Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 03.11.1998 yildagi 461-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 03.11.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AHOLIGA KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATISH TIZIMIDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida aholiga kommunal xizmat koʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 25-apreldagi 211-son qarorini bajarish, shuningdek, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda mulkchilikning turli shakllarini va raqobat muhitini rivojlantirish asosida ularning oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashini bosqichma-bosqich taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida kommunal xizmat koʻrsatishni takomillashtirish Respublika komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi aholiga kommunal xizmat koʻrsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Konsepsiyasi va uni amalga oshirish chora-tadbirlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tasdiqlangan Konsepsiyani amalga oshirish Respublika komissiyasi 3-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari davlat boshqaruvi tegishli organlari bilan birgalikda 2-ilovada koʻrsatilgan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida kommunal xizmat koʻrsatishning faoliyat koʻrsatishini hamda uni isloh qilish chora-tadbirlarini amalda ruyobga chiqarishni tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqlarning oʻz vaqtida ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga kommunal xizmat koʻrsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Konsepsiyasi asosida kommunal xizmat koʻrsatish tizimini isloh qilish mintaqaviy kompleks dasturlarini ishlab chiqsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy uylar va koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar egalari mablagʻlari hisobiga xizmat koʻrsatiladigan uylar yonidagi hududlar chegaralarini 1998-yil oxirigacha belgilasinlar ayni bir vaqtda uy-joylardan foydalanish xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarning faoliyat koʻrsatish chegaralarini yer uchastkalaridan foydalanuvchilarni ularning ushbu uchastkalarni birgalikda saqlash boʻyicha oʻzaro munosabatlarini belgilasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joylardan foydalanish tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrsinlar va shu asosda ularni toʻliq xoʻjalik hisobiga oʻtkazishni 1998-yil oxirigacha tugallasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali barcha uy-joylar ichkarisida issiqlik gaz suv isteʼmolini hisobga oluvchi va tartibga soluvchi priborlarni oʻrnatish ishlarini 2000-yilgacha tugallasinlar. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu ishlarni mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini aniqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini toʻliq taʼmirlashning 2005-yilgacha boʻlgan davlat aniq dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin bunda mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini belgilashni hamda taʼmirlashdan keyin ularni uy-joy egalarining toʻliq qaroviga berishni hisobga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda lift xoʻjaligini saqlash va taʼmirlash masalalarini ikki oy muddatda koʻrib chiqsin va ularni mablagʻ bilan taʼminlash manbalari yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi va Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Shahar xoʻjaligi iqtisodiyoti uni tashkil qilish va undan foydalanish” mutaxassisligi boʻyicha kadrlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlasinlar hamda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida ularni tayyorlash yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-apreldagi 211-son qarorining 2 va 7-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 3-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
461-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
3-noyabrdagi 461-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aholiga kommunal xizmat koʻrsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. AHOLIGA KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATISHNING AHVOLI VA UNI ISLOH QILISH VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga kommunal xizmat koʻrsatish sohasidagi islohotlar respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy qayta oʻzgartirishlarning uzviy tarkibiy qismi hisoblanadi va u yaratilgan qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy asosda roʻyobga chiqarilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga uy-joy kommunal xizmati koʻrsatish tizimini isloh qilish “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”, “Davlat uy-joy siyosati asoslari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida kommunal xizmat koʻrsatishni boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida”, “Respublikada uy-joy qurilishini ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlarini Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlarning oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashiga bosqichma-bosqich oʻtishi toʻgʻrisida” 1994-yil 7-fevraldagi 54-son “Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida aholiga kommunal xizmat koʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 25-apreldagi 211-son qarorlarini hamda boshqa qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni roʻyobga chiqarish doirasida amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan qarorlarga muvofiq aholiga kommunal xizmat koʻrsatish sohasi tarmoqlarining bozor munosabatlariga oʻtishi jarayoni boshlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Uy-joylardan foydalanish xoʻjaligi sohasida toʻliq xoʻjalik hisobida 109 ta uy-joylardan foydalanish korxonalari ishlamoqda 181 ta oilaviy va jamoa pudrati brigadalari faoliyat koʻrsatmoqda. Boshqaruvning oraliq boʻgʻinlari — uy-joy trestlari amalda tugatildi, muqobil xizmatlarni tashkil etish uy-joylarga kirish joylarida sovuq va issiq suv, gaz, issiqlik energiyasini hisoblagichlar oʻrnatish ishlari boshlab yuborildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Suv taʼminoti va kanalizatsiya sohasida “Oʻzsuvkanal” ishlab chiqarish birlashmasi tugatildi. Viloyatlar suv quvurlari kanalizatsiya boshqarmalari yangidan tashkil qilingan hududiy kommunal foydalanish birlashmalari tarkibiga oʻtkazildi. Suvni hisoblash priborlari bilan sanoat obyektlarining 90 foizi va ijtimoiy-maishiy soha obyektlarining 68 foizi qamrab olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Gaz taʼminoti sohasida “Oʻzbekgaz” ishlab chiqarish birlashmasi tugatilgan, tugallangan balansga ega boʻlgan gaz taʼminoti va gazlashtirish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi bosh boshqarmalar tashkil etilgan. Tarmoqlarda gaz isrofgarchiligiga ortiqcha yonishlar va shu kabilarga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlari koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Issiqlik taʼminoti sohasida “Oʻzissiqlikkommunenergiya” RIB tugatildi uning viloyatlardagi boʻlinmalari hududiy kommunal foydalanish birlashmalari tarkibiga oʻtkazildi. Aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etilayotgan xoʻjalik hisobidagi issiqlik taʼminoti tashkilotlarini shakllantirishga doir tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va yetkazib berishdagi kapital foydalanish xarajatlarini kamaytirish boʻyicha tajriba ishlari olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Obodonlashtirish sohasida ahlatxonalarni ijaraga berish amalga oshirilmoqda Toshkent shahrida yagona buyurtmachi xizmati tashkil qilingan maxsus mashinalarning bir qismi haydovchilarga ijaraga berilgan. Koʻkalamzorlashtirish korxonalarini xususiylashtirish boshlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kommunal xizmat koʻrsatish tizimiga kiruvchi sanoat hamda boshqa korxona va tashkilotlar xususiylashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga kommunal xizmat koʻrsatish sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish past surʼatlarda amalga oshirilmoqda. Xizmatlar koʻrsatishda monopolizm va muqobilsizlik saqlanib qolmoqda, xizmatlar qiymatini shakllantirishda xarajat mexanizmiga xizmatlar koʻrsatish xarajatlarini kamaytirish va sifatini oshirish uchun iqtisodiy ragʻbatlari boʻlmagan boshqaruvning maʼmuriyatchilik usullariga boshqarish va xizmat koʻrsatish funksiyalarini qoʻshib olib borish xususiyatiga ega boʻlgan davlat korxonalari hali ham ustunlik qilmoqda. Isteʼmolchilarning toʻliq intizomi past resurslar sarfini hisobga olishning zarur darajasi taʼminlanmagan tarmoqdagi koʻplab korxonalarning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar kommunal xizmat koʻrsatishni isloh qilishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqni oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashga, zarar koʻrmasdan faoliyat koʻrsatish tartibiga bosqichma-bosqich oʻtkazish, narx belgilashda xarajat mexanizmini bartaraf etish, raqobat muhitini va muqobil tuzilmalarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilikning koʻp shaklliligini va tarmoq faoliyat koʻrsatishning bozor tamoyillarini taʼminlashga yoʻnaltirilgan institutsional qayta oʻzgartirishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmat koʻrsatish sohasida munosabatlarni davlat tomonidan yanada takomillashtirish, uy-joy fondining, kommunal tizimlarning ahvoli va saqlanishi ustidan davlat nazoratining samarali mexanizmini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
