20.01.2026 yildagi PQ-20-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi oʻrtasida oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni barvaqt aniqlash, ularga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarni yangi bosqichga olib chiqish orqali erta oʻlim va nogironlik holatlarini kamaytirish, bemorlarni sogʻlomlashtirish hamda reabilitatsiya qilish tizimini yaratish, shuningdek, aholiga kardiologik va nevrologik yordam koʻrsatishni takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash, bemorlarni davolash hamda reabilitatsiya qilishning yangi usullarini joriy qilishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) aholi oʻrtasida oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar xavf omillari hamda ularni bartaraf etish boʻyicha profilaktik tadbirlar haqidagi maʼlumotlarni keng targʻib qilish orqali ularning xabardorlik darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 30 yoshdan oshgan aholini oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar boʻyicha takomillashtirilgan maqsadli tibbiy tekshiruvlar bilan toʻliq qamrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) shoshilinch holatlarda yurak va bosh miya qon tomirlari endovaskulyar amaliyotlari uchun sarflov vositalari hamda tromb erituvchi dori vositalari bilan qamrovni 100 foizga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklardan keyingi nogironlikni 30 foizga, erta oʻlim holatlarini 15 foizga qisqartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2026-yil 1-maydan boshlab xalqaro dasturlar (“Stent for Life” va “Action Plan for Stroke”) asosida ishlab chiqilgan Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi (keyingi oʻrinlarda — Milliy dastur) 1-ilovaga muvofiq hududlarda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Milliy dastur doirasida oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash, davolash va shoshilinch holatlarda tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi tizim joriy qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni barvaqt aniqlash maqsadida 30 yoshdan oshgan aholi oʻrtasida yiliga bir marta maqsadli tibbiy tekshiruvlar oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon tomir kasalliklari markazlarida tunu kun faoliyat yurituvchi infarkt va insult brigadalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) oʻtkir yurak-qon tomir kasalliklari va bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi holatlarida bemorlarga shoshilinch ixtisoslashgan tibbiy xizmat koʻrsatish algoritmlari amaliyotga joriy qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) xalqaro standartlar asosida bemorlarning klinik marshrutlari (clinical pathways) ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) tez tibbiy yordam brigadalari sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilish imkoniyatiga ega telemetrik elektrokardiograf (keyingi oʻrinlarda — T-EKG) hamda monitorli defibrillyatorlar bilan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) shifoxonalar shoshilinch holatlarda oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga chalingan bemorlarda jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun tromb erituvchi dori vositalari va sarflov vositalari bilan toʻliq taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) oʻtkir yurak-qon tomir kasalliklari va bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi holatlarida bemorlarga shoshilinch statsionar tibbiy xizmat koʻrsatishga nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan oʻtkir yurak-qon tomir kasalliklari va bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi holatlarida koʻrsatilgan shoshilinch va rejali tibbiy xizmatlar belgilangan tartibda Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) shifoxonalarda tibbiy xizmatlar tasdiqlangan tashxislash va davolash standartlari hamda klinik protokollar asosida koʻrsatilishi ustidan nazorat Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(l) tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon tomir kasalliklari markazlariga biriktirilgan tuman va shaharlardan shoshilinch holatlarda murojaat qilgan bemorlarga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar xarajatlari Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(m) shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatishda belgilangan tartibga rioya etilmagan hollarda xarajatlar Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilmaydi hamda xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot tashkilotining oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Milliy dastur doirasida oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni davolashda tibbiy xizmatlar xalqaro standartlarga muvofiq vaqt meʼyorlariga qatʼiy rioya etgan holda koʻrsatilishi taʼminlansin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga chalingan bemorlarga “oltin soat” tamoyili asosida shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatish tashkil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tez tibbiy yordam xizmati tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar algoritmi va bemorning ixtisoslashgan tibbiy xizmat koʻrsatuvchi muassasagacha boʻlgan klinik marshruti vaqt meʼyorlari asosida tashkil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari hamda statsionar tibbiyot muassasalari tomonidan aholini maqsadli tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazish va bemorlarning klinik marshrutlarini tashkil qilishda vaqt meʼyorlari inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aholi oʻrtasida oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar xavf omillari, ularni bartaraf etish boʻyicha profilaktik tadbirlar hamda sogʻlom turmush tarziga rioya qilish yuzasidan quyidagi targʻibot ishlari tizimli yoʻlga qoʻyilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) “Hoziroq harakatlan — hayotni saqlab qol!” mavzusida ijtimoiy roliklar namoyish qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) infografika, animatsiya va hayoti saqlab qolingan bemorlar haqidagi qisqa metrajli videoroliklarni joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) bozor va savdo markazlari yaqinida bilbord va bannerlar oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) taʼlim