Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YAPONIYANING METALL QAZIB OLUVCHI AGENTLIGI BILAN SAMARALI HAMKORLIK QILISHNI TAʼMINLASHGA OID CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Yaponiya Hukumati oʻrtasida begʻaraz yordam koʻrsatish yoʻli boʻyicha hamkorlik qilish dasturida nazarda tutilgan geologiya qidiruv ishlari olib borishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat geologiya qoʻmitasi 1994 — 1996-yillarda Sharqiy Bakantau atrofida (Markaziy Qizilqum) yapon tomoniga zarur geologiya materiallarini bergan holda Yaponiyaning Metall qazib olish agentligi bilan birgalikda qidiruv ishlarini olib borishda samarali hamkorlik qilishni taʼminlasin.
2. Koʻrsatilgan loyihadagi yaponiyalik qatnashchilar tadqiqotlar oʻtkazish va shaxsiy ehtiyojlar uchun ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinadigan va olib ketiladigan asbob-uskunalar, materiallar va mol-mulklar uchun soliqlar va boj poshlinalari toʻlashdan va yigʻimlardan ozod qilinsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yapon guruhi aʼzolariga loyihaning amalda boʻlish muddatiga konsullik yigʻimlari undirmasdan koʻp martalik vizalar berilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yapon mutaxassislarini Oʻzbekiston Respublikasidagi turar joyda roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻimlar toʻlashdan ozod qilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻlov asosida yapon guruhi aʼzolariga malakali tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etishda koʻmaklashsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 16-sentabr,
470-son