Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YOQILGʻI-ENERGETIKA RESURSLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN IQTISODIY JAZOLARNI QOʻLLASH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-fevraldagi 121-sonli “Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanishda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, neft mahsulotlari, gaz, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash va ulardan boshqa maqsadlarda foydalanishning, noqonuniy sotish (berish)ning, oʻzlashtirib olishning va ularning sifati buzilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisidagi Nizom (ilova qilinmoqda) tasdiqlansin va amalga kiritilsin.
2. Adliya vazirligi va Moliya vazirligi “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi va Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qonunlar majmuasiga hamda yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik haqida Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat va jazo toʻgʻrisidagi qonunlar majmuasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi takliflarni tayyorlasinlar va 1994-yilning birinchi yarim yilligida taqdim etsinlar.
3. Moliya vazirligi Markaziy bankda Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazo sifatida undirib olinadigan pul mablagʻlarining bir qismini oʻtkazish uchun energiyani tejash boʻyicha maxsus respublika tarmoqlararo schyoti ochilishini taʼminlasin. Belgilab qoʻyilsinki, qayd etib oʻtilgan schyotning pul mablagʻlaridan Yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash komissiyasining qaroriga muvofiq keyinchalik soliq solinmasdan foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Q. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 9-mart,
124-son
Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisida
NIZOM
1. UMUMIY QOIDALAR
Ushbu Nizom yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan, ular qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, iqtisodiy jazolar qoʻllashni nazarda tutadi.
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar rahbarlariga, shuningdek, masʼul lavozimdagi va moddiy javobgar shaxslarga nisbatan yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolar zararni aybdordan undirib olish tarzida qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. YOQILGʻI-ENERGETIKA RESURSLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN QOʻLLANADIGAN IQTISODIY JAZOLAR
1. Ushbu Nizom bilan quyidagi iqtisodiy jazolarni qoʻllash nazarda tutiladi:
1.1. Neft mahsulotlaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun:
a) davlat xoʻjaliklari, korxonalar, tashkilotlar, jamoa xoʻjaliklariga qarashli neft mahsulotlarini noqonuniy oʻzlashtirib olish va xoʻjasizlik bilan sarflash, shuningdek, ularni neft omborlaridan va davlat transport vositalaridan noqonuniy sotish aybdor yuridik shaxslardan noqonuniy ravishda sarflangan neft mahsulotlarining 3 baravar qiymatini undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) neft mahsulotlarini maqsadga nomuvofiq ishlatish, shuningdek, ularni tasdiqlangan meʼyorlardan ortiqcha sarflash aybdor yuridik shaxslardan sarflangan neft mahsulotlarining 2 baravar qiymatini undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) neft mahsulotlarini asossiz ravishda ishlab chiqarish nobudgarchiliklari, tabiiy kamayish yoki qoʻshib yozilgan ish hajmi hisobiga hisobdan chiqarish aybdor yuridik shaxslardan noqonuniy ravishda hisobdan chiqarilgan neft mahsulotlarining 3 baravar qiymatini undirib olishga sabab boʻladi;
g) neft mahsulotlarini belgilangan limitlardan, fondlardan taqsimlash rejalaridan ortiqcha sotish aybdor yuridik shaxslardan belgilangan limitlardan ortiqcha sotilgan neft mahsulotlarining 3 baravar qiymatini undirib olishga sabab boʻladi. Neft mahsulotlari tasdiqlangan hisob-kitobdan ortiqcha ishlatilgan hollarda, shuningdek, ishlatishning asossiz hisob-kitobi ham ana shunday jazolanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
d) yetkazib beruvchi hamda sotuvchi tashkilotlar va korxonalar tomonidan, shuningdek, neft mahsulotlarini ishlatuvchilar tomonidan ularning sifati buzilganda, shuningdek, neft mahsulotlarini tashish qoidalariga rioya qilmaslik sifati buzilgan neft mahsulotlarining bir baravar qiymatini va ularning sifatini tiklashga sarflangan barcha xarajatlar pulini aybdorlardan undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
e) neft mahsulotlarini mahsulot yetkazib beruvchilardan tamgʻasiz vagon-sisternalarda yoki qoidani buzgan holda qabul qilib olish va tashish neft mahsulotlarini qabul qilish va tashishni amalga oshiruvchi tashkilotlardan tashilgan neft mahsulotlari hajmining 2 baravar qiymatini undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
