Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
M.X. Raxmankulovni jamoatchilik asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 25-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi M.X. Raxmankulovning vakolatini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida”gi 1463-sonli qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mir-Akbar Xodji-Akbarovich Raxmankulov vafot etganligi sababli jamoatchilik asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etilgan hamda mazkur Qoʻmita tarkibidan chiqqan deb hisoblansin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 27-fevral,
KQ-318-V-son