Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Hukumati oʻrtasida ushlab berish toʻgʻrisidagi Bitimni (Samarqand, 2025-yil 26-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-177-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 20-yanvarda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Hukumati oʻrtasida ushlab berish toʻgʻrisidagi Bitimni (Samarqand, 2025-yil 26-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-177-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 27-yanvar,
1700-V-son