j) yetkazib beruvchi va sotuvchi korxonalar va tashkilotlar tomonidan konditsiyasiz neft mahsulotlarining avtotsisternalar tamgʻalanmasdan va neft mahsulotlari sifati pasportlarisiz berilishi sotilgan konditsiyasiz neft mahsulotlarining bir baravar qiymatini hamda ularning sifatini tiklashga sarflangan barcha xarajatlar pulini aybdorlardan undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
z) chetga chiqarish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan litsenziya mavjud boʻlmagan holda neft mahsulotlarini respublikadan chetga chiqarish va sotish neft mahsulotlari toʻliq musodara qilingan va yetkazib berish hajmlari qisqartirilgan holda aybdor yuridik shaxslardan chetga chiqarilgan neft mahsulotlarining 10 baravar qiymatini undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
i) neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va berishda korxonalar va tashkilotlar tomonidan texnologik tartiblarga rioya qilinmasligi aybdor yuridik shaxslardan neft mahsulotlari hajmining 2 baravar qiymatini undirib olishga sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.2. Gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun:
a) “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasining ruxsatisiz yoqilgʻi ishlatiladigan qurilmalarga gaz berilishi gaz yuborishga ruxsat etgan gaz sotuvchi tashkilotlardan, obyekt (qurilma)ni gaz tarmogʻidan albatta uzib qoʻygan holda, gaz ulangan paytdan boshlab sarflangan gazning 10 baravar qiymatini undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) ishlatuvchilar tomonidan yoqilgʻi ishlatiladigan qurilmalarning gaz taʼminoti tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab qoʻyilishi, obyekt (qurilma)ni gaz tarmogʻidan albatta uzib qoʻygan holda, ulardan gaz ulangan paytdan boshlab sarflangan gazning 10 baravar qiymatini undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) gazni shartnomada belgilangan hajmlardan ortiqcha ishlatish ortiqcha sarflangan gaz qiymatini ishlatuvchilardan (aholidan tashqari), isitish mavsumida viloyat (shahar) boʻyicha har bir hisobot oyida ortiqcha sarflangan gaz uchun tegishli viloyat (shahar) gaz sotish tashkilotidan, shuningdek, chegaralangan davrda belgilangan fonddan ortiqcha sarflangan ishlatuvchilardan 5 baravar miqdorda undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
g) viloyat (shahar) gaz sotish tashkilotlari tomonidan ishlatuvchilarga shartnoma hajmlaridan va belgilangan fondlardan ortiqcha gaz berilishi ulardan ortiqcha sarflangan gazning 5 baravar qiymatini undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
d) yoqilgʻi ishlatiladigan jihozlar (qurilmalar)da gazning behuda isrof qilinishi tekshirish paytidan oldingi 12 oyda nooqilona sarflangan gazning 5 baravar qiymatini ishlatuvchilardan undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
e) “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasining gazdan foydalanish huquqini beradigan ruxsatnoma va loyihalashtirish uchun texnikaviy shartlarsiz yoqilgʻi sarflovchi jihozlar qurilmalar)ni qurish, qayta qurish va texnika bilan qayta jihozlash loyihalari boʻyicha bajarilgan obyektlarda gazdan foydalanish gaz taʼminoti boʻyicha bajarilgan loyihaning kuchga kirishini albatta toʻxtatgan holda, loyihalash tashkilotlaridan loyihalashtirish ishlari smeta qiymatining 50 foizini undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
j) “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasining gazdan foydalanish huquqini beradigan ruxsatisiz va loyihani roʻyxatdan oʻtkazmay ishlatuvchilar (qurilmalar)ni gaz bilan taʼminlash boʻyicha qurilish-montaj ishlari olib borilishi qurilish-montaj tashkilotlaridan gazlashtirish boʻyicha qurilish-montaj ishlari smeta qiymatining 50 foizini undirib olishga sabab boʻladi, mazkur ishlar tugallangan hollarda esa gaz berish toʻxtatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
z) “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasining gazdan foydalanish huquqini beradigan ruxsatisiz ishlatuvchilarning gaz ishlatiladigan qurilmalarida ishga tushirish va rejimli-sozlash ishlarini amalga oshirish bu ishlarni bajaruvchi tashkilotlardan ishga tushirish va rejimli-sozlash ishlari smeta hajmi qiymatining 50 foizini undirib olishga va barcha ishlarning toʻxtatilishiga, obyekt (qurilma)ning gaz tarmogʻidan uzib qoʻyilishiga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.3. Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun:
