Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.10.2025 05.03.1994 yildagi 119-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.10.2025
Hujjat 03.02.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 626-sonli “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsib kelayotgan avlodni sogʻlomlashtirish kompleks dasturini amalga oshirish, shuningdek, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining tibbiy-ijtimoiy, investitsiya va xayriya dasturlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining respublikaning har bir tumanida va shahrida Jamgʻarmaning tayanch punktlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. Tayanch punktlar toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar Jamgʻarmaga, uning boʻlimlari va tayanch punktlariga moliyaviy hamda moddiy-texnik yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasiga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 1 mlrd soʻm-kupon ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining Qurilish, transport, aloqa hamda Umumiqtisodiyot majmuilari (K.N. Toʻlaganov, B.S. Hamidov) Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida Jamgʻarmaning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida qurilayotgan poliklinika negizida — “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining Tibbiy-ijtimoiy Markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Chorvoq suv ombori sohilida qurilishi tugallanmagan bolalarni sogʻlomlashtirish kompleksi negizida — “Sogʻlom avlod uchun” respublika davolash sogʻlomlashtirish kompleksini (“Artek”ka oʻxshash) barpo etish toʻgʻrisidagi takliflarini koʻrib chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda Toshkent shahridagi ikkita dorixonani, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi hamda har qaysi viloyatdagi bittadan dorixonani “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasiga uning ustavdagi faoliyati doirasida foydalanish uchun belgilangan tartibda bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bolalarni uy sharoitida tibbiy-ijtimoiy kuzatib borish (patronaj) boʻyicha kadrlar tayyorlash toʻgʻrisida hukumat qarori loyihasini ikki oy muddatda tayyorlasinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar, bunda quyidagilarni tashkil etish nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik tibbiyot muassasalari va bilim yurtlari huzuridagi kurslarda bolalarni uy sharoitida tibbiy-ijtimoiy kuzatib borish boʻyicha kadrlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻlom turmush tarzini keng tushuntirish va targʻib qilish ishlarini amalga oshirish, farzand koʻrish yoshidagi ayollarni va oʻsib kelayotgan avlodni sogʻlomlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi Moliya vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Qizil yarim oy jamiyati Markaziy Qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda sogʻliqni saqlash dastlabki boʻgʻini muassasalarida, ijtimoiy yordam boʻlimlarida, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining tayanch punktlarida, Qizil Yarim oy jamiyatida bolalarni uy sharoitida tibbiy-ijtimoiy kuzatib borish boʻyicha tibbiyot xodimlarini ishga joylash va ular faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash masalalarini hal etishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda bolalar oziq-ovqatlari, vaksinalar, dori-darmonlar, tibbiyot buyumlari, ona va bola uchun sanitariya va gigiyena vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun “Teksun” kompaniyasi guruhi tomonidan Jamgʻarmaga berilayotgan kreditdan foydalanish toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda koʻrib chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, “Sharq” nashriyot-matbaa konserni “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi buyurtmasiga binoan targʻibot va axborot matbaa mahsulotlarini tayyorlashni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasi har haftada “Sogʻlom avlod uchun” dasturini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 5-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 5-martdagi 119-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasining tayanch punktlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro jamgʻarmaning tayanch punktlari respublikaning har bir tumanida va shahrida (Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 28-oktabrdagi 524-son qaroriga) muvofiq ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayanch punktlari davlat, jamoat va xususiy tashkilotlarning onalik va bolalikni muhofaza qilish, oʻsib kelayotgan avlodni intellektual va jismoniy rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish borasidagi faoliyatini integratsiyalash uchun tashkil etiladi. Tayanch punktlari sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot, Qizil Yarim oy Jamiyati organlari va muassasalarining, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining aholini sogʻlomlashtirish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda ularga dastlabki tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sohasidagi kuch-gʻayratlarini va ishlarini uygʻunlashtiradi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tayanch punkti oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, Jamgʻarma ustaviga, mazkur Nizomga va “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasining hududiy filiallari qarorlariga amal qiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tayanch punkti Fond hududiy filialining ijtimoiy ishlab chiqarish boʻlinmasi hisoblanadi, uning nomidan toʻliq xoʻjalik hisobi, oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash va oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash asosida faoliyat koʻrsatadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tayanch punkti tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs huquqini oladi, hisob-kitob schyotiga, yumaloq muhrga, uch burchakli muhrga ega boʻladi va “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi ramzidan foydalanishga haqlidir.