Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT SANITARIYA NAZORATI SAMARADORLIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Joylarda olib borilgan tekshirishlar Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari aholi yashash joylarining sanitariya holatiga zarur darajada eʼtibor bermayotganligini koʻrsatadi. Koʻpgina shaharlar va tumanlarning hokimlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bu ishlardan chetda turibdilar. Sanitariya-epidemiologiya xizmatlari ularga “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Qonun bilan berilgan vakolatlaridan toʻliq foydalanmayaptilar, ijro etuvchi-boshqaruv organlari rahbarlarini tegishli hududlarning sanitariya holati yomonligi uchun yetarli darajada javobgarlikka tortmayaptilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1998-yil 2-martdagi Farmonini bajarish uchun va respublikada davlat sanitariya nazoratining roli va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
ehtiyotdan va joriy davlat sanitariya nazorati hamda kasalliklarning oldini olish faoliyatini tartibga soluvchi barcha sanitariya normalari va qoidalarini 1998-yil 1-maygacha belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;
hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish va kasalliklarning oldini olish davlat tadbirlari tizimida sanitariya-epidemiologiya xizmati rolini kuchaytirish maqsadida uning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflarni bir oy muddatda kiritsin;
ehtiyotdan va joriy davlat sanitariya nazoratini oʻtkazishda asbob-uskunalardan va tadqiqotlarning laboratoriya usullaridan foydalanishni 70 foizgacha yetkazsin;
ikki oy muddatda kasalliklarga qarshi kurashish tarmoqlararo dasturlari bajarilishini tahlil qilib chiqsin, ularga tuzatishlar kiritsin va manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ularning bajarilishini taʼminlasin;
kasalliklarning oldini olishda aholini yuqumli kasalliklardan himoya qiluvchi samaradorlikni saqlab qolgan holda eng kam xarajatli selektiv immunizatsiya qilishni va diagnostik tekshirishlarni keng qoʻllasin;
“EKOSAN”, “Mahalla” jamgʻarmalari va oʻzini oʻzi boshqarish boshqa organlari bilan birgalikda atrof muhitning ahvoli, aholining sanitariya-gigiyena va ekologiya madaniyatini oshirish tadbirlari oʻtkazilishi uchun jamoatchilik nazoratini kuchaytirsin;
mazkur qarorning bajarilishi toʻgʻrisida har bir yarim yillik yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar budjet prognozlarini shakllantirishda hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish, dori-darmonlar, diagnostika preparatlari, vaksinalar sotib olish va kasalliklarning oldini olish xarajatlarini eng ustuvor vazifalar sifatida koʻrib chiqsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, hokimliklari bilan birgalikda aholi zich joylashgan shaharlar va tumanlarda sanitariya militsiyasining ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarini mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobiga belgilangan xodimlar soni doirasida tashkil etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda sanitariya militsiyasi nizomini, namunaviy tuzilmasini va uning shtat jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda sanitariya militsiyasi boʻlinmalari va sanepidstansiyalarning hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish va kasalliklarning oldini olish boʻyicha oʻzaro hamkorligini taʼminlasin,
4. Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, ommaviy kasalliklar toʻgʻrisidagi rasmiy xabarlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan kiritiladi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 8-aprel,
147-son
Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1998-yil 2-martdagi Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Barcha darajalardagi sanitariya-epidemiologiya xizmatlari bankda “Epidemiologiya jamgʻarmasi” maxsus schyotini ochadilar, unda sanitariya qonunlari, sanitariya meʼyorlari, qoidalari va gigiyena normativlarini, shuningdek karantinli va inson uchun xavfli boshqa infeksiyalarning paydo boʻlishi va tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganlik uchun jazo jarimalaridan tushadigan barcha mablagʻlar jamlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bosh davlat sanitariya vrachlari va ularning oʻrinbosarlari tomonidan solingan jarimalardan hosil boʻlgan maxsus schyot mablagʻlari epidemiyaga qarshi va sanitariya-sogʻlomlashtirish tadbirlari kompleksini oʻtkazishga, shuningdek