Kozixonova Orzigul Muydinovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining raisi, guruh hamraisi |
Aslanov Abdullo Ubaydullayevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitaning raisi oʻrinbosari, guruh hamraisi |
Mamatkarimov Odiljon Oxundedayevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining raisi oʻrinbosari |
Xalmuradov Rustam Ibragimovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining aʼzosi, Samarqand davlat universiteti rektori |
Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining aʼzosi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi |
Azimov Murotjon Berdialiyevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi, Qashqadaryo viloyati hokimi |
Tumishova Aksavli Moldagaliyevna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining aʼzosi, Zarafshon shahar 9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori |
Otamuratov Oybek Baxtiyorovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Jumamuratov Ruslan Tanatarovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi |
Raxmonova Umida Erkinovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Xalbayeva Dilrabo Djurabekovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
Tajibayeva Gulchexra Sadriddinovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 27.01.2026 yildagi 1709-V-son
Кучга кириш санаси
27.01.2026
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Nikaragua Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 331-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Nikaragua Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakolatlari muddatiga quyidagi tarkibda tashkil etilsin:
2. Ushbu Qoʻshma qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga maʼlumot uchun yuborilsin.
3. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 27-yanvar,
1709-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 27-yanvar,
KQ-300-V-son