06.03.1994 yildagi 120-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

OLMALIQ KON-METALLURGIYA KOMBINATI MASALALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho metallar qoʻmitasining boshqaruv organi sifatida tugatilishi va Olmaliq kon-metallurgiya (Olmaliq KMK) kombinatining yanada samarali ishlashini va rivojlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mashinasozlik, kimyo va metallurgiya majmuining Olmaliq KMKni Vazirlar Mahkamasiga boʻysundirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, kombinat bosh direktori lavozimga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi va ozod qilinadi, bosh muhandis va bosh direktor oʻrinbosarlari esa Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda bosh direktorning buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadilar va ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, respublikaning boshqa vazirliklari va idoralari istiqbol koʻrsatkichlarini ishlab chiqishda va statistik hisobotda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining koʻrsatkichlarini alohida satrda aks ettirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bir oy muddatda korxona Ustaviga mazkur qarordan kelib chiquvchi zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 6-mart,

120-son