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tayanch punktini tashkil etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tayanch punkti uning yuqori organi hisoblanadigan Fond hududiy filiali direktorining Fond markaziy apparati bilan kelishilgan qaroriga binoan tashkil etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tayanch punkti tuzilmasini Jamgʻarma direksiyasi belgilaydi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tayanch punktiga direktor rahbarlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayanch punkti direktori Jamgʻarmaning hududiy filiali direktori tomonidan tasdiqlanadi va tayanch punktining moliya-xoʻjalik hamda boshqa faoliyati uchun shaxsan javob beradi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shtat jadvalini, daromad va xarajatlar smetasini Jamgʻarma hududiy filiali direktori tasdiqlaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman (shahar) hokimligi tayanch punktini bino, moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tayanch punkti zarur asbob-uskunalar, mebel, koʻrgazmali targʻibot vositalari, ona va bolalar salomatligini muhofaza qilish, chaqaloqni ovqatlantirish, yigit va qizlarni jinsiy tarbiyalash va shu kabi masalalarga oid tegishli adabiyotlar, prospektlar, bukletlar va risolalar bilan taʼminlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tayanch punkti faoliyatini nazorat qilish hokimlik tomonidan Fondning hududiy filiali direktori bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tayanch punktining asosiy maqsadlari va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tayanch punktlari hokimliklar bilan birgalikda davlat, jamoat va ishlab chiqarish tuzilmalarining Hukumatning oʻsib kelayotgan avlodni sogʻlomlashtirishga doir ijtimoiy siyosatini hayotga tatbiq etish borasidagi sayʼi-harakatlarini uygʻunlashtirib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tayanch punkti oʻz maqsadlariga erishish va vazifalarini bajarish uchun viloyat sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, madaniyat va sport ishlari boshqarmalari va ularning tuman (shahar) boʻlinmalari, bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari, Qizil Yarim Oy Jamiyati va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlik qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va har bir oilaga dastlabki tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirib borish maqsadida tayanch punktlari sogʻliqni saqlashning dastlabki boʻgʻinlari, Qizil Yarim Oy Jamiyati hamshiralari, bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi. Zarur boʻlganda muassasalarga, alohida shaxslarga xayriya yordami koʻrsatadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tayanch punktlari huzurida quyidagi maslahat xizmatlari ochilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila va nikoh xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonch telefoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsmirlar uchun maslahatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ona va bola” uchun maslahatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy maslahatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni ovqatlantirish boʻyicha maslahatlar va boshqa xizmatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tayanch punktlari manfaatdor sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi tashkilotlari, bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan birgalikda oʻsib kelayotgan avlodning jismoniy, intellektual rivojlanish koʻrsatkichlarini tahlil etadilar, tahlillar va tadqiqotlarning natijalari umumlashtiriladi va koʻrib chiqish uchun Fondning hududiy filiallari direktorlariga joʻnatiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Moliya-xoʻjalik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tayanch punktlari oʻz faoliyatini xoʻjalik hisobi asosida tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Quyidagilar tayanch punkti daromadlarining manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boʻlimlarning ajratmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik tashkilotlarining, alohida fuqarolarning pul mablagʻlari, moddiy boyliklar, koʻchar va koʻchmas mulk tarzidagi ixtiyoriy badallari va xayr-ehsonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi manfaatini koʻzlab xayriya tadbirlarini oʻtkazishdan tushumlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tayanch punktlarining ustav fondi Fondning hududiy filiallari badallaridan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya badallari hisobiga shakllanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Moliya-xoʻjalik faoliyati sohasida tayanch punktiga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda quyidagi huquqlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng tushuntirish ishlari yordamida vatandoshlar va xorijiy fuqarolarning, jamoat tashkilotlarining, davlat muassasalari va korxonalarining, banklarning hamda turli tijorat tuzilmalarining pul, moddiy, madaniy va intellektual boyliklar tarzidagi ixtiyoriy hissalarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning loyiha va dasturlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy huquqlar olish va ular boʻyicha majburiyatlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish korxonalarini, shu jumladan, xorijiy sheriklar bilan birgalikda, tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga savdo, savdo-vositachilik va taʼminot xizmatlari koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrgazmalar, savdo yarmarkalari, tovarlar, mahsulotlar va xizmatlar auksionlarini oʻtkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tayanch punkti har chorakda hisob raqamiga tushgan mablagʻlarning 10 foizini majburiy tartibda hisobot davridan keyingi oyning 15-kunigacha Fondning hududiy filiali hisob raqamiga oʻtkazadi. Bunda tayanch punkti tushgan mablagʻlarning 10 foizidan ortigʻini moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy oʻzaro munosabatlar toʻgʻrisida tegishli shartnoma rasmiylashtirish yoʻli bilan Fondning hududiy filiali hisob raqamiga oʻtkazish huquqiga ega.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Jamgʻarmaning tayanch punkti Fondning hududiy filiali direktoriga hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha har choraklik xoʻjalik faoliyati balansini taqdim etadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jamgʻarmaning tayanch punktlari, boʻlimlari hokimliklar bilan birgalikda aholini kompleks sogʻlomlashtirish va insonning yashashi uchun sogʻlom muhit yaratish dasturida qatnashuvchi barcha organlar va muassasalar faoliyatini uygʻunlashtirib boradilar. Shu maqsadda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir oilada sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish boʻyicha qoʻshma reja-grafiklar tuzadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilayotgan tadbirlarning taʼsirchanligi uchun monitoring tizimini ishlab chiqadilar va joriy etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarga tezda tuzatishlar kiritish maqsadida Jamgʻarmaning viloyat boʻlimlarini oʻz vaqtida xabardor qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsib kelayotgan avlodni sogʻlomlashtirishga oid chora-tadbirlarning bajarilishini har chorakda tahlil qilib boradilar va koʻrsatkichlarni yaxshilaganlik uchun ragʻbatlantirish tizimini ishlab chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Tayanch punkti faoliyatini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tayanch punkti faoliyatining qoniqarli emasligi tufayli yoki sud qaroriga binoan tugatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tayanch punktini tugatish amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.