Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIOLOGIK RANG-BARANGLIKNI SAQLASh BOʻYIChA MILLIY STRATEGIYASI VA HARAKATLAR REJASI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 484-sonli “2019 — 2028-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Biologik rang-baranglik toʻgʻrisidagi Konvensiyaga qoʻshilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Dunyo miqyosidagi ekologik jamgʻarmaning moliyaviy va PROONning texnik yordami bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat oʻrmon qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining Biologik rang-baranglikni saqlash boʻyicha milliy strategiyasi va harakatlar rejasi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Milliy strategiya va harakatlar rejasini amalga oshirish va ularning oʻtkazilishini nazorat qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish uchun ilovaga* muvofiq tartibda Biologik rang-baranglik milliy komissiyasi tuzilsin.
* Ilova berilmaydi.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarda nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishida Biologik rang-baranglik milliy komissiyasiga yordam koʻrsatsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H.Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 1-aprel,
139-son