Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SUGʻURTA FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Sugʻurta munosabatlari qatnashchilarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish hamda “Sugʻurta toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga davlat sugʻurta nazorati funksiyasi yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida respublika moliya organlari xodimlarining umumiy soni doirasida 15 nafardan iborat Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi xodimlariga Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq moliya va nazorat-taftish organlari xodimlariga belgilangan ish staji uchun bir martalik mukofotlash shartlari joriy qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatuvchi sugʻurta tashkilotlari uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida qayta roʻyxatdan oʻtishlari shart;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining sugʻurta faoliyati masalalari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida chiqarilgan normativ hujjatlari davlat boshqaruvi organlari, yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining oʻrinbosari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasini joylashtirish uchun Toshkent shahar, Mustaqillik maydoni, 5-uydagi maʼmuriy binodan qoʻshimcha xizmat xonalari ajratsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 8-iyul,
286-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi apparatining
tuzilmasi
|
Lavozim |
Xodimlar soni |
| Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi | 1 |
| Ish yurituvchi inspektor | 1 |
| Yurist | 1 |
|
Sugʻurta tashkilotlari nazorat qilish boʻlimi | |
| Davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi | 1 |
| Boʻlim boshligʻining oʻrinbosari | 1 |
| Bosh mutaxassis | 1 |
| Etakchi mutaxassis | 2 |
| 1-toifali mutaxassis | 1 |
| Jami | 6 |
|
Sugʻurta faoliyati uslubiyoti boʻlimi | |
| Boʻlim boshligʻi | 1 |
| Bosh mutaxassis | 2 |
| Etakchi mutaxassis | 2 |
| 1-toifali mutaxassis | 1 |
| Jami | 6 |
| Hammasi | 15 |
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) sugʻurta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida sugʻurta tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organi hisoblanadi.
2. Davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligini qarorlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Quyidagilar Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
cugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar)ning yagona davlat reyestrini yuritish;
sugʻurta tashkilotlari tomonidan sugʻurta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
sugʻurta toʻgʻrisida qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish;
buxgalteriya hisobi va hisoboti tashkil etilishining bir xilligini taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Davlat inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
sugʻurtalovchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va ular hisobotini ishonchliligini, shuningdek ular uchun toʻlovga qodirlikning belgilangan koʻrsatkichlari va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablari taʼminlanishini tekshirish;
oʻz vakolatlari doirasida sugʻurtalovchilar ishini uslubiy taʼminlash;
sugʻurtalash qoidalari (shartlari) boʻyicha takliflar tayyorlash va sugʻurtaning majburiy turlari boʻyicha sugʻurta tariflarini belgilash;
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini amalga oshirishga doir sugʻurta munosabatlarining barcha qatnashchilari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ hujjatlari va uslubiy materiallarni ishlab chiqish;
sugʻurta faoliyati masalalari boʻyicha qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va ularni vazirlik rahbariyatining koʻrib chiqishi uchun kiritish;
sugʻurta tashkiloti tugatilgan taqdirda sugʻurtalovchilar manfaatini himoya qilish;
respublikada sugʻurta faoliyatini ahvoli va rivojlanishi tamoyillarini tahlil qilish;
sugʻurta faoliyati boʻyicha mutaxassislarni kasb-hunar tayyorgarligi va ularni qayta tayyorlash tadbirlarini amalga oshirish, sugʻurta faoliyati masalalari boʻyicha seminarlar va konferensiyalar tashkil etish;
ommaviy axborot vositalari orqali sugʻurta faoliyati masalalari boʻyicha axborot-tushuntirish ishlarini olib borish;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha fuqarolarning takliflari va soʻrovlarini koʻrib chiqish;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Davlat inspeksiyasi quyidagi huquqlarga ega:
sugʻurtalovchilardan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida belgilangan hisobot va ularning moliyaviy ahvoli haqida axborotni, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, banklardan, fuqarolardan oʻziga yuklangan funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotni olish;
Keyingi tahrirga qarang.
sugʻurtalovchilar tomonidan sugʻurta toʻgʻrisida qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida sugʻurtalovchilar faoliyatini tekshirish, zarurat boʻlsa buning uchun komissiyalar va ishchi guruhlar tashkil etish;
davlat ijro etuvchi organlardan oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborot va statistika hisobotini tekin olish.
6. Davlat inspeksiyasiga Moliya vazirining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat inspeksiyasi boshligʻi Davlat inspeksiyasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi va inspeksiya tomonidan oʻz funksiyalari amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
7. Sugʻurta nazoratini amalga oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etishning asosiy masalalari va Davlat inspeksiyasi faoliyatining boshqa masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hayʼati tomonidan koʻrib chiqiladi.
8. Davlat inspeksiyasi oʻz ishini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq tashkil etadi.
9. Davlat inspeksiyasi xodimlarining xatti-harakatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qaroriga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi nizomning:
a) 8-bandi oltinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“sugʻurta munosabatlari barcha qatnashchilarini huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi sugʻurta tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish”;
b) 9-bandi oʻn toʻrtinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshilari bilan toʻldirilsin:
“sugʻurta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini, shuningdek ular tomonidan sugʻurta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar)ning yagona davlat reyestrini yuritadi”;
v) 10-bandi oʻn beshinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“sugʻurta tashkilotlari uchun majburiy boʻlgan iqtisodiy normativlarni belgilash va ularga rioya qilinishini tekshirish”.
Keyingi tahrirga qarang.