Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2001 14.03.1994 yildagi 136-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2001
Hujjat 14.03.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON ULGURJI VA BIRJA SAVDOSI BOʻYIChA RESPUBLIKA AKSIONERLIK UYuShMASI — “OʻZULGURJIBIRJASAVDO”NI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji va birja savdosini tashkil etish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 1-maydagi 198-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat aksionerlik uyushmasi — “Oʻzshartnomasavdo”ni tugatish hamda Oʻzbekiston ulgurji va birja savdosi boʻyicha respublika aksionerlik uyushmasi — “Oʻzulgurjibirjasavdo”ni taʼsis etish toʻgʻrisida” 1994-yil 28-fevraldagi PF-772-son Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-ilova*ga muvofiq tarkibda tashkiliy qoʻmita tuzilsin va unga “Oʻzshartnomasavdo”ni tugatish boʻyicha tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni ishlab chiqish va bajarish hamda Oʻzbekiston ulgurji va birja savdosi boʻyicha respublika “Oʻzulgurjibirjasavdo” aksionerlik uyushmasini tashkil etish uchun taʼsis hujjatlarini tayyorlash yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston ulgurji va birja savdosi boʻyicha respublika aksionerlik uyushmasini funksional boshqarish sxemasi 2-ilovaga* muvofiq hamda uyushmaning ijro etuvchi apparati tuzilmasi 3 va 3a-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1, 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3, 3a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qoʻmita bir oy muddatda Oʻzbekiston ulgurji va birja savdosi boʻyicha respublika aksionerlik uyushmasi Ustavini ishlab chiqsin, belgilangan tartibda Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazsin va tarkibiy boʻlinmalarni barpo etish hamda “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasini taʼsis etishga doir barcha tashkiliy ishlarni shu yilning 10-iyuligacha tugallasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzshartnomasavdo” uyushmasi toʻliq tugatilguniga qadar hamda Oʻzbekiston ulgurji va birja savdosi boʻyicha respublika “Oʻzulgurjibirjasavdo” aksionerlik uyushmasi taʼsis etilguniga qadar oʻz funksiyalarini “Oʻzshartnomasavdo” Ustaviga muvofiq yuklatilgan huquqlar bilan amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 28-fevraldagi PF-772-son Farmonining 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan qoidalar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzshartnomasavdo” uyushmasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 28-fevraldagi PF-772-son Farmoniga muvofiq “Oʻzshartnomasavdo” uyushmasining tarkibiy boʻlinmalarini va uning hududiy organlarini 4 va 4a-ilovalarga* muvofiq davlat tasarrufidan chiqarish dasturini ishlab chiqqan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4a-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji va birja savdosi boʻyicha respublika “Oʻzulgurjibirjasavdo” aksionerlik uyushmasi 2-ilovaga muvofiq ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari negizida, shuningdek, ham Oʻzbekiston Respublikasining, ham xorijiy davlatlarning boshqa yuridik va jismoniy shaxslari ishtirokida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi boshqaruviga aksiyalarning davlatga tegishli ulushini tasarruf etish huquqini bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, ulgurji va birja savdosi boʻyicha respublika “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini aksionerlarning umumiy yigʻilishida “Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida qabul qilingan Ustavga muvofiq amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda davlat organlarida roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda oʻzini oʻzi mablagʻ bilan toʻliq taʼminlash va oʻzini oʻzi boshqarish asosida faoliyat koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ehtiyojlari uchun hukumatlararo bitimlar va toʻgʻridan toʻgʻrikontraktlar boʻyicha tovar resurslarini xarid qilish va sotish yuzasidan ilgari tuzilgan kontraktlarni bajarish, shuningdek, qoʻshma korxonalarning, aksionerlik jamiyatlarining ustav fondlarida ulush qoʻshgan holda ishtirok etish, kredit resurslaridan foydalanganlik uchun bank foizlari toʻlash majburiyatlari hamda yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan boshqa shartnomaviy majburiyatlar boʻyicha “Oʻzshartnomasavdo”ning huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar faoliyatning asosiy yoʻnalishlari hiso6lanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarga, shu jumladan, tadbirkorlarga tijorat-vositachilik, savdo, ishlab chiqarish, lizing, transport, moliya, auditor, axborot xizmatlari koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji, birja, yarmarka va kim oshdi savdosini tashkil etish hamda tovar-xomashyo resurslari bozorida savdo bitishuvlarini tuzish ishlariga barcha yuridik va jismoniy shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat buyurtmalari boʻyicha, trast bitim-shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi davlat ehtiyojlari uchun vatanimizdagi va xorijdagi tovar ishlab chiqaruvchilardan, tijorat firmalaridan, kompaniyalar va biznesmenlardan mahsulot xarid qilish hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda isteʼmolchilarga sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari bilan bitim tuzish asosida, saqlash uchun javobgar boʻlgan korxonalar va tashkilotlarning punktlarida davlat zaxirasidagi moddiy resurslarni qabul qilib olish, saqlash; yangilash, qoʻshimcha ishlash va sotishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) viloyat aksionerlik kompaniyalari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tijorat-vositachilik, savdo, ishlab chiqarish, transport, axborot xizmatlari koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat tovar — xomashyo birjalari, yarmarka va kimoshdi savdosini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarning mahsulotlar sotish hamda moddiy-texnika resurslari sotib olishlari boʻyicha qulay va oʻzaro foydali shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali bitimlarni amalga oshirish uchun respublika hududida va chet mamlakatlarda xomashyo resurslarini qidirib topish, narxlarning belgilanishi boʻyicha axborot xizmatlari koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda fond birjasi va koʻchmas mulk birjasi tashkil qilish uchun maydonlar ajratish va shart-sharoitlar yaratish masalalarini hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga aksionerlik birja bankini tashkil qilish va uning faoliyat koʻrsatishi uchun huquq beruvchi ruxsatnoma (litsenziya)ni rasmiylashtirishda unga uslubiy yordam koʻrsatish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi tugatilayotgan “Oʻzshartnomasavdo”ga belgilangan yengil avtomobil transporti xizmati koʻrsatish boʻyicha limitlarini Oʻzbekiston ulgurji va birja savdosi boʻyicha respublika “Oʻzulgurjibirjasavdo” aksionerlik uyushmasida qoldirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tugatilayotgan “Oʻzshartnomasavdo” va uning tarkibiy boʻlinmalarida oʻrnatilgan barcha telefon va aloqa turlarini “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasida qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzshartnomasavdo”) faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 9-martdagi 115-son, “Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasining Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1992-yil 10-avgustdagi 369-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Resurslar, moddiy-texnika taʼminoti va bitimlar boʻlimiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 14-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136-son