksiyalarning amalga oshirilgan oʻzgartirilishini yoki ularni rekonstruksiya qilish tufayli yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni, koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni (inshootlarni), betonlashtirilgan joylarni, oʻrnatilgan qurilma yoki konstruksiyalarni, shuningdek ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi”;
25) 161-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
26) 1631-modda birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
27) 245-moddaning uchinchi qismidagi “ikkinchi va uchinchi qismlarida, 163, 1631-moddalarida” degan soʻzlar “ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 163, 1631-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
28) 261-modda:
birinchi qismidagi “70-moddasida (bundan yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi mustasno), 701-moddasining birinchi qismida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 72-moddasida (bundan yer osti suvlariga doir qismi mustasno), 74-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 75-moddasida (bundan irrigatsiya tarmoqlaridan olinadigan suvlarni hisobga olish mustasno, shuningdek davlat suv kadastrini yuritishning belgilangan tartibini buzganlik uchun), 77-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 78-moddasida, 79-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 791, 80, 81, 82, 83, 84-moddalarida, 85-moddasida (bundan sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish deb hisoblanuvchi, atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish, biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash mustasno), 851, 86, 861, 87, 88, 89-moddalarida (bundan atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish mustasno), 891-moddasida, 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida, 911-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 912, 913, 92, 93, 95-moddalarida, 96-moddasida (davlat ekologik ekspertizasiga oid qismida), 148-moddasida (bundan ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, yogʻoch koʻpriklar va taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar mustasno)” degan soʻzlar “70-moddasining birinchi qismida (bundan yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi mustasno), 701-moddasining birinchi qismida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 72-moddasida (bundan yer osti suvlariga doir qismi mustasno), 74-moddasining birinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 75-moddasida (bundan irrigatsiya tarmoqlaridan olinadigan suvlarni hisobga olish mustasno, shuningdek davlat suv kadastrini yuritishning belgilangan tartibini buzganlik uchun), 77-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 771-moddasida, 78-moddasida, 79-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 791, 80, 81, 82, 83, 84-moddalarida, 85-moddasida (bundan sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish deb hisoblanuvchi, atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish, biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash mustasno), 851, 86, 861, 862, 87, 88, 89-moddalarida (bundan atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish mustasno), 891-moddasida, 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida, 911-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 912, 913, 914, 92, 93, 95-moddalarida, 96-moddasida (davlat ekologik ekspertizasiga oid qismida), 148-moddasida (bundan ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, yogʻoch koʻpriklar va taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar mustasno), 159-moddasining toʻrtinchi qismida (koʻp kvartirali uyga tutash tuproqli va (yoki) yashil qoplamali yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan betonlashtirishga oid qismida), 161-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Davlat bosh ekologiya inspektori hamda uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalarining davlat bosh ekologiya inspektorlari hamda ularning oʻrinbosarlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch yuz baravarigacha miqdorda;
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalarining davlat katta ekologiya inspektorlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravarigacha miqdorda;
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalarining, tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimlarining davlat ekologiya inspektorlari, davlat qoʻriqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining, yuridik shaxs shaklidagi davlat buyurtma qoʻriqxonalari va davlat tabiiy pitomniklarining, davlat biosfera rezervatlarining qoʻriqlash xodimlari, davlat oʻrmon xoʻjaliklarining, davlat oʻrmon-ov xoʻjaliklarining, ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklarining, davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonalarining davlat inspektorlari va milliy tabiat bogʻlarining xodimlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga”;
29) 2611-modda chiqarib tashlansin;
30) 2664-moddaning birinchi qismidagi “159-moddasining birinchi qismida (koʻp kvartirali uylardagi turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, koʻp kvartirali uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzishga oid qismida), ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “159-moddasining birinchi qismida (koʻp kvartirali uylardagi turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, koʻp kvartirali uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzishga oid qismida), ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida (koʻp kvartirali uyga tutash tuproqli va (yoki) yashil qoplamali yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan qurilma va konstruksiyalarni oʻrnatishga oid qismida)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
31) 287-moddaning:
5-bandidagi “701, 77, 79, 81, 82, 83, 84, 90, 901, 91” raqamlari “70-moddasining birinchi qismida, 701, 77, 79, 81, 82, 83, 84, 90, 901, 91, 911” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
51-bandi chiqarib tashlansin;
32) 289-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi organlarining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
33) 290-moddaning yettinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
34) 291-modda birinchi qismining:
“v” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) ushbu Kodeksning 60-moddasida, 70-moddasining birinchi qismida, 701, 78, 79, 81, 82, 84, 90, 901, 91, 911, 92, 94-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan”;
“v1” bandi chiqarib tashlansin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 353-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 52-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 3, 164-modda; 2020-yil, № 9, 539-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2024-yil, № 2, 104-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 24-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi ustuvor manbalarni avtomatik stansiyalar bilan jihozlashi, ularni Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilishi hamda ushbu bazaga maʼlumotlarning toʻgʻri, toʻliq va oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlashi shart”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
2) 25-moddaning ikkinchi qismidagi “va biologik organizmlarni chiqarganlik” degan soʻzlar “biologik organizmlarni va issiqxona gazlarini chiqarganlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi 362-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 72-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 40-modda, № 10, 671-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda, № 11, 792-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2023-yil, № 12, 891-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 13-moddaning ikkinchi qismi:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“belgilanmagan joyga tashlagan chiqindisini olib chiqib ketishi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda chiqindilarni olib chiqib ketish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplab berishi”;
uchinchi xatboshisi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
2) 15-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“belgilanmagan joyga tashlab ketgan chiqindisini olib chiqib ketishi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda chiqindilarni olib chiqib ketish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplab berishi”;
oʻn toʻqqizinchi xatboshisi yigirmanchi xatboshi deb hisoblansin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819-modda, № 9, 957, 958-moddalar; 2025-yil, № 1, 3, 6-moddalar, № 2, 189, 197-moddalar, № 3, 376-modda, № 4, 519, 520, 521-moddalar, № 5, 644, 645-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 2-ilovaning 71 va 72-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ | |||
71. | Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish va (yoki) koʻchirib oʻtqazish uchun ruxsatnoma | Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish va (yoki) koʻchirib oʻtqazish | Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
72. | Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma | Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish | Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi |
”; |
2) 4-ilova II boʻlimining 62-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ | ||
62. | Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish va (yoki) koʻchirib oʻtqazish uchun ruxsatnoma | 100 |
”. |
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 1-moddasining 1, 3 va 4-bandlari, 3-moddasining 15-bandi, 28-bandi oltinchi xatboshisi, 4-moddasining 1-bandi 2026-yil 1-iyuldan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 25-mart,
OʻRQ-1124-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2026-y., 03/26/1124/0277-son)