11.02.2026 yildagi 56-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli markirovkalangan tovarlarning harakatini kuzatib borish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning harakati ustidan davlat nazorati samaradorligini oshirish, yashirin iqtisodiyotni yanada qisqartirish hamda mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, tovarlarni raqamli identifikatsiya qilish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 23-maydagi PQ-190-son qaroriga muvofiq quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfni tahlil qilish tizimida majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish holatlari soliq xavfi darajasini yuqori deb baholash uchun asos boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni realizatsiya qilishda markirovka kodi biriktirilmagan elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markirovka kodi kiritilgandan soʻng onlayi nazorat-kassa texnikasining kassa cheki shakllantirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avval foydalanilgan markirovka kodlari kiritilganda, onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa cheki shakllanishiga yoʻl qoʻyilmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Soliq qoʻmitasi) 2026-yil 1-iyundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi va hamkor davlatlar oʻrtasida suv hamda salqin ichimliklarga nisbatan raqamli markirovka kodlarini oʻzaro tan olishni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Soliq qoʻmitasi hamkor davlatlarning raqamli markirovka kodlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida tan olish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-aprelga qadar raqamli markirovka kodlari maʼlumotlari boʻyicha axborot almashishga qoʻyiladigan talablarni belgilasin hamda ularning xavfsizligini taʼminlasin. Bunda ushbu talablar raqamli markirovka kodlarini oʻzaro tan olish va tovarlarning harakatini kuzatib borishda ishtirok etuvchi barcha davlat organlari va tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻzaro tan olingan xorijiy davlatlarning raqamli markirovka kodlarini elektron hisobvaraq-faktura hamda onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa cheklarida aks ettirish imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 15-yanvarga qadar raqamli markirovkani oʻzaro tan olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni va uning natijalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlarda raqamli markirovka kodlari mavjudligi nazorat qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning noqonuniy aylanishining oldini olish maqsadida hamkor davlatlarning bojxona organlari bilan maʼlumot almashish yoʻlga qoʻyilishini taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi operatori raqamli markirovka maʼlumotlarini qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va himoya qilishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida shakllantiriladigan va muomalada boʻladigan raqamli markirovka maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan data-markazlar doirasida saqlanishi va qayta ishlanishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning raqamli markirovkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar xorijiy davlat organlari va boshqa tashkilotlarga xalqaro shartnomalar asosida hamda axborot xavfsizligi talablariga rioya etilgan holda uzatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarishga faqat “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimida ularga tatbiq etilgan raqamli identifikatsiya vositalarining haqiqiyligi tasdiqlangandan soʻng yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan ushbu qarorni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish maqsadida hamkor davlatlarning vakolatli organlari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Soliq qoʻmitasi raisi F.J. Pulatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Bosh vazir A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 11-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2026-y., 09/26/56/0136-son)