tashkilotlari, yirik korxona va tashkilotlar hamda mahallalarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) infarkt va insult alomatlarini aniqlash boʻyicha treninglar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) maʼruzalar va seminarlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) “Angels Initiative” xalqaro tashabbus tashkilotining “FAST Neroes” dasturi asosida umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida oʻquvchilar uchun mashgʻulotlar tashkil etilib, ularga insultning dastlabki belgilari va tez tibbiy yordamga murojaat qilish zaruriyatini yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) oilaviy shifokorlar va hamshiralar ishtirokida ommaviy chiqishlar tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) “Daqiqalar hayotni hal qiladi” mavzusida hududlarda tematik haftaliklar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) yoshlar va talabalar oʻrtasida “Infarktga qizil kartochka” tashabbusini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) har yili 29-sentabr — Butunjahon yurak kuni hamda 29-oktabr — Butunjahon insultga qarshi kurashish kuni munosabati bilan qon bosimi, qand va xolesterin miqdorini oʻlchash, infarkt va insultda tez yordam koʻrsatish boʻyicha aholining savodxonligini oshirishga qaratilgan ommaviy tadbirlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturini 2026 — 2030-yillarda amalga oshirish samaradorligini aniqlash koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2026-yil 1-martdan boshlab respublika tibbiyot markazlari mutaxassislari hamda xorijiy ekspertlardan iborat tarkibda oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni davolashda tibbiy xizmat koʻrsatishni muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Kengash) faoliyati yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, Kengash tarkibi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan tasdiqlanadi va Kengashga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tomonidan oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni barvaqt aniqlash boʻyicha oʻtkaziladigan maqsadli tibbiy tekshiruvlarni muvofiqlashtirish hamda uning natijasi asosida bemorlarni davolash ishlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) bemorlarning klinik marshruti amaliyotga joriy etilishini muvofiqlashtirish va shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalariga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar milliy reyestri yuritilishini hamda kasallanish dinamikasini tahlil qilish orqali kasallikni barvaqt aniqlash, tashxislash, davolash va reabilitatsiya qilish ishlarini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) shoshilinch holatlarda yurak va bosh miya qon tomirlari endovaskulyar amaliyotlari uchun sarflov vositalari, tromb erituvchi dori vositalari hamda tibbiy jihozlarga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish va ularni tibbiyot muassasalari oʻrtasida taqsimlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Raqamlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 2026-yil 1-aprelga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimida oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga chalingan hamda xavf guruhiga mansub aholining elektron reyestri yuritilishini hamda individual sogʻlomlashtirish rejasi shakllantirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tez tibbiy yordam xizmati uchun EKG natijalarini sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilish va uni axborot tizimi orqali yuborish hamda tez tibbiy yordam brigadalari va shifoxonalar oʻrtasida real vaqt rejimida maʼlumot almashish imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) barcha serebrovaskulyar kasalliklarga xizmat koʻrsatuvchi statsionar tibbiyot muassasalarida sunʼiy intellekt asosida insultni tashxislash imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga chalingan bemorlarni tashxislash, davolash, dispanser kuzatuviga olish hamda yoʻnaltirish jarayonlarini oʻz ichiga olgan klinik marshrutni raqamlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) tez tibbiy yordam xizmati, hududiy shifoxonalar va respublika tibbiyot markazlaridan iborat teletibbiyotning vertikal bogʻlanish tizimini amaliyotga joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Tibbiyot xodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi 2026-yil 1-martga qadar Samarqand viloyati va Toshkent shahrida, 2026-yil 1-sentabrga qadar bosqichma-bosqich Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tibbiyot brigadalari oilaviy shifokor hamda hamshiralarini — 30 yoshdan oshgan aholini oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash yuzasidan maqsadli tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazish hamda FAST algoritmi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini — oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni tashxislash (infarktda EKG-telemetriya, insultda FAST algoritmi va boshqalar), bemorlarda tromb erituvchi muolajalarni oʻtkazish hamda shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tuman (shahar) markaziy shifoxonalari, tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon tomir kasalliklari markazlari mutaxassislarini — oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga chalingan bemorlarni tashxislash, shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish, davolash hamda erta reabilitatsiya qilish boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarining mutaxassislarini — oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni tashxislash, shoshilinch holatlarda jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish, davolash hamda erta reabilitatsiya qilish boʻyicha qisqa va uzoq muddatli malaka oshirish kurslarida oʻqitilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Qarorda belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilab qoʻyilsinki, Milliy dasturni amaliyotga joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida 30 yoshdan oshgan aholi oʻrtasida yiliga bir marta oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni barvaqt aniqlash boʻyicha maqsadli tibbiy tekshiruvlarni tashkil etish — Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aholi