Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
buyrugʻi
Sugʻurtalovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 19-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2564-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi va “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-sentabrdagi PQ-282-son “Moliyaviy hisob tizimini xalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 17-fevraldagi 9-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2564, 2014-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 9-son, 102-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilar tomonidan yillik moliyaviy hisobotni eʼlon qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandida:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) “Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati”da (roʻyxat raqami 3544, 2024-yil 6-avgust) belgilangan talablarga muvofiq ravishda tuzilgan, sugʻurtalovchi faoliyatining yakuniy natijalariga hisobot yilida taʼsir koʻrsatgan asosiy omillar bayon etilgan tushuntirish xati;”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq yillik moliyaviy hisobotni tuzuvchi sugʻurtalovchi, uni Xalqaro audit standartlariga muvofiq tashqi auditdan oʻtkazilganidan keyin eʼlon qiladi.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor D. LI
Toshkent sh.,
2026-yil 13-mart,
03-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2026-y., 10/26/2564-3/0261-son)