resurslardan oqilona foydalanishni, manbalarni tejashni taʼminlash boʻyicha aniq maqsadli ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy siyosatini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan vazifalarni bajarishni quyidagi asosiy yoʻllar bilan amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmat koʻrsatishning mavjud tizimini bosqichma-bosqich qayta tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish tizimini taʼmillashtirish, kommunal korxonalarning oʻz funksional vazifalarni hal etishdagi iqtisodiy mustaqilligini va javobgarligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, bajaruvchilarni tanlov boʻyicha tanlash va muqobil korxonalarni rivojlantirish asosida hamma joyda shartnomaviy munosabatlarga oʻtish, narx belgilashning bozor tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uni rivojlantirishga muqobil investitsiyalarni jalb qilish, xizmatlar koʻrsatishning iqtisodiy tizimlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmat koʻrsatish xodimlari mehnatini ragʻbatlantirishning kuchli, asoslangan mexanizmini ishlab chiqish bilan uygʻun holda, aholi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻzaro hamkorligining iqtisodiy shakllariga oʻtishni davlat tomonidan tartibga solishning shakl va usullarini, uning meʼyoriy-huquqiy negizini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozlarning mavjud tizimini tartibga solish, uy-joy-kommunal munosabatlarni tartibga solib borishda mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari rolini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATISHNI BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyada kommunal xizmat koʻrsatishni boshqarishni takomillashtirishning asosiy yoʻnalishi sifatida boshqarish va xizmat koʻrsatish funksiyalarini ajratish, shu asosda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk egasi va (yoki) boshqaruvchi tashkilot (buyurtmachi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlarni amalga oshiruvchi pudrat tashkilotlari (yetkazib beruvchilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal munosabatlar sohasida davlat nazoratini amalga oshirish vakolati berilgan organlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar tizimini tashkil etish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar bunday mexanizmni yaratishning asosiy tamoyillari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal munosabatlar qatnashchilarining yuridik va xoʻjalik mustaqilligini mulkiy javobgarligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllarining koʻp xilligini rivojlantirish, shu jumladan uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tuzish uy-joy fondi xizmat koʻrsatish va kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻyicha muqobil pudrat tashkilotlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkni boshqarish va unga xizmat koʻrsatish boʻyicha xizmatlarga narx belgilashning bozor tamoyillariga oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal munosabatlar qatnashchilari tomonidan yashash sharoitlari va koʻrsatiladigan xizmatlarning belgilangan standartlari taʼminlanishi, xizmatlarga oʻz vaqtida haq toʻlanishi, shartnoma majburiyatlariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy fondi mulkdoriga quyidagi funksiyalar yuklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy fondining saqlanishini taʼminlash va uy atrofini zarur darajada saqlash, ushbu maqsadlarga moʻljallangan xarajatlarni oʻz vaqtida mablagʻ bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy fondini, yashab turgan shaxslarni hisobga olish, roʻyxatdan oʻtkazish va pasport- hisobga olish ishlarini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish hamda kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tegishli pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish, ushbu ishlar uchun oʻz vaqtida haq toʻlanishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkdor — uy egasi ushbu funksiyalarni oʻzi bajarishga, yoxud boshqaruv funksiyasini shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan boshqaruvchi tashkilotga (buyurtmachi xizmati) berishga haqlidir. Boshqaruvchi tashkilot davlat tashkiloti ham, mulkchilikning boshqa shaklidagi tashkilot ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pudrat shartnomasida qayd etilgan ishlar va xizmatlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi xizmat koʻrsatuvchi pudrat tashkilotining funksiyasi hisoblanadi. Bunda pudrat tashkilotlari roʻyxatdan oʻtkazish hisobga olish funksiyalarini, pasport-hisobga olish ishlarini, aholidan toʻlov yigʻishni, imtiyozlar va subsidiyalarni rasmiylashtirishni boshqaruvchi tashkilotga (buyurtmachi xizmatiga), fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga bergan holda bu ishlardan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu mexanizmni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida barcha uy-joylardan foydalanish tashkilotlarini, ularga davlat mulki boʻlgan mol-mulkni xoʻjalik maqsadlarida yuritish huquqini bergan, keyinchalik mana shu asosda boshqaruvchi va pudrat tashkilotlari tuzgan holda, birinchi navbatda xoʻjalik hisobiga oʻtkazish tugallanadi. Buyurtmachi va pudratchi funksiyalarini