Gadoyev Erkin Fayziyevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining raisi, guruh hamraisi |
Tilavoldiyev Nodir Xokimovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmita raisining oʻrinbosari, guruh hamraisi |
Kadirxanova Malika Akbarovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator |
Zaripov Botir Komilovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining aʼzosi, Buxoro viloyati hokimi |
Toshova Moyra Nabiyevna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining aʼzosi, Buxoro shahar “Shayx-ul Olam” mahalla fuqarolar yigʻini raisi |
Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Orolboʻyip mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi |
Pardayev Nusuratulla | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasining aʼzosi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jizzax viloyati Kengashi raisi |
Salomova Nargiza Turdimurodovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi |
Rayxanova Galiya Yeleubayevna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Akbarov Azizbek Abdusattarovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Kulmatov Sherzod Dustmuratovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Yakubov Shuxrat Ummataliyevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining aʼzosi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 27.01.2026 yildagi 1706-V-son
Кучга кириш санаси
27.01.2026
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Gayana Kooperativ Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 331-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Gayana Kooperativ Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakolatlari muddatiga quyidagi tarkibda tashkil etilsin:
2. Ushbu Qoʻshma qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga maʼlumot uchun yuborilsin.
3. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 27-yanvar,
1706-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 27-yanvar,
KQ-297-V-son