Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.11.2022 09.09.1994 yildagi 458-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.11.2022
Hujjat 09.09.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI AXLOQ TUZATISh-MEHNAT MUASSASALARINING IShLAB ChIQARISh BAZASINI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-noyabrdagi 638-sonli “Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq milliy qonunchilik bazasi kompleks tizimlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum etish joylarida vaziyatni barqarorlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining axloq tuzatish-mehnat muassasalari ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish va hukm etilganlarni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi 1994-yilning IV choragidan boshlab viloyatlar hokimliklariga va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga axloq tuzatish-mehnat muassasalarining ishlab chiqarish zonalarini loyihalashtirish va qurishga ilovaga* muvofiq kapital mablagʻlar ajratishni belgilangan tartibda nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hokimliklar va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtnomalari boʻyicha axloq tuzatish-mehnat muassasalari ishlab chiqarish zonalarini loyihalashtirish va qurish uchun pul mablagʻlariga boʻlgan ehtiyojni belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axloq tuzatish-mehnat muassasalari qurilishi tugallangandan keyin ozodlikdan mahrum etish joylari qoʻriqlanishi va hukm etilganlar ustidan nazorat amalga oshirilishi taʼminlanishi uchun qoʻshimcha ravishda ichki qoʻshinlar xodimlari ajratish toʻgʻrisidagi hisob-kitoblarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va ularning idoraviy boʻlinmalari jazoni ijro etuvchi muassasalarning korxonalariga davlat ehtiyojini qondirish uchun mahsulotlar va xizmatlarning muayyan turlariga buyurtma bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 9-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
458-son