OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI HUZURIDAGI FUQARO AVIATSIYASI AGENTLIGI DIREKTORINING
BUYRUGʻI
“Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3609-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-94-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 7-yanvardagi 1-N-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3609, 2025-yil 24-fevral) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2025-y., 10/25/3609/0174-son) bilan tasdiqlangan “Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor T. NAZAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-yanvar,
14-N-son
Kelishildi:
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2026-yil 14-yanvar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2025-yil 27-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2026-yil 17-yanvardagi 14-N-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 1-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tashqi uchuvchi — masofadan boshqariladigan havo kemasining parvozini amalga oshirish boʻyicha zarur vazifalarni bajarish uchun havo kemasi egasi (ekspluatant) tomonidan tayinlangan hamda parvoz davomida uchishni boshqarish moslamalarini boshqaradigan shaxs;”;
toʻqqizinchi xatboshi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 5-bandda:
oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “TA” seriyasi.” degan soʻzlar “TA” seriyasi;” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tashqi uchuvchi guvohnomasi — ushbu Qoidalarning 191-ilovasiga muvofiq “TA” seriyasi.”.
3. 7-bandda:
1) “a” kichik bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mutaxassislik boʻyicha ishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi amaldagi ijobiy tibbiy xulosa (bundan havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislar mustasno);
uchuvchi, shturman, bortaloqachilar, HHB dispetcherlari uchun IKAOning til bilish shkalasi boʻyicha ingliz tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi hujjatning (sertifikatning) nusxasi (kamida 4-daraja);”;
2) “b” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mutaxassislik boʻyicha ishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi amaldagi ijobiy tibbiy xulosa;”;
birinchi xatboshi “planer uchuvchilar” degan soʻzlardan keyin “va tashqi uchuvchilar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqaro aviatsiyasining sertifikatlangan oʻquv muassasasida tegishli havo kemasi turi boʻyicha uchuvchilarni tayyorlash kurslarini toʻliq tamomlaganlik toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzaviatsiya” agentligida test sinovlaridan oʻtish yoki imtihon topshirish uchun ikki nusxada ushbu Qoidalarning 22-ilovasiga muvofiq shakldagi taqdimnoma;
mutaxassislik boʻyicha ishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi amaldagi ijobiy tibbiy xulosa;”;
4) quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) fuqaro aviatsiyasi uchuvchisi guvohnomasini olishda harbiy uchuvchilar uchun:
“Oʻzaviatsiya” agentligida test sinovlaridan oʻtish yoki imtihon topshirish uchun ikki nusxada ushbu Qoidalarning 22-ilovasiga muvofiq shakldagi taqdimnoma;
harbiy taʼlim muassasasining transport aviatsiyasi uchuvchisi mutaxassisligi boʻyicha diplom nusxasi;
mutaxassislik boʻyicha ishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi amaldagi ijobiy tibbiy xulosa;
IKAOning til bilish shkalasi boʻyicha ingliz tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi hujjatning (sertifikatning) nusxasi (kamida 4-daraja);
fuqaro aviatsiyasining sertifikatlangan oʻquv muassasasida tegishli havo kemasi turi boʻyicha qayta oʻqitish kurslarini toʻliq tamomlaganlik toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
harbiy-transport aviatsiyasida (turlari va lavozimlari boʻyicha) uchish soatlarini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Bunda, harbiy uchuvchilar tomonidan fuqaro aviatsiyasi uchuvchisi guvohnomasini olishda nomzodning parvoz faoliyatidagi tanaffusi besh yildan oshmagan boʻlishi lozim.”.
4. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Xorijiy davlat tomonidan berilgan aviatsiya xodimi (uchuvchilar, shturmanlar, bortmuhandislar, bortmexaniklar, bortaloqachilar, bortoperatorlar, HHB dispetcheri, havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassis va kabina ekipaji aʼzolari) guvohnomasini tan olish uchun fuqaro aviatsiyasi tashkiloti “Oʻzaviatsiya” agentligiga mazkur Qoidalarning 21-ilovasiga muvofiq shaklda ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Bunda, ushbu arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
xorijiy davlat tomonidan berilgan fuqaro aviatsiyasi mutaxassisi guvohnomasining nusxasi (barcha malaka belgilari bilan birga);
tijorat aviatsiyasi uchish tarkibi uchun avariya-qutqaruv tayyorgarligi (quruqlik, suv) va xavfli yuklarni tashish boʻyicha oʻquv kurslari sertifikatlari nusxalari;
mutaxassislik boʻyicha ishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi amaldagi ijobiy tibbiy xulosa (bundan havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislar mustasno);
uchuvchi, shturman, bortaloqachilar, HHB dispetcherlari uchun IKAOning til bilish shkalasi boʻyicha ingliz tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi hujjatning (sertifikatning) nusxasi (kamida 4-daraja);
uchish tarkibi uchun taʼlim tashkilotida nazariy kurs, trenajyor va uchish (amaliy) tayyorgarlikdan oʻtilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari (havo kemasida uchish tekshiruvi va trenajyorda oʻtkazilgan oxirgi mashgʻulot (tekshiruv) sanalari koʻrsatilgan holda).”.
