Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya choralarini qoʻllash boʻyicha Bitimiga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-159-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
(“Oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasidagi qonunchilikning Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya choralarini qoʻllash boʻyicha bitimiga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”)

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasidagi qonunchilikning Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya choralarini qoʻllash boʻyicha bitimiga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-159-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya choralarini qoʻllash boʻyicha Bitimiga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 20-yanvar,
1662-V-son