ajratishni asosan 2000-yilda tugallash nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkka mulkchilik shakllarining koʻp xilliligini shakllantirish masalalarida ham uy-joy, ham uylardagi turar joy boʻlmagan binolar mulkdorlarini birlashtiruvchi uy-joylar mulkdorlari shirkatlari (kondominiumlar) tashkil etishga birinchi navbatda eʼtibor beriladi. Umumiy foydalaniladigan joylar (zinapoyalar, yoʻlaklar, yertoʻlalar, tom, liftlar, uy atrofidagi hududdagi binolar va imoratlar) va uylarga tutash yer uchastkalari koʻrsatib oʻtilgan shirkatlarning ulushli mulki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joylar mulkdorlari shirkatlari mulkdorlarning ulushli mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish boʻyicha huquqlari amalga oshirilishini, shirkatning har bir aʼzosining uning mulki hisoblangan turar joy va (yoki) turar joy boʻlmagan binolar umumiy maydoni hajmiga mutanosib ravishda harajatlarda qatnashishi asosida umumiy foydalaniladigan joylarga xizmat koʻrsatilishi va ularni tuzatishni mablagʻ bilan taʼminlashga daʼvat etilgandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlar uy-joy-kommunal munosabatlarda shartnomalar (kontraktlar)ning ahamiyatini keskin oshirish, ustun darajada tanlov asosida iqtisodiy asoslangan tariflar va narxlarni shakllantirishni taʼminlash imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyada “Uy-joylar mulkdorlari shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ishlab chiqish moʻljallanmoqda. Ushbu Qonunning qabul qilinishi oʻzlariga tegishli mulkni boshqarishda va unga xizmat koʻrsatishda va sifatli xizmatlarga imkoni boricha pastroq narxlarda haq toʻlashda resurslardan oqilona foydalanishdan manfaatdor boʻlgan shirkatlar tuzilishini tashkil etish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy fondini boshqarish va unga xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirishga oid koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlarning hayotga joriy etilishi davlat hokimiyati va oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. XUSUSIYLASHTIRISH, MONOPOLIYADAN CHIQARISH VA RAQOBAT MUHITINI RIVOJLANTIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng maqbul narxlar boʻyicha bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlarning zarur hajmi va sifatini taʼminlash, xizmat koʻrsatuvchilar monopol mavqeyining salbiy oqibatlarini bartaraf etish imkonini beruvchi kommunal munosabatlarda raqobat muhiti yaratilishi kommunal xizmat koʻrsatishni isloh qilishning muhim yoʻnalishi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu vazifalar hal etilishini quyidagi yoʻllar bilan taʼminlash nazarda tutilmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq korxonalarini monopoliyadan chiqarish chora-tadbirlarini kuchaytirish bilan birgalikda ularni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joylar mulkdorlari va boshqaruvchi tashkilot (buyurtmachi) tomonidan uy-joy-kommunal maqsadlardagi obyektlarga xizmat koʻrsatishga va ularni rivojlantirishga buyurtmalar berish, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, pudrat tashkilotlarini kommunal xizmatlar koʻrsatishga tenglik asosida jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun shartnomalar asosida hisob-kitob qilish tizimini tashkil etish, shuningdek shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun iqtisodiy va maʼmuriy jazolarni qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kommunal xizmat koʻrsatish tizimi ayrim kichik tarmoqlari obyektlarini xususiylashtirishga yondashuvlar ularning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoqning ayrim faoliyat sohalarida hozirning oʻzidayoq raqobatni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar mavjuddir. Bunday sohalarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy fondiga va shahar obodonchiligi obyektlariga (yoʻl-koʻprik xoʻjaligi, koʻkalamzorlashtirish va irrigatsiya, hududlarni sanitariya jihatidan tozalash va boshqalar) xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmat koʻrsatishning muqobil shakllaridan foydalanuvchi tashkilotlar, shu jumladan obyektlarning tarmoqli muhandislik infratuzilmasi bilan bogʻliq boʻlmagan hayot taʼminotining avtonom tizimlari (lokal bugʻ qozonxonalari, idishlardan va gaz ballonidan gaz bilan taʼminlash va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xoʻjaligi obyektlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarning ayrim turlarini bajaruvchi korxonalar (tarmoqlarni tuzatish va tozalash, axlatlarni yigʻishtirish, lift xoʻjaligini ishlatish va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy-kommunal maqsadlardagi obyektlarni rivojlantirish boʻyicha loyiha-qidiruv, tuzatish-qurilish va qurilish-montaj ishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu soha tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni jadallashtirish tanlov asosida tegishli shartnomalar tuzishda