Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-167-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
(“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”)
(“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-167-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 27-yanvar,
1697-V-son