Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 03.07.1998 yildagi 281-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 03.07.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIShLOQ XOʻJALIGIDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRISh SOHASIDAGI QONUN HUJJATLARINI AMALGA OShIRIShGA DOIR TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha tashkiliy huquqiy shart-sharoitlar yaratish, Yer kodeksi, “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini hamda Qishloq xoʻjaligi sohasidagi boshqa qonun hujjatlarini amalda roʻyobga chiqarish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Yer kodeksini, “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini hayotga tatbiq etish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan mulkiy paylarni joriy etish va Qishloq xoʻjaligi kooperativlarini tashkil qilish, mulkiy paylarni shakllantirish hamda ular boʻyicha dividentlar toʻlash mexanizmini yaratish, oilaviy (jamoa) pudratni keng joriy etish, fermer va dehqon xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish asosida qishloq xoʻjaligi korxonalarini qayta oʻzgartirish shart-sharoitlarini va tartibini belgilab beruvchi hukumat normativ hujjatlari ishlab chiqilgan va qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat xoldingi” kompaniyasi, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” davlat uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari rahbarlari qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ hujjatlarning ogʻishmay amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat matbuot qoʻmitasi qishloq xoʻjaligida islohotlarni chuqurlashtirishga doir barcha qonun hujjatlari hamda nizomlar toʻplamini koʻplab nusxada nashr qilsinlar va uni barcha xoʻjaliklarga yetkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xoʻjaligini isloh qilish sohasida qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ hujjatlarning amalda roʻyobga chiqarilishini nazorat qilish hamda tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatish uchun qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Respublika komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat xoldingi” kompaniyasi xodimlaridan 5 kishidan iborat doimiy ishlovchi ishchi guruhi tuzilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining agrosanoat kompleksi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat xoldingi” kompaniyasi bir hafta muddatda ishchi guruhini tasdiqlangan shtatlar jadvali doirasida, guruh faoliyati koʻrsatadigan davrda ularning joriy xarajatlarini taʼminlagan holda yuqori malakali mutaxassislar bilan butlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar hokimliklarining agrosanoat kompleksini rivojlantirish masalalari bilan shugʻullanuvchi birinchi oʻrinbosarlari raisligida qishloq xoʻjaligini isloh qilish boʻyicha hududiy komissiyalarni tuzsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish respublika komissiyasi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika komissiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 1998-yilda qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga aylantiriladigan jamoa xoʻjaliklarining aniq roʻyxati bir oy muddatda belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-maydagi 212-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 3-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 3-iyuldagi 281-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish respublika komissiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish respublika komissiyasining funksiyalarini va faoliyat koʻrsatish tartibini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksiga, qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish sohasidagi qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga soʻzsiz rioya etilishini nazorat qilish, qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish boʻyicha tashabbus koʻrsatish va takliflar tayyorlash maqsadida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiya oʻz faoliyatida Yer kodeksi, “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Hukumat qarorlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Komissiya oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Komissiyaning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kodeksi, “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va ular asosida qabul qilingan qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishga, qishloq xoʻjaligi korxonalarini mulkiy paylar va oilaviy (jamoa) pudratni joriy etish asosida qayta oʻzgartirishga, fermer va dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan meʼyoriy hujjatlarni amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish sohasida yagona davlat siyosatini oʻtkazishni, qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar idoralar va hududiy komissiyalar bilan birgalikda qishloqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish, xoʻjaliklarni tayyorgarligini va zarur tayyorgarchilik ishlarini oʻtkazishni hisobga olgan holda, mulkiy paylarni joriy etish asosida qishloq xoʻjaligi korxonalarini qayta tashkil qilish bosqichlari va muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloqda iqtisodiy islohotlarni doimiy uslubiy va huquqiy taʼminlashni, agrobiznes sohasida xoʻjalik yuritishning zamonaviy uslublarini egallagan kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi isloh qilish sohasidagi qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishini, faoliyat koʻrsatayotgan jamoa korxonalarini (jamoa xoʻjaliklarini) qishloq xoʻjaligi kooperativlar (shirkat xoʻjaliklari)ga aylantirish va qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish boʻyicha oʻtkaziladigan ishlarni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda qishloq xoʻjaligini isloh qilish, oʻz vakolatlari doirasida agrosanoat kompleksini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar koʻrish uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarning oʻz lavozimiga munosibligini va amaliy faoliyati natijalarini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida qishloqda iqtisodiy islohotlarni oʻtkazish bilan bogʻliq meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning borishini tahlil qilish, qishloqda mulkdorlar sinfini shakllantirish boʻyicha ilgʻor tajribalarni umumlashtirish va ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligini isloh qilishning huquqiy bazasini va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini, fermer va dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek ichki xoʻjalik munosabatlarini rivojlantirish, qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarning tayyorlovchilar va qayta ishlash korxonalari bilan shartnoma-huquqiy munosabatlarini mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy barqarorligini oshirish va qishloqni isloh qilishning boshqa masalalari boʻyicha takliflarni tayyorlashni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Komissiyaning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar rahbar xodimlarning, shuningdek hududiy komissiyalarning qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha hisobotlarni eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kodeksi, “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunlar va qishloq xoʻjaligi sohasidagi boshqa qonun hujjatlari qoidalari talablarini roʻyobga chiqarishga yoʻnaltirilgan meʼyoriy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaligi korxonalari rahbarlarini ularning qishloq xoʻjaligini isloh qilishning iqtisodiy va huquqiy asoslarini egallaganliklari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish, imtihon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi agrosanoat komplekslarining, qishloq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlarining oʻz lavozimiga nomunosib rahbarlarini egallab turgan vazifalaridan ozod etish toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va uyushmalardan Komissiyaga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan axborotlarni belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya materiallarini tayyorlash va uni oʻtkazish uchun, idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, vazirliklar va idoralardan mutaxassislarni, oliy oʻquv yurtlari olimlari va oʻqituvchilarini jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiya majlislari ish rejasiga muvofiq, biroq har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qilingan ishlar toʻgʻrisida axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiya raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishlarini tashkil etadi va ularga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya nomidan majlislar bayonnomalarini, bayonnomalardan koʻchirmalarni va Komissiya kotibi tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya majlisini tayyorlashga doir ishlarni Komissiya kotibi tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi hamda “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat xoldingi” kompaniyasining yuqori malakali mutaxassislaridan 5 kishidan iborat doimiy ishlovchi ishchi guruhi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.