Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mahsulot sotishning bozor tamoyillari va mexanizmlarini keng joriy etish, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar mahsulotlariga narxlarni shakllantirish bozor mexanizmini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qoʻllanishini nazorat qilish tartibi 22-bandining beshinchi xatboshidagi “qonun hujjatlarida nazarda tutilgan monopol mahsulotlarning ayrim turlari” soʻzlari “monopol mahsulotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 50-modda) 5-bandining toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 29-iyul,
179-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-con, 231-modda; 2010-y., 42-43-son, 364-modda)