Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining
buyrugʻi
ALOQA SOHASIDA AXBOROT-MAʼLUMOT XIZMATLARINI KOʻRSATISh TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 23-sentabrda 1412-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-sonli “Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3275, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Aloqa toʻgʻrisida”gi va “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, axborot-maʼlumot xizmatini koʻrsatish boʻyicha telekommunikatsiya operatorlari va telekommunikatsiya xizmati provaydyerlariga umumiy talablarni oʻrnatish maqsadida, buyuraman:
1. “Aloqa sohasida axborot-maʼlumot xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur Nizomni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilganidan oʻn kun muddat oʻtgandan keyin kuchga kirishi belgilansin.
Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2004-yil 25-avgust,
284-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 38-39-son, 429-modda; 2013-y., 25-son, 332-modda)