ularning real teng huquqliligini taʼminlash vazifasi turibdi. Birinchi navbatda joriy yildayoq uy-joy fondini mukammal tuzatish sohasida band boʻlgan tuzatish qurilish tashkilotlarini xususiylashtirish, 1999-yilda esa qolgan tashkilotlarni xususiylashtirish tugallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy monopoliyaga tegishli boʻlgan issiqlik, suv taʼminoti, kanalizatsiya korxonalari va raqobat muhiti yaratish imkoniyati gʻoyat cheklangan monopol korxonalar hisoblanuvchi gaz taʼminoti korxonalari boshqa toifani tashkil etadi. Ushbu va shunga oʻxshash korxonalarni maxsus dastur boʻyicha xususiylashtirish nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar ushbu dasturga asos qilib olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi taʼsir koʻrsatish usullarini saqlab qolgan holda maqbul narxlar boʻyicha zarur sifatdagi xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish, har yilgi auditorlik tekshirishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalarni taqsimlashda ehtimol tutilgan albatta turdosh korxonalarni jalb qilgan holda aksiyalarning nazorat paketini amaldagi tartib doirasida asosiy mulkdorda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy, energetika, moliyaviy va mehnat resurslari xarajatlari normativlari tizimidan foydalangan holda narxlar va tariflarni belgilash tartibi orqali narx belgilashni tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolari asosida kommunal xizmatlar koʻrsatishning ayrim bosqichlarida (kapital tusdagi mavsumiy tuzatish ishlari, qishki va materiallar xarid qilish va boshqalar) raqobat muhitini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminoti, suv ajratish yoki issiqlik shoxobchalari tizimini ishonchli boshqarishga boshqaruvchi tashkilotni tanlov asosida jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy sarmoyani jalb qilgan holda birgalikda xoʻjalik yuritish asosida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati mahalliy organlariga aksiyadorlik jamiyatlarining ustav sarmoyasidagi davlat ulushini boshqarish huquqini berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan boshqaruvchi tashkilot bilan ishonchli boshqaruv yuzasidan shartnoma tuzilishi monopol tizimlardagi raqobat muhitini rivojlantirish yoʻllaridan biri boʻlishi mumkin. Unda shartnomaning amal qilish vaqtida tashkilot faoliyati yuzasidan maqsadli yoʻnalishlar belgilanadi. Boshqaruvchi tashkilot, odatda, koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish bilan bogʻliq majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi. Ushbu xizmatlar yo natura koʻrsatkichlari koʻrinishida, yoxud normativlar koʻrinishida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlar sifati standartlarini aks ettiruvchi indikatorlar koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda tarif siyosatini belgilash ishonchli boshqaruv shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli boshqaruvga ham mamlakatimizning, ham chet elning firmalari odatda tanlov asosida jalb qilinishi mumkin. Xorijiy kompaniyalar jalb qilinishidan oldin iqtisodiyotning ushbu sohasida milliy manfaatlarni himoya qilish uchun zarur huquqiy baza ishlab chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH VA NAZORAT QILISHNING TAʼMINLANISHI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar uy-joy-kommunal munosabatlar sohasida davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqni isloh qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish uchun qulay sharoitlar yaratuvchi tegishli meʼyoriy-huquqiy va uslubiy negizni shakllantirish, ushbu hujjatlarga kommunal munosabatlar barcha ishtirokchilarining majburiy rioya qilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy-kommunal xizmatlar koʻrsatish sohasida shartnoma munosabatlariga oʻtish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy-huquqiy va moliyaviy-iqtisodiy mustaqilligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat muhitini yaratishning taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqish, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarning xizmatlar koʻrsatishda teng huquqli ishtirokini taʼminlash, ana shu asosda narx belgilash siyosatini shakllantirish ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan kommunal korxonalar ixtisosining oʻzgarishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu sohada faoliyatning ayrim turlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaviy munosabatlar doirasida uy-joy-kommunal xizmatlar isteʼmolchilariga belgilangan standartlar darajasida kafolatli xizmat koʻrsatish taʼminlanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy xizmat koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar isteʼmolchilarining isteʼmol normativlari va ustuvor guruhlarini va koʻrsatiladigan xizmatlarning eng kam darajasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni shakllantirish uchun xarajatlar va foyda