5. 24-banddagi “oʻn ish kuni” degan soʻzlar “oʻttiz kun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 26-banddagi “imtihonga” degan soʻz “suhbatga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
7. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Suhbat nomzodga Oʻzbekiston Respublikasining havo hududida parvozlarni amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari va qonunchiligi boʻyicha maʼlumot berish maqsadida oʻtkaziladi.”.
8. 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan xorijiy davlat tomonidan berilgan aviatsiya xodimi guvohnomasini IKAO standartlari va tavsiya qilingan amaliyotlarini inobatga olgan holda tan olishda ushbu aviatsiya xodimiga mazkur Qoidalarning 26-ilovasiga muvofiq shaklda sertifikat taqdim qilinadi.”.
9. Quyidagi mazmundagi 281-band bilan toʻldirilsin:
“281. Xorijiy davlat tomonidan berilgan aviatsiya guvohnomasi egasining malakasini oshirish, kasbiy bilim va amaliy tajribasini lozim darajada ushlab turish IKAO standartlari va tavsiya qilingan amaliyotlariga muvofiq amalga oshiriladi.”.
10. 29-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mutaxassislik boʻyicha ishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi amaldagi ijobiy tibbiy xulosa (bundan havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislar mustasno)”.
11. 30-band “Uchuvchilar tarkibi,” degan soʻzlardan keyin “kabina ekipaji aʼzolari,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
12. 36-bandning ikkinchi xatboshisidagi “planer uchuvchilariga” degan soʻzlardan keyin “, tashqi uchuvchilarga,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
13. 3-ilovada:
1) 1-bandda:
quyidagi mazmundagi oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“planer uchuvchisi;
tashqi uchuvchi;”;
oʻninchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn ikkinchi — oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 5-bandda:
birinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Guvohnoma quyidagi yoshdan kichik boʻlmagan shaxslarga beriladi:”;
uchinchi xatboshidagi “uchish apparati uchuvchilariga” degan soʻzlar “uchish apparati uchuvchilari va tashqi uchuvchilarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 4-ilovaning 10-bandi “planer uchuvchisi,” degan soʻzlardan keyin “tashqi uchuvchi,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
15. Mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 191-ilova bilan toʻldirilsin.
16. 22-ilovaning “Baholar varaqasi” boʻlimi izoh qismida:
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tashqi uchuvchilar: 1 — 10, 13-kichik bandlar”;
oʻn toʻrtinchi xatboshi oʻn beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
“Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61) kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
“Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻZR AQ-61)
191-ILOVA
191-ILOVA
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
||||||||||||||||||
|
|
FUQARO AVIATSIYASINIG VAKOLOTLI IDORASI |
|
|
I. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RESPUBLIKA UZBEKISTAN REPUBLIC OF UZBEKISTAN |
|
||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|||||||||||||||||||
|
|
POLNOMOCHENNIY ORGAN GRAJDANSKOY AVIATSII |
|
|
|
|
||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
II. FUQARO AVIATSIYASI TASHQI UCHUVCHISINING GUVOHNOMASI |
|
||||||||||||||||||
|
|
CIVIL AVIATION AUTHORITY |
|
|
|
|||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
||||||||||||||||||
|
|
|
|
SVIDETELSTVO VNESHNEGO PILOTA GRAJDANSKOY AVIATSII |
|
|||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|||||||||||||||||||
|
|
|
|
CIVIL AVIATION REMOTE PILOT LICENCE |
|
|||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|||||||||||||||||||
|
|
VII. ________________________________ |
|
|
|
|
||||||||||||||||||
|
|
SHAXSIY IMZO / PODPIS VLADELSA / OWNER SIGNATURE |
|
|
III. ___ TA ___ № 0000 |
|
||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
”. |
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2026-y., 10/26/3609-1/0124-son)