oʻrtasida oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar xavf omillari, ularni bartaraf etish boʻyicha profilaktik tadbirlar hamda sogʻlom turmush tarziga rioya qilish yuzasidan targʻibot ishlari — Salomatlik va strategik rivojlanish institutiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) tibbiyot brigadasi xodimlari oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar yuzasidan maqsadli tibbiy tekshiruvlar hamda FAST algoritmi boʻyicha — tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga ajratilgan mablagʻlar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) tez tibbiy yordam xizmati brigadalari xodimlari — Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) tuman (shahar) markaziy shifoxonalari, tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon tomir kasalliklari markazlari hamda viloyat va respublika darajasidagi shifoxonalar xodimlari — “Angels Initiative” xalqaro tashabbus tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan oʻquv dasturlari asosida Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi va shifoxona mablagʻlari hisobidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Samarqand viloyati va Toshkent shahrida Milliy dasturni amaliyotga joriy qilish uchun quyidagilarga Davlat budjetidan bir oy muddatda mablagʻ ajratilishini taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) tromb erituvchi dori vositalarini xarid qilish uchun — 5 milliard soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon tomir kasalliklari markazlarini bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi holatlarida instrumental tashxislash uchun zarur dori va sarflov vositalari bilan taʼminlashga — 2 milliard soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) Samarqand viloyati va Toshkent shahridagi oʻtkir yurak-qon tomir kasalliklari va bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi holatlarida bemorlarga shoshilinch ixtisoslashgan tibbiy xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalarini stentlash va insultda qon tomir jarrohligi amaliyotlari uchun zarur dori va sarflov vositalari bilan taʼminlashga — 14 milliard soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Samarqand viloyati va Toshkent shahridagi tez tibbiy yordam brigadalarini 5-ilovaga muvofiq T-EKG uskunasi hamda monitorli defibrillyator bilan jihozlashga bir oy muddatda Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 22 milliard soʻm yoʻnaltirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2026-yil 1-iyulga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda Milliy dasturni joriy qilishga Davlat budjetidan quyidagi miqdorlarda mablagʻ ajratsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) tromb erituvchi dori vositalarini xarid qilish uchun — 16 milliard soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon tomir kasalliklari markazlarini bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi holatlarida instrumental tashxislash uchun zarur dori va sarflov vositalari bilan taʼminlashga — 7,5 milliard soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) oʻtkir yurak-qon tomir kasalliklari va bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi holatlarida bemorlarga shoshilinch ixtisoslashgan tibbiy xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalarini stentlash va insultda qon tomir jarrohligi amaliyotlari uchun zarur dori va sarflov vositalari bilan taʼminlashga — 82 milliard soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) tez tibbiy yordami brigadalarini T-EKG hamda monitorli defibrillyator uskunalari bilan jihozlashga — 135 milliard soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 2026-yildan boshlab har yili Davlat budjetidan insultni tashxislashda sunʼiy intellektdan foydalanishni tashkil qilish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) 2027-yildan boshlab har yili:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Davlat budjeti parametrlarida Milliy dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun kamida 280 milliard soʻm mablagʻ rejalashtirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga oʻtkir yurak-qon tomir kasalliklari va bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi holatlarida bemorlarga shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish uchun mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar boʻyicha xalqaro klinik protokollar, tibbiy yordam koʻrsatish marshrutlari hamda standart operatsion muolajalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Milliy dasturni amaliyotga joriy qilish, mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish, xorijiy ekspertlarni jalb qilish va oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarda aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini doimiy baholab borish boʻyicha xalqaro hamkor tashkilotlar hamda xorijiy tibbiyot markazlari bilan hamkorlik dasturlarini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) oʻtkir yurak-qon tomir kasalliklari va bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi holatlarida bemorlarga statsionar tibbiy xizmat koʻrsatuvchi nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun qoʻyiladigan talablarni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda hududiy va respublika darajasidagi tibbiyot muassasalarining bemorlarni kasallikning ogʻirlik darajasi boʻyicha saralaydigan (triaj) tunu kun ishlaydigan shoshilinch qabul boʻlimlari hamda tibbiyot muassasasida shoshilinch holatlarda koʻrsatilgan tibbiy xizmatlarni Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirishni tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalarining shtat meʼyorlarini tibbiy yordam koʻrsatish marshrutlari, tashxislash va davolash standartlarini inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hamda sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarovga Milliy dasturda belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi hamda amaliyotga joriy etilishi boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 20-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-20-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturini hududlar kesimida joriy etish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Muddati

