Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 1-iyuldagi PF-2010-son Farmonining 7-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining quyidagi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini mustahkamlash va “Soʻm-kupon”ning xarid quvvatini oshirish borasida kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 11-apreldagi 195-son qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilab qoʻyilsinki, 1998-yil 1-iyuldan boshlab:
paxta tolasini markazlashtirilgan tartibda eksport qilishdan tushgan valyuta tushumini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki majburiy ravishda sotish Markaziy bankning toʻlov kunidagi Rasmiy kursi boʻyicha amalga oshiriladi;
markazlashtirilgan tartibdagi boshqa eksportdan tushgan valyuta tushumini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy ravishda sotish, shuningdek markazlashtirilmagan eksportdan tushgan valyuta tushumining 30 foizini majburiy ravishda sotish hamda korxona tomonidan boʻsh valyuta mablagʻlarini birjadan tashqari valyuta bozoridagi sotib olish kursi boʻyicha amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
b) Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1997-yil 17-iyundagi 310-son qarori 1-bandining “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 8-sentabr,
384-son