Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 08.09.1994 yildagi 455-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 08.09.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShAHARDA VA ShAHAR ATROFIGA QATNAYDIGAN YOʻLOVChI TAShISh TRANSPORTI XIZMATLARINING TARIFLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yoʻlovchi tashish transporti xizmatlari xarajatlarining qimmatlashganligi munosabati bilan hamda hokimiyat va boshqaruv mahalliy organlarining aholiga transport xizmati koʻrsatishning ahvoli uchun javobgarligini oshirish, transport xizmatining barqaror ishlashini taʼminlash va yoʻlovchi tashish transporti xizmatlariga tariflarni asosli shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat hokimliklariga 1994-yil 1-oktabrdan boshlab shahar yoʻlovchi tashish transporti xizmatlarining cheklangan tariflarini yoʻlovchilar tashishning amalda shakllanayotgan xarajatlarini qoplashni taʼminlashni va aholi manfaatlariga rioya qilishni hisobga olgan holda belgilash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1994-yil 16-sentabrdan boshlab Toshkent shahrida shahar yoʻlovchi tashish transporti (avtobus, tramvay, trolleybus, metro) xizmatlarining cheklangan tariflari bir marta yurishga 30 tiyin miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasiga yoʻlovchi tashish transporti xizmatlarining tariflarini noishlab chiqarish xarajatlarini eng koʻp darajada qisqartirishni va yoʻlovchilarni tashishdan olinadigan tushumning toʻliqligini taʼminlashni nazarda tutgan holda amalda shakllanayotgan xarajatlardan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib belgilash yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1994-yil 1-oktabrdan boshlab shahar atrofidagi yoʻnalishlar boʻyicha qatnovchi avtobuslar bilan yoʻlovchilarni tashishda shartnomaviy (erkin) tariflarga oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzavtotrans” davlat-aksionerlik korporatsiyasi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda shahar transporti ishida tartib oʻrnatish, uning bir maromda ishlashini taʼminlash, aholiga xizmat koʻrsatish madaniyati va darajasini oshirish, shahar transportining mavjud parkini yangilash uchun zarur mablagʻlarni qidirib topish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika aholisining ayrim toifalariga ilgari qabul qilingan qarorlarga muvofiq berilayotgan amaldagi imtiyozlar saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transporti xizmatlarining tariflari preyskurantini tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-iyundagi 330-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 8-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
455-son