Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
XAVFSIZLIGINI TASDIQLASh TALAB ETILADIGAN TOVARLARNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA KELTIRISh VA ULARNI UNING TAShQARISIGA ChIQARISh TARTIBINI TASDIQLASh HAQIDA
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mahsulot va xizmatlarni majburiy sertifikatlashtirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 27-son, 315-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
xavfsizligini tasdiqlash talab etiladigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirish va ularni uning tashqarisiga chiqarish tartibi 2-ilovaga muvofiq.
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) isteʼmolchilariga zarar yetkazganlik uchun jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi haqidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. “Oʻzdavstandart” markazi, TIAV, Davlat soliq qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar 1995-yil 1-yanvardan boshlab mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sertifikatlashtirishni oʻtkazish ishlarini tashkil qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzstandart” agentligining hududiy organlariga yordam koʻrsatsinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 12-avgust,
409-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 27-son, 315-modda)
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 409-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Xavfsizligini tasdiqlash talab etiladigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirish va ularni uning tashqarisiga chiqarish
tartibi
tartibi
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Ushbu Tartib “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asoslanib ishlab chiqilgan, u xavfsizligini tasdiqlash talab etiladigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirish va ularni uning tashqarisiga chiqarish qoidalarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tartib majburiy tartibda sertifikatlanishi lozim boʻlgan va tashqi savdoning oldi-sotdi yoki almashish (barter) obyekti boʻlgan tovarlarga tatbiq etiladi, Oʻzbekiston Respublikasiga tovar keltiruvchi va ularni uning tashqarisiga olib chiqib ketuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, tovarlarning xavfsizligi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tashkilotlarga moʻljallangan.
(muqaddimaning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xavfsizlikni tasdiqlash
(sarlavhaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Tovarlar xavfsizligini tasdiqlash ularni sertifikatlashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
2. Tovarlarni sertifikatlashtirish isteʼmolchilarning hayoti va sogʻligʻini, atrof muhitni muhofaza qilishni taʼminlashga va mol-mulkka yetkazilgan zararning oldini olishga yoʻnaltirilgan qonun hujjatlari va standartlar talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish Milliy tizimi — “Oʻzstandart” agentligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
4. Tovar xavfsizligini tasdiqlovchi hujjat boʻlib belgilangan tartibda vakolatga ega boʻlgan organ tomonidan berilgan tovarlarni sertifikatlashtirish natijalari boʻyicha muvofiqlik sertifikati (bundan keyin sertifikat deyiladi) yoki sertifikatsiya bergan organ rahbarining haqiqiy (asl) muhri va imzosi bilan yoki notarial idorasi tomonidan tasdiqlangan sertifikat nusxasi (kseronusxa) hisoblanadi.
(3 va 4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltiriladigan va uning hududidan olib chiqib ketiladigan tovarlarning xavfsizlik talablariga muvofiqliligining zarurligi va bu muvofiqlikni sertifikatlashtirish yoʻli bilan tasdiqlash shartnoma va bitimlarda koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sertifikat berilgan tovar, shuningdek uning joylashtirilishi va ilova qilinadigan hujjatlar Muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanishi mumkin.
Muvofiqlik belgisini qoʻyish va uning mavjudligi Muvofiqlik sertifikatida koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Tovarlarni keltirish (olib chiqib ketish) tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
8. Sertifikatlashtirilishi shart boʻlgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltirish va olib chiqib ketishga ruxsat berish uchun “Oʻzstandart” agentligi bergan yoki tan olgan yoxud “Oʻzstandart” agentligi vakolat bergan organ tomonidan berilgan sertifikat asos boʻlib hisoblanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
9. Sertifikat (yoki uning nusxasi) tovar yetkazib beruvchi yoki tovarni qabul qilib oluvchi tomonidan bojxona organiga koʻrsatiladi va bojxona chegarasidan tovar oʻtkazilgunga qadar tekshiriladi.
10. Sertifikat quyidagilar mavjud boʻlganda haqiqiy hisoblanadi:
imzoning va sertifikatni (4-bandga muvofiq) bergan sertifikatlashtirish organi muhrining asli;
sertifikatlashtirish Milliy tizimining Davlat roʻyxatidagi sertifikatni roʻyxatga olish raqami va sanasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11 va 12-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Tovarning xavfsizligini tasdiqlash maqsadida sertifikatlash organi bojxona hududida saqlanayotgan mahsulotlar namunalarini tanlab oladi. Namunalarni tanlashda bojxona vakillari ishtirok etadilar.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. “Oʻzstandart” agentligining hududiy organi tovarni qabul qiluvchiga uning xohishiga koʻra sertifikatlashtirishni tashkil qilishda, xorijiy sertifikatni tan olishda va Milliy muvofiqlik belgisini qoʻyishda kerakli xizmatlarni koʻrsatadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
15. Sertifikatlashtirishning natijalari ijobiy boʻlganda yoki xorijiy sertifikat tan olinganda qabul qiluvchi (tovar yetkazib beruvchi) tovarni oʻtkazmagan bojxonaga sertifikatni koʻrsatadi.
16. Ushbu Tartib buzilgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga keltiriladigan hamda olib chiqib ketiladigan tovarlar oʻtkazilmaydi. Bunday tovarlar bojxona qonun hujjatlari bilan belgilangan qoidalarga muvofiq saqlanadi.
Belgilangan saqlash muddati tugashi bilan talab qilib olinmagan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi mulkiga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Mahsulot namunalarini sinovlar oʻtkazish uchun respublika tashqarisiga olib chiqib ketishda (respublika hududida sinovlar oʻtkazish imkoniyati boʻlmaganda), tovar yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi), sinovlar oʻtkazish joyi va namunalar soni koʻrsatilgan holda, sinovlarni oʻtkazish haqidagi “Oʻzstandart” agentligi tasdiqlagan qarorni koʻrsatadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
18. Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda tekshirilgandan soʻng ushlab qolingan tovarlarni oʻtkazish haqidagi qaror bojxona tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.