Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“AMANTAYTAU-GOLDFILDS” QOʻShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh VA UNING SAMARALI FAOLIYAT KOʻRSATIShINI TAʼMINLASh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-martdagi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ilgʻor texnologiyalar va chet el investitsiyalarini jalb etish yoʻli bilan qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinatining “Lonro Pablik Limited” kompaniyasi (Buyukbritaniya) va Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (XMK) bilan birgalikda “Amantaytau Goldfilds” korxonasini (bundan keyin qoʻshma korxona deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-iyuldagi 266-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan)
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, qoʻshma korxonani tashkil qilish qatnashchilarning badallari hamda qoʻshma korxona tomonidan banklardan qatnashchilarning badallari hamda qoʻshma korxona tomonidan banklardan olingan kreditlar hisobiga amalga oshiriladi. Bunda Oʻzbekiston tomonining ulushi foydali qazilmalar konlarini qidirish, razvedka qilishga ilgari sarflangan xarajatlar hamda ularni qazib chiqarish huquqini qoʻshma korxonaga berish tarzida qoʻshiladi.
3. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar qoʻshma korxonaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Amantaytau va Daugiztau oltin konlarini oʻzlashtirishning tijorat va texnikaviy jihatdan maqsadga muvofiqligini tasdiqlash hamda ulardan tijorat maqsadlarida keng koʻlamda foydalanishga oid texnikaviy va moliyaviy talablarni belgilash uchun texnik-iqtisodiy asoslash ishlarini tugallash;
tomonlar texnik-iqtisodiy asoslashni maʼqullanganlaridan keyin mazkur konlardan oltin, kumush va ular bilan birgalikda olinadigan foydali qazilmalarni qazib olish va ishlab chiqarish.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Amantaytau Goldfilds” qoʻshma korxonasiga quyidagi huquqlar berilsin:
shartnomada belgilangan chegaralar doirasida va shartlarda tadqiqotlar hududida 30 yil mobaynida oltin konlarini tadqiq etish, razvedka qilish va qazib chiqarish boʻyicha mutlaq huquq;
oltin konlaridan foydalanishda olingan oltin, kumush va boshqa mahsulotlarni ham chet ellarda, ham Oʻzbekiston Respublikasida jahon narxlarida erkin muomaladagi valyutaga sotish;
belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi va chet el banklarida har qanday valyutada schyotlar ochish, chet el bank schyotlaridan chet valyutasi olish, undan foydalanish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq erkin muomaladagi valyutada kreditlar olish va ularni toʻlash, mazkur kreditlarni qoʻshma korxona mulki bilan taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlarida, shuningdek, chet ellarda sugʻurtani amalga oshirish;
Ustav sarmoyani AQSh dollarida belgilash.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-iyuldagi 266-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5—7-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-iyuldagi 133-sonli qaroriga muvofiqoʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 28-29-son, 270-modda)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Amantaytau Goldfilds” qoʻshma korxonasini yopiq turdagi aksionerlik jamiyati sifatida, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi esa—qoʻshma korxonani tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsinlar.
9. Navoiy viloyati hokimligi qoʻshma korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlardagi obyektlarini qurish uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoʻshma korxonaning xorijiy xizmatchilarini koʻp martalik vizalar bilan taʼminlasin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 22-sentabr,
477-son