ehtiyot va joriy davlat sanitariya nazoratini sifatli amalga oshirayotgan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sanitariyaning buzilishiga yoʻl qoʻygan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslar tekshirish oʻtkazgan va yozma koʻrsatma yoʻllagan sanepidstansiyaning maxsus schyotiga oʻtkazilishi kerak boʻlgan mablagʻlarni jarima solinganligi toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan paytdan boshlab 15 kun mobaynida alohida toʻlov qogʻozi bilan oʻtkazadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Jarima belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda har bir kechiktirilgan kun uchun jarima summasining 0,15 foizi miqdorida penya undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ikki yoki bir necha darajadagi sanepidstansiya xodimlari birgalikda oʻtkazgan tekshirishlar natijalari boʻyicha maxsus schyotga oʻtkazilishi kerak boʻlgan mablagʻlar tegishli maxsus schyotlar oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Undirilgan mablagʻlar umumiy summasining:
a) 85 foizi epidemiyaga qarshi va sanitariya-sogʻlomlashtirish tadbirlari komplekslarini oʻtkazishga, yaʼni:
vaqtinchalik infeksiya koykalarini kengaytirish va taʼminlab turishga;
epidemiyaga qarshi vaqtinchalik otryadlarni tashkil etish va taʼminlab turishga, shuningdek yuqumli kasalliklar oʻchoqlarida vaqtinchalik koʻchma hammom-izolatsiya qurilmalari va izolatsiya xonalarini tashkil etish va taʼminlab turishga;
vabo va boshqa oʻta xavfli infeksiyalar oʻchoqlarini tugatish bilan bogʻliq maxsus tadbirlar oʻtkazilishiga;
yuqumli kasalliklar bilan kasallanish oshganida yoki ularning tarqalishi xavfi tugʻilganda ishlarning zarur hajmi doimiy ishlovchi tarmoqlar bilan taʼminlanishi mumkin boʻlmagan hollarda rejadan tashqari epidemiyaga qarshi tadbirlarning oʻtkazilishiga;
vaksina uchun haq toʻlashga va tibbiy asbob-uskunalar va texnika xarid qilishga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuqorida koʻrsatilgan mablagʻlarni tibbiyot muassasalarining doimiy ishlovchi tarmoqlarini taʼminlab turishga va epidemiyaga qarshi kurash tadbirlari bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa har qanday maqsadlarga sarflash taqiqlanadi;
b) 15 foizi sanepidstansiya xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga, yaʼni:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan bayram kunlari munosabati bilan mukofotlashga;
moddiy yordam koʻrsatishga;
koʻp yillik benuqson mehnati uchun, pensiyaga chiqish munosabati bilan, shuningdek yubiley sanalari munosabati bilan bir yoʻla mukofotlar toʻlashga yoʻnaltiriladi.
Mukofotlar miqdori xodimning umumiy ish natijasiga qoʻshgan shaxsiy hissasiga muvofiq belgilanadi. Mukofotlarning umumiy summasi bir yilda 3 oylik lavozim maoshidan oshmasligi kerak.
Moddiy ragʻbatlantirish uchun nazarda tutilgan mablagʻning ishlatilmay qolgan qismi epidemiyaga qarshi tadbirlarni oʻtkazishga yoʻnaltiriladi.
Mukofotlar va bir marta beriladigan mukofotlar muassasa rahbarining buyrugʻi asosida beriladi.
Barcha darajalardagi sanepidstansiyalar maxsus schyotga pul mablagʻlarining tushishi va ularning amalda sarflanishi toʻgʻrisida belgilangan shaklda (ilova qilinadi) har chorakda hisobot tuzadilar va ularni hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmasdan ular joylashgan joydagi tegishli tarmoq va moliya organlariga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Mablagʻlar toʻgʻri va oʻz vaqtida undirilishi, “Epidemiologiya jamgʻarmasi” maxsus schyotiga oʻtkazilishi va foydalanilishi ustidan nazorat qilish sanitariya-epidemiologiya stansiyalari rahbarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli moliya boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
ILOVA
“Epidemiologiya jamgʻarmasi” maxsus schyotida jamlanadigan mablagʻlarning sarflanishi toʻgʻrisida
Hisobot
Keyingi tahrirga qarang.
|
199___yil _____________________ uchun |
|
| |
(ming soʻm) |
|
Koʻrsatkichlar |
Summa |
| Yil boshidagi qoldiq | |
| Solingan jarimalar summasi | |
| Jarima jazolaridan tushgan mablagʻ | |
| Amaldagi xarajatlar — hammasi | |
| Ulardan: | |
| 1.Sanitariya-sogʻlomlashtirish va epidemiyaga qarshi tadbirlar kompleksini oʻtkazishga: |
|
| a) vaksinalar sotib olishga; | |
| b) asbob-uskunalar sotib olishga; | |
| v) va boshqalar | |
| 2.Moddiy ragʻbatlantirishga | |
| Hisobot davri oxiridagi qoldiq | |
| shu jumladan moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha foydalanilmagan mablagʻlar qoldigʻi |
|