Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 15-iyul kuni qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 23 va 25-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining mazkur Qonun boʻyicha xulosasida bayon etilgan asoslarga koʻra rad etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga mazkur Qonun boʻyicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun kelishuv komissiyasini tuzish taklif etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatidan kelishuv komissiyasi tarkibiga quyidagilar saylansin:
Eshmuratov Abdulxakim Xushbokovich | — | Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi; |
Tursunov Kobul Beknazarovich | — | Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari; |
Marufova Gulnora Maxmudovna | — | Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator. |
4. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent shahri,
2026-yil 6-fevral,
SQ-244-V-son