2026-yil

1.

Samarqand viloyati

01.05.2026-yil

2.

Toshkent shahri

01.05.2026-yil

3.

Andijon viloyati

01.10.2026-yil

4.

Namangan viloyati

01.10.2026-yil

5.

Fargʻona viloyati

01.10.2026-yil

2027-yil

6.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

01.01.2027-yil

7.

Buxoro viloyati

01.01.2027-yil

8.

Xorazm viloyati

01.01.2027-yil

9.

Jizzax viloyati

01.04.2027-yil

10.

Sirdaryo viloyati

01.04.2027-yil

11.

Toshkent viloyati

01.04.2027-yil

12.

Qashqadaryo viloyati

01.07.2027-yil

13.

Navoiy viloyati

01.07.2027-yil

14.

Surxondaryo viloyati

01.07.2027-yil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) xalqaro dasturlar (“Stent for Life” va “Action Plan for Stroke”) asosida ishlab chiqilgan boʻlib, aholi salomatligini muhofaza qilish, yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar profilaktikasini jadallashtirish, oʻtkir yurak infarkti va bosh miya insulti kasalliklaridan oʻlim darajasini kamaytirish hamda shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dastur 2026-yil 1-maydan boshlab dastlab Samarqand viloyati va Toshkent shahrida, 2026-yil 1-oktabrdan Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida, 2027-yildan esa bosqichma-bosqich barcha hududlarda amaliyotga joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dastur doirasida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni, oʻtkir yurak infarkti va insult kasalliklarini barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar asoratlari (infarkt va insult) xavfini barvaqt aniqlash maqsadida oilaviy shifokorlar tomonidan Yevropa kardiologlar jamiyati tavsiyasi asosida 30 yoshdan oshgan aholini ikki bosqichli ommaviy va selektiv maqsadli tekshiruvdan oʻtkazish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) birinchi bosqich (savolnoma oʻtkazish) natijasida aniqlangan xavf guruhiga mansub aholi oʻrtasida qon bosimi, qondagi xolesterin va qand miqdorini aniqlash boʻyicha tibbiy tekshiruvlar tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) ikkinchi bosqich natijasi boʻyicha oʻtkir yurak infarkti va insult holati yuzaga kelishi xavfi yuqori va juda yuqori boʻlgan hamda irsiy moyilligi bor (ota-onasida yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar boʻlgan) aholi guruhlari oʻrtasida koʻrsatmaga koʻra instrumental tekshiruvlar (elektrokardiografiya, ultratovush tekshiruvi va doplerografiya, stress-test, tredmil test, tana massasi indeksi (BMI) va tamaki chekish statusi va boshqalar) oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) bemorlarda yurak va bosh miya qon tomirlarini rejali angiografiyasi hamda koʻrsatmaga koʻra stentlash amaliyotlari bajariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) oʻtkir yurak-qon tomir kasalliklariga “oltin soat” tamoyili asosida quyidagi vaqt meʼyorlari boʻyicha shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatishning algoritmlari joriy qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) tez tibbiy yordam xizmatining hududiy “Call-markaz”larida tunu kun faoliyat yuritadigan “Kardiologiya” maslahat postlari tashkil etiladi hamda EKG-telemetriya tizimi joriy qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) yurak-qon tomir kasalliklarida tez yordam xizmati yetib kelib elektrokardiogrammani amalga oshirgungacha boʻlgan vaqt meʼyori (EMS arrival-to-ECG time, FAST) — 10 daqiqagacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) yurak-qon tomir kasalliklarida birinchi tibbiy muloqotdan elektrokardiogramma tahlili va “ST” segmenti koʻtarilishi bilan miokard infarkti tashxisini tasdiqlashgacha boʻlgan vaqt meʼyori (First Medical Contact-to-ECG interpretation) — 10 daqiqagacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) yurak-qon tomir kasalliklarida “ST” segmenti koʻtarilishi bilan miokard infarkti tashxisi aniqlangandan keyin hududiy darajadagi shifoxonaga yoʻnaltirishgacha boʻlgan vaqt meʼyori — 10 — 15 daqiqagacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “ST” segmenti koʻtarilishi bilan miokard infarktida tez tibbiy yordam xizmati tomonidan bemorni jarrohlik amaliyoti oʻtkazilishi lozim boʻlgan shifoxonagacha yetkazish uchun vaqt meʼyori — 90 daqiqagacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vi) bemorda “ST” segmenti koʻtarilishi bilan miokard infarkti tashxislangandan soʻng hududiy darajadagi