hisob-kitobi holisligini baholash yoʻli bilan monopolist korxonalar tomonidan kommunal xizmatlarga tariflar belgilanishini nazorat qilish, ushbu ishda barcha manfaatdor tomonlarning ishtirokini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv, issiqlik, gaz va boshqa energiya manbalarini yakka tartibda hisobga olish va ularning sarfini tartibga solish priborlarini joriy etish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy-maqsadli yondashuvlar, tarkibiy qayta oʻzgartirishlar, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlashni bosqichma-bosqich qisqartirish, chuqur oʻylangan soliq siyosatini oʻtkazish, investitsiyalarning muqobil manbalarini, shu jumladan xorijiy investorlar investitsiyalarini keng jalb qilish asosida tarmoqning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzurida hududiy tuzilmalarga ega boʻlgan Davlat uy-joy inspeksiyasi tashkil etish moʻljallanmoqda. Unga quyidagi asosiy vazifalar yuklanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joylar va kommunal obyektlar muhandislik tarmoqlari asbob-uskunalarini muntazam koʻrikdan oʻtkazish va ulardan foydalanish sifatini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyga va uy atrofidagi hududga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va umumiy foydalaniladigan joylar oʻz vaqtida va sifatli tuzatilishini, isteʼmolchiga kommunal xizmatlar koʻrsatilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joylar binolari mulkdorlari, uy-joy-kommunal tashkilotlar bilan energiya resurslarini (suv, gaz, elektr va issiqlik energiyasi va boshqalar) yetkazib beruvchi korxonalar oʻrtasidagi shartnomalar (kontraktlar) boʻyicha majburiyatlar bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joylar mulkdorlari va kommunal-foydalanish korxonalarining uy-joylardan foydalanish, kommunal xizmatlar sifati va energiya manbalari masalalari boʻyicha shikoyatlari, arizalarini koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kommunal xizmat koʻrsatishning oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlashga oʻtishi sharoitlarida dotatsiyani bosqichma-bosqich qisqartirish asosida tarmoqni mablagʻ bilan taʼminlash tizimini takomillashtirishga asosiy ahamiyat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy budjetning ahamiyati oshib borayotgan bir sharoitda kommunal xizmat koʻrsatishni budjet tomonidan qoʻllab-quvvatlashning asosiy yoʻnalishlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqni rivojlantirishning davlat dasturlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalararo va magistral kommunal infratuzilma tizimini, yirik va muhim inshootlar va obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya taʼminotining muqobil manbalarini rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy eʼtibor joylarda tarmoqni rivojlantirishni mablagʻ bilan taʼminlashning, eng avvalo kommunal xizmatlardan foydalanuvchilarning toʻlov intizomini mustahkamlash asosida budjetdan tashqari manbalarini, shuningdek mablagʻ bilan taʼminlashning muqobil manbalarini, ayniqsa uzoq muddatli kreditlarni, shu jumladan xorijiy kreditlarni jalb qilishga qaratilishi keraq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy-kommunal xizmatlarga haq toʻlash uchun uy atrofidagi hududdan binolarning yertoʻlalaridan va umumiy foydalaniladigan boshqa joylardan foydalanishdan uy-joy mulkdorlari daromadlarini shakllantirish tizimi rivojlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng yaqin vaqtlar ichida tegishli ravishda mablagʻ bilan taʼminlash manbalarini aniqlagan holda tarmoqning asosiy fondlarini, ayniqsa uy-joy fondini saqlash va mukammal tuzatishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoqda energiya taʼminoti masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Quyidagilar uning asosiy yoʻnalishlari boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqlik energetikasi, texnologik va asbob-uskunalarning boshqa turlari samaradorligini, energiya manbalarini uzatish va taqsimlashni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy binolarining toʻsuvchi konstruksiyalarining issiqlikni saqlash xususiyatlarini kuchaytirish va qurilishda issiqlikni oʻtkazish xususiyatlari past boʻlgan konstruksiyalar qoʻllanilishini cheklash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobga olish priborlari, yuqori sifatli sanitariya-texnika uskunalari, shu jumladan berkitish uskunalari, samarali suv taqsimlash priborlari ishlab chiqarilishini va hamma joyda qoʻllanilishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmol qilinayotgan energiya manbalari va suvni yakka tartibda hisobga olish va sarflanishini tartibga solish priborlari birinchi navbatda koʻp kvartirali uy-joylarning kirish joylarida joriy etiladi. Keyinchalik ular bilan har bir xonadonni yoki yakka tartibdagi uyni jihozlash, dispetcherlik boshqaruvining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish koʻzda