Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.07.2018 06.07.1998 yildagi 283-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.07.2018
Hujjat 14.01.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTONDA FUTBOLNI RIVOJLANTIRISh FONDI FAOLIYATINI YaXShILASh VA UNI QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qarori)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportning ommaviy turi sifatida Vatanimiz futbolini yanada rivojlantirishda, xalqaro maydonda uning obroʻ-eʼtibori oshishida Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish fondining ahamiyatini kuchaytirish, professional va havaskorlik klublarini, futbolchilarni yuqori sport natijalariga erishish uchun ragʻbatlantirish, shuningdek moliyaviy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Futbolni rivojlantirish fondi, Futbol federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sport qoʻmitasi rahbarlarining, hududiy Futbol federatsiyalari prezidentlari sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining eʼtibori Fond mablagʻlarini va uning hududiy boʻlimlarini shakllantirish, xorijiy investorlar va homiylarni jalb qilish, futbol-sport industriyasini, zarur moddiy va ishlab chiqarish bazasini tashkil etish boʻyicha ular tomonidan tegishli ishlar qilinmaganligiga qaratilsin. Natijada Futbolni rivojlantirish fondi hali unga yuklangan asosiy vazifani — milliy futbolni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishni, futbol klublarini iqtisodiy ragʻbatlantirishni, bolalar va oʻsmirlar futbolining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni taʼminlamayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sport qoʻmitasi, Futbol federatsiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Oʻzbekistonda Futbolni rivojlantirish fondining boshqa muassislari 1998-yil 1-avgustgacha Fond ustav sarmoyasini shakllantirishni tugallasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Futbolni rivojlantirish Fondi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sport qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Fond faoliyatini takomillashtirish, uning Ustavida qayd etilgan qoidalarga muvofiq sogʻlom turmush tarzi tovarlari ishlab chiqarish boʻyicha korxonalar tashkil etish, maslahat va servis xizmatlari koʻrsatish, investorlarni, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsinlar va koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sport qoʻmitasi, Futbol federatsiyasi va Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish fondi manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda 1998-yil 1-avgustdan 2005-yilgacha boʻlgan davrda Futbolni rivojlantirish Milliy dasturini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining joriy foydadan Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish fondiga 100 million soʻm ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralarga, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarga futbolni rivojlantirish fondi faoliyatiga moliyaviy va amaliy yordam koʻrsatish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Boʻshagan mablagʻlarni ustavdagi vazifalarni bajarish uchun Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish fondiga yoʻnaltirish sharti bilan 1 yil muddatga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Futbolni rivojlantirish Fondi va uning hududiy boʻlimlari, professional futbol klublari, sport maktablari va futbol maktab-internatlari, Olimpiya tayyorgarlik markazi — chetdan keltiriladigan sport asbob-uskunalari va inventarga soliqlarning barcha turlarini va boj toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stadionlarning turli madaniy-koʻngilochar tadbirlar va futbol oʻyinlari vaqtida lotereya oʻyinlari oʻtkazishdan olingan daromadlari — daromaddan soliq toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Futbolni rivojlantirish fondini va uning mintaqaviy boʻlimlarini joylashtirish uchun joy ajratish masalasini bir oy muddatda hal qilsinlar, ularning samarali faoliyat koʻrsatishlari uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va Davlat sport qoʻmitasi yetakchi xorijiy milliy va xalqaro futbol tashkilotlari bilan aloqalar oʻrnatishda Futbolni rivojlantirish fondiga koʻmaklashsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-yanvardagi 17-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 11-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Teleradio kompaniya, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari Futbolni rivojlantirish fondi faoliyatini, ommaviy futbol-sport harakatini rivojlantirish sohasidagi ijobiy tajribani keng targʻib qilsinlar va yoritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev va Futbol federatsiyasi prezidenti Z. Almatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 6-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283-son