shifoxonalarda jarrohlik amaliyoti boshlangungacha boʻlgan vaqt meʼyori — 120 daqiqadan 12 soatgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) oʻtkir serebrovaskulyar kasalliklarga “oltin soat” tamoyili asosida quyidagi vaqt meʼyorlari boʻyicha shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatishning algoritmlari joriy qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) serebrovaskulyar kasalliklarda tez yordam xizmati yetib kelib “FAST” algoritmini qoʻllagungacha boʻlgan vaqt meʼyori (EMS arrival-to-ECG time, FAST) — 10 daqiqagacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) serebrovaskulyar kasalliklarda “FAST” baholash mezoni asosida insult tashxisi aniqlangandan keyin tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon tomir kasalliklari markazlariga yoʻnaltirish qarorlari qabul qilishgacha boʻlgan vaqt meʼyori — 10 — 15 daqiqagacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) insult holatlarida tez tibbiy yordam xizmati tomonidan bemorni tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon tomir kasalliklari markazlarigacha yetkazish uchun vaqt meʼyori — 60 daqiqagacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) insult holatlarida tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon tomir kasalliklari markazlarida instrumental tekshiruv oʻtkazish (kompyuter angiografiyasi), tromb eritish terapiyasini boshlash hamda hududiy darajadagi shifoxonaga yoʻnaltirish qarorlarini qabul qilishgacha boʻlgan vaqt meʼyori — 45 daqiqagacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) insult holatlarida shifoxonalarda jarrohlik amaliyoti boshlangungacha boʻlgan vaqt meʼyori — 4,5 — 6 soatgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga quyidagi ixtisoslashgan tibbiy xizmat koʻrsatish tizimi joriy qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon tomir kasalliklari markazlarida tunu kun faoliyat yurituvchi infarkt va insult brigadalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi, ushbu markazlar tromb erituvchi dori vositalari hamda insultda instrumental tashxislash uchun dori va sarflov vositalari bilan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) hududiy darajadagi shifoxonalarda navbatchilik brigadalari tashkil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) tez tibbiy yordam brigadalari va shifoxonalar oʻrtasida maʼlumot almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi hamda tez tibbiy yordam brigadalari uchun telefon orqali shifoxona qabul boʻlimlari navbatchi shifokorlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlanish imkoniyatlari yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) hududiy darajadagi shifoxonalar oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni shoshilinch holatlarda samarali davolash uchun tromb erituvchi dori vositalari va sarflov vositalari bilan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) shifoxonalarda oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni davolashning xalqaro standart hamda klinik protokollari amaliyotga joriy qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vi) oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni erta reabilitatsiya qilish imkoniyatlari yaratiladi hamda asoratlarning oldini olishga qaratilgan reabilitatsiya tadbirlari statsionar sharoitda kasallikning 0 — 7 kunidan boshlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vii) tuman (shahar) markaziy shifoxonalarida reabilitatsiya boʻlimlari tashkil qilinib, bemor maxsus reabilitatsiya dasturlari orqali sogʻlomlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(viii) ambulator reabilitatsiya tadbirlari oilaviy shifokorlar tomonidan reabilitolog shifokorlar bilan hamkorlikda tashkil qilinadi hamda bemorlarning turmush tarzini yaxshilash, faoliyatini tiklash boʻyicha dasturlar asosida ular davomli sogʻlomlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tibbiyot xodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda bosqichma-bosqich quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) oilaviy shifokorlar tomonidan 30 yoshdan oshgan aholi orasida yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar xavfini barvaqt aniqlash maqsadida ularda maqsadli tekshiruvlarini oʻtkazish koʻnikmalari, shuningdek, insultni erta aniqlashda “FAST” algoritmidan foydalanish tajribasi shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tez tibbiy yordam brigadalarining infarktda EKG tahlili hamda telemetriyadan foydalanish, tromb erituvchi terapiyani amalga oshirish, insult holatlarida esa “FAST” algoritmi orqali kasallikni erta tashxislash koʻnikmalari takomillashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tuman (shahar) markaziy shifoxonalari, tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon tomir kasalliklari markazlari hamda hududiy darajadagi tibbiyot muassasalari mutaxassislari oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga chalingan bemorlarni tashxislash, shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish, davolash hamda erta reabilitatsiya qilish boʻyicha qisqa hamda uzoq muddatli kurslarda oʻqitiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) hududiy darajadagi shifoxonalar shifokorlari yuqori texnologiyali jarrohlik usullari, jumladan, stentlash hamda trombektomiya amaliyotlarini bajarish boʻyicha tayyorlanadi (qayta tayyorlanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) respublika markazlarida tibbiyot xodimlari malakasini oshirish uchun milliy klinik simulyatsiya markazlari tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) har yili kamida 10 nafar neyrointervensionist hamda neyroreanimatolog mutaxassislarni tayyorlash (qayta tayyorlash) maqsadida tibbiyot xodimlari Yaponiya va Yevropa Ittifoqi davlatlariga oʻqishga yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) Dastur joriy qilingan hududlarda mahalliy mutaxassislarni tayyorlash uchun xorijiy mutaxassislar (neyrointervensionist va neyroreanimatolog) jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sohaga sunʼiy intellektni joriy qilish boʻyicha quyidagilar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tez tibbiy yordam xizmati tomonidan EKG natijalarini sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilish tizimi joriy qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) statsionar tibbiyot tashkilotlari tomonidan insultni tashxislashda sunʼiy intellektdan foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) barcha darajadagi statsionar tibbiyot tashkilotlari oʻrtasida teletibbiyot xizmatlarini joriy qilish orqali infarkt va insult holatlari hamda bemorlar marshruti muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dasturni amalga oshirish natijasida 2030-yil yakuniga qadar quyidagi asosiy maqsadli koʻrsatkichlar va indikatorlarga erishish kutilmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) infarkt va insultdan gospital oʻlimni 40 foizgacha, shifoxonagacha boʻlgan oʻlimni 30 foizgacha qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) infarkt va insultdan keyingi nogironlikni 30 foizgacha qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “oltin soat”da shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish qamrovini oʻtkir koronar sindrom holatlarida 90 foizgacha va ishemik insult holatlarida 20 foizgacha yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) tez tibbiy yordam brigadalarini T-EKG va monitorli defibrillyator uskunalari bilan toʻliq taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) oilaviy shifokorlar, tez yordam brigadalari shifokorlari, reabilitologlar va hududiy shifoxona shifokorlarining malakasini kompleks ravishda oshirish, shu jumladan, har yili kamida 10 nafar mutaxassisni xorijiy tajriba asosida tayyorlash (qayta tayyorlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) tuman (shahar) markaziy shifoxonalarida reabilitatsiya boʻlimlari tashkil etish, statsionar va ambulator reabilitatsiya tizimini toʻliq yoʻlga qoʻyish orqali infarkt va insultdan keyingi reabilitatsiya qamrovini 100 foizgacha yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) EKG natijalarini sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilish tizimini joriy etish, insult tashxisida sunʼiy intellektdan foydalanish hamda barcha darajadagi shifoxonalar oʻrtasida teletibbiyot xizmatini toʻliq ishga tushirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan har yil yakunida Dasturda belgilangan tadbirlarning ijrosi, erishilgan natijalar hamda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tahliliy maʼlumot va takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritilib, jamoatchilikka eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

