Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BIRJADAN TAShQARI VALYUTA BOZORINI MUSTAHKAMLAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va ichki bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1999-yil 1-yanvardan boshlab vaqtincha, bir yil muddatga, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha korxonalar uchun, markazlashtirilmagan eksportdan olingan valyuta tushumining 50 foizi vakolatli banklarga majburiy ravishda sotilishi belgilab qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 1999-yil 1-yanvardan boshlab markazlashtirilgan eksportdan (paxta tolasidan tashqari) olingan barcha valyuta tushumini majburiy ravishda sotish, markazlashtirilmagan eksportdan olingan valyuta tushumining 50 foizini majburiy ravishda sotish, shuningdek korxonalar tomonidan oʻz valyuta mablagʻlarini birjadan tashqari valyuta bozorida sotish toʻlov kunida birjadan tashqari valyuta bozoridagi sotib olish kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli banklari valyuta mablagʻlarining oʻz vaqtida sotib olinishini taʼminlasinlar.
Valyuta tushumining 50 foizini majburiy ravishda sotishdan olingan valyuta resurslari 1999-yilda oziq-ovqat tovarlarini barqaror import qiluvchi Markaziy bankning litsenziya egalariga konvertatsiyaga, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun isteʼmol tovarlarini tender asosida xarid qilishga yoʻnaltirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini mustahkamlash va “Soʻm-kupon”ning xarid quvvatini oshirish borasida kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 11-apreldagi 195-son qarori 9-bandining 3-xatboshi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 8-sentabrdagi 384-son qarori 1-bandi a) kichik bandining 4-xatboshi.
8. Respublika vazirliklari va idoralari idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 26-dekabr,
538-son