tutilmoqda, bu tegishli resurslardan foydalanishni hisobga olish bilan bir qatorda ularni taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonini maqbullashtirish, boshqaruvning barcha darajalari uchun axborot tarqatish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. UY-JOY-KOMMUNAL XIZMATLARGA HAQ TOʻLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kommunal xizmat koʻrsatishni isloh qilishda tarmoqning oʻzini oʻzi moliyaviy taʼminlashga asta-sekin oʻtishi doirasida tariflarni bosqichma-bosqich oʻzgartirish koʻzda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda uy-joylarni saqlash va kommunal xizmatlar koʻrsatish uchun aholi tomonidan toʻlanadigan xarajatlar ulushini bosqichma-bosqich koʻpaytirishga quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya manbalarini hisobga olish priborlarini hamma joyda joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajaruvchilarni tanlov asosida tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamma joyda mehnatga ishbay asosida haq toʻlashga oʻtish, maʼmuriy-boshqaruv va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar sonini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopol korxonalar tariflarini tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi real daromadlari oʻsishini hisobga olish bilan ayni bir vaqtda xizmatlarning sifat standartlarini taʼminlash asosida ushbu xarajatlarni nisbatan kamaytirish hisobiga erishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilarni hisobga olgan holda uy-joy-kommunal xizmatlarga tabaqalashtirilgan haq toʻlash tizimini shakllantirish koʻzda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyning joylashgan oʻrni, obodonlashtirilganligi va sifati, shuningdek uy-joy maydonining ijtimoiy normasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bittadan ortiq kvartiraga ega boʻlgan ijarachilar va mulkdorlar tomonidan uy-joyni saqlash va kommunal xizmatlar uchun toʻliq miqdorda haq toʻlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joylarga haq toʻlash sohasidagi siyosatni belgilashda respublika standartlari tizimiga muhim oʻrin beriladi, quyidagilar ularning asosiylari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini uy-joy bilan taʼminlashning sanitariya va ijtimoiy normalari asosida belgilanadigan uy-joy maydoni ijtimoiy normasi standarti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy umumiy maydonining 1 kvadrat metriga va oilaning bir aʼzosiga uy-joy-kommunal xizmatlar koʻrsatish qiymati standarti, u uy-joy-kommunal xizmatlarning quyidagi zarur turlari asosida belgilanadi: uy-joyni saqlash va tuzatish, jumladan, asosli tuzatish, issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti, kanalizatsiya, gaz taʼminoti, elektr energiyasi taʼminoti, shuningdek, respublika mintaqalari boʻyicha uy-joy-kommunal xizmatlar koʻrsatishning vujudga kelgan oʻrtacha cheklangan qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlar va uy-joy fondi uchun xarajatlarni qoplashga aholi toʻlovlari tartibga solinadigan uy-joy-kommunal xizmatlarning barcha turlari uchun xarajatlarni qoplashda aholi toʻlovlarining standart ulushi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. AHOLINING IJTIMOIY HIMOYA QILINMAGAN QATLAMLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASHNING ANIQLIGINI OSHIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy-kommunal xoʻjaligini isloh qilishda quyidagilar aholini ijtimoiy himoya qilish siyosatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq monopol-korxonalarining uy-joy-kommunal xizmatlarga xarajatlarining iqtisodiy asoslanganligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatish va uy-joy-kommunal xizmatlar koʻrsatish shartnomalarida koʻzda tutilgan xizmatlarning sifati asossiz ravishda pasayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maydoni boʻyicha ijtimoiy normadan ortiq boʻlgan uy-joydan va kommunal xizmatlardan normadan ortiq foydalanganlik uchun stavkalar va tariflar darajasiga rioya etilishini nazorat qilishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kommunal xizmat koʻrsatishning koʻrsatiladigan xizmatlarga haq toʻlashning bozor prinsiplariga oʻtish, uning yuklamasini asta-sekin aholi hisobiga koʻpaytirgan holda, kam taʼminlangan oilalar uchun uy-joy-kommunal xizmatlar qiymatining oshishini koʻrsatib oʻtilgan toifaga fuqarolarning mahalla, qishloq, shaharcha va ovul yigʻinlari orqali moddiy yordam berish yoʻli bilan qisman qoplashni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu chora-tadbirlarning samaradorligi quyidagilarni taʼminlovchi tegishli tartib bilan taʼminlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu fondlardan maqsadli foydalanishni, ularning turli hisoblanishini, ularning asossiz tayinlanishiga yoki rad etish hollariga yoʻl qoʻymaslikni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan xizmatlarga haq toʻlashdan bosh tortgan shaxslarga iqtisodiy