Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-167-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
(“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”)
(“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 13-yanvarda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-167-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 26-yanvar,
1684-V-son