Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT QIDIRUV POLITSIYASINIIG XALQARO TASHKILOTI (INTERPOL)GA KIRISHI TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat qidiruv politsiyasining xalqaro tashkiloti (Interpol)ga kirishi toʻgʻrisidagi Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan taklifi qabul qilinsin.
2. Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov)ga Oʻzbekiston Respublikasining Interpolga kirishi toʻgʻrisida bu tashkilotning Bosh kotibiyati bilan respublika Hukumati nomidan muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining har yillik aʼzolik badali Interpol tasnifi boʻyicha uchta budjet birligida belgilanishi maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda qabul qilish toʻgʻrisidagi rasmiy iltimosni yoʻllash topshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Interpolga kirish maxsus badalini toʻlash uchun Respublika valyuta fondi rezervlari hisobidan erkin almashtiriladigan valyutada 69200 Shveysariya frankiga ekvivalent summadagi pul mablagʻlarini ajratsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 5-mart,
118-son