Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Yoqilgʻi-energetika sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish choralari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 15-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 31-oktabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2025-yil 31-oktabrda maʼqullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizda yoqilgʻi-energetika resurslari bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olish hamda energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi ishlarni tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish, shuningdek ushbu sohada taʼsirchan davlat nazoratini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga yoqilgʻi-energetika resurslari bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrish, shuningdek elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, gazdan yoqilgʻi yoki xomashyo sifatida foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish choralarini takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga elektr, issiqlik energiyasidan, gaz va vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytirilishini nazarda tutadigan, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga esa huquqni qoʻllash amaliyotidagi noaniqliklarni bartaraf etishga, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yoqilgʻi-energetika resurslari bilan bogʻliq huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga hamda bunday huquqbuzarliklar uchun jazo choralarining taʼsirchanligini oshirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun energiyaning tejalishini, undan oqilona foydalanilishini va energiya samaradorligi oshirilishini taʼminlashga, yoqilgʻi-energetika resurslari bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olishga, shuningdek fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 2, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 466-moddalar, № 6, 575-modda, № 10, 981-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 187, 188-moddalar, № 4, 265-modda, № 5, 319-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 111-modda, № 3, 245-modda, № 8, 818-modda, № 9, 954, 964-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1079, 1083-moddalar, № 11, 1186-modda, № 12, 1280, 1287-moddalar; 2025-yil, № 2, 196-modda, № 3, 376, 377-moddalar, № 5, 643, 647-moddalar) 1852-moddasi birinchi qismining sanksiyasidagi “yigirma besh baravaridan” degan soʻzlar “oʻttiz baravaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar, № 6, 729-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 61-modda uchinchi qismining sanksiyasidagi “oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar “oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 100-modda:
dispozitsiyasidagi “Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash” degan soʻzlar “Mansabdor shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 101-modda birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 103-modda:
dispozitsiyasidagi “Gazdan foydalanish qurilmasiga gazni ruxsatsiz ochib berish” degan soʻzlar “Mansabdor shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan gazdan foydalanish qurilmasiga gazni ruxsatsiz ochib berish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sanksiyasidagi “mansabdor shaxslarga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
dispozitsiyasidagi “Gazdan foydalanish qurilmalarini gaz sarfini hisobga olmay turib” degan soʻzlar “Mansabdor shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan gazdan foydalanish qurilmalarini gaz sarfini hisobga olmay turib” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sanksiyasidagi “mansabdor shaxslarga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 1986-moddaning:
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 245-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 248-modda toʻrtinchi qismining:
ikkinchi xatboshisi “911-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlardan keyin “100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xoʻjasizlarcha foydalanishga oid qismida)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “912-moddalarida, 101-moddasida (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga taalluqli ishlar mustasno)” degan soʻzlar “912-moddalarida, 100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xoʻjasizlarcha foydalanishga oid qismida), 101-moddasida (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga taalluqli ishlar mustasno)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 2491-modda:
birinchi qismi “Ushbu Kodeksning” degan soʻzlardan keyin “100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xoʻjasizlarcha foydalanishga oid qismida)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Kodeksning 100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xoʻjasizlarcha foydalanishga oid qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining profilaktika inspektorlari tomonidan tuziladi”;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
9) 2602-modda:
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Kodeksning 100, 101, 102, 103, 172, 173, 1986-moddalarida, 228-moddasida (yoqilgʻi-energetika sohasida qoʻyilgan muhrlarga (plombalarga) taalluqli hollarda) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hamda uning hududiy boshqarmalarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi”;
10) 340-moddaning ikkinchi qismidagi “2491-moddasining toʻrtinchi qismida” degan soʻzlar “2491-moddasining beshinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 11-mart,
OʻRQ-1121-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2026-y., 03/26/1121/0222-son)