Mamatkarimov Odiljon Oxundedayevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining raisi oʻrinbosari, guruh hamraisi |
Abdullayev Ilxom Zayirovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining raisi, guruh hamraisi |
Marufova Gulnora Maxmudovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator |
Raximov Joʻrabek Raximovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi, Xorazm viloyati hokimi |
Toshova Moyra Nabiyevna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining aʼzosi, Buxoro shahar “Shayx-ul Olam” mahalla fuqarolar yigʻini raisi |
Saidov Sirojiddin Salohovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
|
Yoʻlchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining aʼzosi, Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti professori |
Xudayberdiyev Zafar Raximovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Mamajonov Jahongir Dexqonovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Mamadiyorova Yulduzoy Karshiyevna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Akramova Zulayxo Abdurazoqovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Palvanov Taxir Marksovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 27.01.2026 yildagi 1710-V-son
Кучга кириш санаси
27.01.2026
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senegal Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 331-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senegal Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakolatlari muddatiga quyidagi tarkibda tashkil etilsin:
2. Ushbu Qoʻshma qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga maʼlumot uchun yuborilsin.
3. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 27-yanvar,
1710-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 27-yanvar,
KQ-301-V-son