Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasining xulosasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 15-iyulda qabul qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 2026-yil 6-fevralda rad etilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻyicha kelishuv komissiyasining xulosasidagi takliflar qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qayta koʻrib chiqishi uchun kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishni hamda soliq organi ishtirokidagi nizolarning maʼmuriy sudlar tomonidan koʻrib chiqilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini qayta ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tavsiya etilsin.
4. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborilsin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 24-fevral,
1808-V-son