Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.03.2016 22.09.1994 yildagi 477-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.03.2016
Hujjat 11.07.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“AMANTAYTAU-GOLDFILDS” QOʻShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh VA UNING SAMARALI FAOLIYAT KOʻRSATIShINI TAʼMINLASh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-martdagi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgʻor texnologiyalar va chet el investitsiyalarini jalb etish yoʻli bilan qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinatining “Lonro Pablik Limited” kompaniyasi (Buyukbritaniya) va Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (XMK) bilan birgalikda “Amantaytau Goldfilds” korxonasini (bundan keyin qoʻshma korxona deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-iyuldagi 266-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, qoʻshma korxonani tashkil qilish qatnashchilarning badallari hamda qoʻshma korxona tomonidan banklardan qatnashchilarning badallari hamda qoʻshma korxona tomonidan banklardan olingan kreditlar hisobiga amalga oshiriladi. Bunda Oʻzbekiston tomonining ulushi foydali qazilmalar konlarini qidirish, razvedka qilishga ilgari sarflangan xarajatlar hamda ularni qazib chiqarish huquqini qoʻshma korxonaga berish tarzida qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar qoʻshma korxonaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amantaytau va Daugiztau oltin konlarini oʻzlashtirishning tijorat va texnikaviy jihatdan maqsadga muvofiqligini tasdiqlash hamda ulardan tijorat maqsadlarida keng koʻlamda foydalanishga oid texnikaviy va moliyaviy talablarni belgilash uchun texnik-iqtisodiy asoslash ishlarini tugallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlar texnik-iqtisodiy asoslashni maʼqullanganlaridan keyin mazkur konlardan oltin, kumush va ular bilan birgalikda olinadigan foydali qazilmalarni qazib olish va ishlab chiqarish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Amantaytau Goldfilds” qoʻshma korxonasiga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomada belgilangan chegaralar doirasida va shartlarda tadqiqotlar hududida 30 yil mobaynida oltin konlarini tadqiq etish, razvedka qilish va qazib chiqarish boʻyicha mutlaq huquq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltin konlaridan foydalanishda olingan oltin, kumush va boshqa mahsulotlarni ham chet ellarda, ham Oʻzbekiston Respublikasida jahon narxlarida erkin muomaladagi valyutaga sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi va chet el banklarida har qanday valyutada schyotlar ochish, chet el bank schyotlaridan chet valyutasi olish, undan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq erkin muomaladagi valyutada kreditlar olish va ularni toʻlash, mazkur kreditlarni qoʻshma korxona mulki bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlarida, shuningdek, chet ellarda sugʻurtani amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav sarmoyani AQSh dollarida belgilash.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-iyuldagi 266-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Amantaytau Goldfilds” loyihasi quyidagi soliq imtiyozi va boshqa imtiyozlar berilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma korxona Moliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab dastlabki besh yilda daromaddan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilish. Qoʻshma korxonaga koʻrsatib oʻtilgan davr tugagan qoʻshma korxona koʻrgan zararlarni soliq toʻlanadigan bazani tegishli ravishda kamaytirgan holda zarar koʻrilgan yildan keyingi besh yilning istalgan yili mobaynida keyingi yillarga koʻchirishga ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boj poshlinalari, mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma korxonaning xorijiy aksionyerlari va kreditorlarini dividendlarga soliqlar hamda kreditlar boʻyicha toʻlovlardan (ushbu mablagʻlarni chet elga oʻtkazishda) ozod qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma korxonani asosiy fondlar amortizatsiyasi uchun ajratmalar va boshqa toʻlovlar toʻlashdan ozod qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maʼlumotlar uchun qabul qilinsinki, qoʻshma korxona Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan ajratmalar va toʻlovlardan tashqari, davlat budjetiga quyidagi ajratmalar va toʻlovlarni toʻlaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-iyuldagi 266-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar korxona daromaddan olinadigan soliqdan ozod qilingan davr tugagandan keyin moliya yili yakuni boʻyicha qoʻshma korxonaning rentabellik darajasi 30 foizdan oshsa, u holda ushbu darajadan ortiqcha foydadan tomonlar kelishgan stavkalar boʻyicha qoʻshimcha ajratmalar toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatayotgan joydagi hududni ijtimoiy rivojlantirishga sof foydadan ikki foiz toʻlov.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma korxona daromaddan olinadigan soliqni, yer ostidan foydalanganlik uchun toʻlovi, foydadan ortiqcha mablagʻdan va hududni ijtimoiy rivojlantirishga ajratmalarni, shuningdek, muassislarning dividentlarini erkin muomaladagi valyutada toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nazarda tutilsinki, Oʻzbekiston Respublikasida yaqin 10 yil mobaynida soliq qonunchiligida “Amantaytau Goldfilds” qoʻshma korxonasining faoliyat koʻrsatish sharoitlarini yomonlashtiruvchi oʻzgarishlar boʻlgan taqdirda taʼsis hujjatlari imzolangan vaqtda amalda boʻlgan qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Amantaytau Goldfilds” qoʻshma korxonasini yopiq turdagi aksionerlik jamiyati sifatida, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi esa—qoʻshma korxonani tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Navoiy viloyati hokimligi qoʻshma korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlardagi obyektlarini qurish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoʻshma korxonaning xorijiy xizmatchilarini koʻp martalik vizalar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 22-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
477-son