a) korxonalar va tashkilotlar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish shartnomadagi miqdordan oshib ketgan taqdirda ulardan hisobot davrida ortiqcha sarflangan elektr energiyasining qiymatini 5 baravar miqdorda undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) kondensatning shartnomada koʻrsatilgan miqdorlar doirasida qaytarilib berilmasligi qaytarilmagan miqdor qiymatini 1 baravar, shartnomada koʻrsatilgan meʼyorlardan kam qaytarib berilgan taqdirda esa qaytarilmagan kondensat miqdorining qiymatini, tarif qiymatini ham qoʻshib hisoblagan holda 5 baravar miqdorda undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) foydalanuvchilar tomonidan elektr va issiqlik qurilmalarining energiya taʼminoti tashkilotlari tarmoqlariga tegishli ruxsatlarsiz oʻzboshimchalik bilan ulab qoʻyilishi ishlatilgan elektr va issiqlik energiyasi qiymatini korxona va tashkilotlardan 10 baravar miqdorda undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
g) korxonalar va tashkilotlar tomonidan elektr energiyasidan xonalarni isitish va issiq suv taʼminoti maqsadlarida tegishli ruxsatlarsiz foydalanish bu maqsadlarda foydalanilgan elektr energiyasi tarifini ulardan 5 baravar miqdorda undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
d) sanoat korxonalari va tashkilotlarining isitish tarmoqlaridan suvning toʻkib yuborilishi, izolyatsiyaning buzilishi va issiqlik-bugʻ quvurlari, issiqlik tarmoqlaridan, issiqlik ishlatiladigan asbob-uskunalardan izolyatsiyasiz foydalanish issiqlik energiyasi hajmining asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof boʻlgan hajmi qiymatini ulardan 10 baravar miqdorda undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
e) korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan ishlab chiqarish zaruriyati boʻlmagan holda jihozlarning unumsiz yoki behuda ishlashi oqibatida energiyaning toʻgʻridan-toʻgʻri isrof qilinishi, reaktiv quvvatlarni tiklash vositalarining ish tartibi buzilishi yoki ularga rioya qilmaslik asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof boʻlgan elektr va issiqlik energiyasi hajmi qiymatini ulardan 5 baravar miqdorda undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
j) sanoat korxonalari va tashkilotlari tomonidan qisilgan havo, suv, bugʻning toʻgʻridan-toʻgʻri isrof qilinishi, shuningdek, kondensatning oqizib yuborilishi, issiqlik tarmoqlarining suvga bostirib yuborilishi, mavjud ikkilamchi energiya manbalaridan foydalanmaslik yoki zarur darajada foydalanishni taʼminlamaslik asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof boʻlgan elektr va issiqlik energiyasi qiymatini ulardan 5 baravar miqdorda undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
z) elektr yoki issiqlik energiyasini hisobga olish sxemasining buzilishi yoki oʻzgartirilishi hisobga olish asboblari soʻnggi marta tekshirilgan paytdan boshlab foydalanilgan elektr va issiqlik energiyasi hajmi qiymatini aybdorlardan 5 baravar miqdorda undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
i) korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan kunning yorugʻ paytlarida elektr yoritgichlardan ishlab chiqarish zaruriyatisiz foydalanish, ishdan tashqari vaqtda ishlab chiqarish va xizmat xonalarini, shuningdek, korxona hududini elektr vositasida yoritishda ortiqcha sarfga yoʻl qoʻyilishi yorugʻlik texnikasi jihozlarining belgilangan quvvatidan va ulardan foydalanishning yillik soatlari sonidan kelib chiqqan holda aniqlangan ana shu maqsadlarda foydalanilgach elektr energiyasi qiymatini ulardan 5 baravar miqdorda undirib olishga sabab boʻladi;
Keyingi tahrirga qarang.
k) energetika asbob-uskunalari va tarmoqlarining belgilangan Qoidalarning talablariga javob bermaydigan qoniqarsiz texnikaviy holati, energiya qurilmalari va tarmoqlarining texnikaviy holati va ulardan foydalanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha energiya taʼminoti tashkiloti talabining muntazam bajarilmasligi bu qurilmalar va tarmoqlar balansida boʻlgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga nisbatan ishlatiladigan, tashiladigan yoki bu qurilmalar bilan vujudga keltiriladigan energiyaning oʻrtacha oylik hajmi qiymatining 25 foizi miqdorida iqtisodiy choralar qoʻllashga sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanishning ushbu Nizomda belgilangan qoidalari buzilganligi uchun korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlaridan, shuningdek, masʼul lavozimdagi va moddiy javobgar shaxslardan, Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qonunlar majmuasida nazarda tutilgan hollardan tashqari, toʻgʻridan-toʻgʻri haqiqiy zarar yetkazilganda uch lavozim maoshigacha miqdorda pul undiriladi.