va jamoat taʼsirining amaliy mexanizmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati oʻtib ketgan qarzlari boʻlgan fuqarolarga, ularning ushbu qarzlarni kelishilgan muddatlarda toʻlashga roziligi boʻlgan taqdirda uy-joy-kommunal xizmatlarga haq toʻlash boʻyicha kompensatsiyani rad etishga yoʻl qoʻymaydigan tartibotlarni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xuddi shu maqsadlarda joylarda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari, uy-joy inspeksiyalari xodimlari, yuristlar, joylardagi davlat hokimiyati organlari vakillaridan iborat tarkibda uy-joy masalalari boʻyicha jamoatchilik komissiyalari tuzish nazarda tutilmoqda. Ularga kompensatsiya berish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, qarzdorlarga uy-joy-kommunal xizmatlar uchun haq toʻlash yuzasidan samarali taʼsir koʻrsatish, fuqarolarni asoslanmagan sanksiyalardan himoya qilish, fuqarolarga malakali maslahat, shu jumladan uy-joyni almashtirish masalalari boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatish yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika standartlarining joriy etilishi quyidagilar asosida fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy-kommunal xizmatlarga haq toʻlash yuzasidan imtiyozlar berish siyosatini qayta koʻrib chiqishni, tartibga solishni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy-kommunal xizmatlarga haq toʻlash yuzasidan kompensatsiyani mazkur imtiyozni olish huquqiga ega boʻlgan shaxs, hamda uni qaramogʻida boʻlgan shaxslar olishi uchun imkoniyat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boqimandalikka, uy-joy-kommunal xizmatlarga haq toʻla yuzasidan imtiyozga ega shaxs hisobiga oʻz moddiy ahvolini yaxshilashga intilishga yoʻl qoʻymaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. KONSEPSIYANI AMALGA OSHIRISH BOSQICHLARI:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I-bosqich — 1998 - 1999-yillar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur qonunchilik asosini yaratish, “Uy-joylar mulkdorlar shirkati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi, uy-joy-kommunal munosabatlarni tartibga soluvchi zarur normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga va boshqa isteʼmolchilarga kommunal xizmatlar koʻrsatish, xizmatlar koʻrsatuvchilarning barcha darajasida shartnoma munosabatlariga oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmat koʻrsatishning ayrim tarmoqlarini monopoliyadan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obodonlashtirish obyektlarini va tuzatish-qurilish tashkilotlarini xususiylashtirishni nihoyasiga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarajatlar darajasini pasaytirishni hisobga olgan holda narxlarni shakllantirishni takomillashtirish, uy-joy-kommunal xizmatlar koʻrsatish yuzasidan tariflar asoslanganligini va darajasini nazorat qilish boʻyicha chora-tadbirlar tizimi amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha koʻp kvartirali uylarga suv, gaz va boshqa energiya manbalarini olib kirish joylarida ularni hisobga olish va sarflanishini tartibga solish priborlarini oʻrnatish ishlarini keng koʻlamda amalga oshirish, bu priborlarning yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan va asosli tuzatilgan uylar har bir kvartirasida oʻrnatilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzurida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida tegishli boʻlinmalari boʻlgan Davlat uy-joy inspeksiyasini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud uy-joy binolarini rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va asosli tuzatish boʻyicha maqsadli respublika dasturini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy-kommunal tizimini boshqarish va xizmat koʻrsatish tashkilotlarida ishlash uchun kadrlarni qayta oʻqitishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-bosqich — 2000—2004-yillar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv va xizmat koʻrsatish funksiyalarini ajratishni nihoyasiga yetkazish, xizmat koʻrsatish, uy-joy fondini tuzatish va unga xizmat koʻrsatish korxonalarini tanlov asosida tanlab olish amaliyotidan keng foydalanish. Tanlov asosida xizmat koʻrsatiladigan uy-joy fondi ulushini 70 foizgacha yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarishning ustuvor shakli sifatida uy-joylar mulkdorlari shirkatlarini tashkil etish va yanada rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar uy-joy-kommunal infratuzilmasini rivojlantirish uchun investitsiyalarning turli manbalaridan foydalangan holda kredit mablagʻlarini jalb qilish mexanizmini keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir kvartirada suv, gaz va energiyaning boshqa manbalarini hisobga olish priborlari oʻrnatilishini asosan tugallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyni tuzatish, saqlash va kommunal xizmatlar uchun aholi tomonidan toʻliq haq toʻlashga oʻtish.