Yetkazilgan zararni undirib olish “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga qarashli “Oʻzneftgaznazorat”ning, Energetika va elektrlashtirish vazirligiga qarashli “Oʻzenergiyanazorat”ning vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan tuzilgan dalolatnomalar (bayonnomalar)ga asosan yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik toʻgʻrisida dalolatnoma (bayonnoma) rasmiylashtirilgan kundan boshlab 15 kun ichida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Zarar undiriladigan shaxslar dalolatnoma (bayonnoma) rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 kun ichida “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga, Energetika va elektrlashtirish vazirligiga shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
“Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga qarashli “Oʻzneftgaznazorat” va Energetika va elektrlashtirish vazirligiga qarashli “Oʻzbekenergiyanazorat” tomonidan zararni undirish haqida taqdim etilgan hujjatlar korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, ular tomonidan, ular qaysi idoraga qarashliligi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mansabdor shaxsdan zararni undirib olish korxona, tashkilot va muassasalarning buxgalteriyasi tomonidan soʻzsiz amalga oshiriladi va “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga qarashli “Oʻzneftgaznazorat” hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligiga qarashli “Oʻzenergiyanazorat”ning hisob-kitob schyotiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
III. IQTISODIY JAZOLARNI QOʻLLASH TARTIBI
1. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan iqtisodiy jazolar “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga qarashli “Oʻzneftgaznazorat”ning hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligiga qarashli “Oʻzbekenergiyanazorat”ning vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan tuzilgan dalolatnomalar (bayonnomalar)ga asosan qoʻllanadi. Iqtisodiy jazolar boʻyicha undirib olinadigan summalar miqdori neft mahsulotlari, gaz va boshqa yoqilgʻi-energetika resurslarining amaldagi qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Iqtisodiy jazolarning qoʻllanishi yuridik va jismoniy shaxslarni ular tomonidan yetkazilgan zararni toʻliq undirib olishdan ozod qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Yuridik shaxslar “Oʻzneftgaznazorat” va “Oʻzenergiyanazorat” mansabdor shaxslarining iqtisodiy jazo qoʻllash boʻyicha xatti-harakati ustidan ikki hafta muddatda “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligiga shikoyat qilish, ularning qarorlaridan norozi boʻlganlarida esa — Xoʻjalik sudiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Yoqilgʻi-energetika resurslaridan, neft mahsulotlari, gaz, elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan undirib olinadigan pul korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bir oy muddatda “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga qarashli “Oʻzneftgaznazorat”ning hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligiga qarashli “Oʻzbekenergiyanazorat”ning hisob-kitob schyotiga oʻtkaziladi. Uning 90 foizi energiyani tejash boʻyicha maxsus respublika tarmoqlararo schyotga oʻtkaziladi, qolgan 10 foizi esa “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga qarashli “Oʻzneftgaznazorat” hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligiga qarashli “Oʻzbekenergiyanazorat” ixtiyorida qoladi va keyinchalik unga soliq solinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Bu summalar oʻz vaqtida oʻtkazilmagan hollarda ularni aybdor shaxslardan soʻzsiz undirib olish “Oʻzenergiyanazorat” tomonidan taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Energiya tejash boʻyicha maxsus respublika tarmoqlararo schyotdagi pul mablagʻlaridan keyinchalik soliq solinmasdan yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash komissiyasining qaroriga koʻra belgilangan maqsadlar boʻyicha energiyani tejash muammolarini, energiyani tejaydigan texnologiyalar va ishlab chiqarishlarni yaratish va joriy etishni, yoqilgʻi-energetika resurslarini isteʼmol qilish va ulardan foydalanishni hisobga olish, nazorat qilish va boshqarish tizimi tartibini, energiya tejamkorligining normativ huquqiy negizni takomillashtirishni mablagʻ bilan taʼminlash uchun foydalaniladi.
7. Agar neft mahsulotlari, gaz, elektr va issiqlik energiyasidan boshqa maqsadlarda foydalanish yoki ularni ortiqcha sarflash, isrof qilish qishloq xoʻjaligi ishlarini noqulay ob-havo sharoitlarida amalga oshirish, tabiiy ofatlar, halokatlar oqibatlarini bartaraf etish va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan boʻlsa, iqtisodiy jazolar qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.