1.

Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklariga chalingan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish marshrutlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

1. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, taʼlim muassasalari hamda soha mutaxassislari (kardiolog, intervension jarroh, nevrolog va neyroxirurglar va boshqalar)dan iborat ishchi guruhni shakllantirish.

2026-yil yanvar

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar boʻyicha xalqaro klinik protokollarni qabul qilish, tibbiy yordam koʻrsatish marshrutlari hamda vaqt meʼyorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil mart

Sogʻliqni saqlash vazirligi

3. Dastlab Samarqand viloyati va Toshkent shahrida, bosqichma-bosqich barcha hududlarda tez tibbiy yordam brigadalari va tibbiyot muassasalariga tasdiqlangan yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatish marshrutlari, klinik protokollar hamda standart operatsion muolajalarni amaliyotga joriy qilish.

Bunda tez tibbiy yordam brigadalari tomonidan tromb erituvchi dori vositalari qoʻllanishi, tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari tomonidan instrumental tekshiruvlardan oʻtkazilishi hamda koʻrsatmaga koʻra Respublika ixtisoslashgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazlarining hududiy filiallari hamda hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari tomonidan shoshilinch stentlash hamda insultda qon-tomir jarrohligi amaliyotlarini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil maydan boshlab

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2.

Aholi orasida yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirish.

1. Xalqaro tajribada keng qoʻllaniladigan yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash imkonini beruvchi savolnoma va algoritmlarni tasdiqlash.

2. Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash boʻyicha savolnoma va algoritmlarni amaliyotda qoʻllash yuzasidan oilaviy shifokorlarni bosqichma-bosqich ish joyida oʻqitish.

2026-yil mart

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

3. 30 yoshdan oshgan aholini oilaviy shifokorlar tomonidan yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha skrining tekshiruvidan yiliga kamida bir marotaba oʻtkazishni boshlash.

4. Aholida yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash boʻyicha skrining tekshiruvlarini oʻtkazish, jumladan, koronarografiya usulida tekshiruvlarni tashkil etish.

2026-yil maydan boshlab

3.

Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga tibbiy xizmat koʻrsatishni tartibga solish.

1. Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar boʻyicha xalqaro klinik protokollar asosida tibbiyot muassasalari tomonidan tibbiy xizmat koʻrsatish tartibi hamda har bir holat boʻyicha bemorlar marshruti va tibbiy xizmat koʻrsatish algoritmlarini tasdiqlash.

2026-yil mart

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarda bemorlar marshruti va tibbiy xizmat koʻrsatish algoritmlarini Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi joriy qilingan hududlardagi tibbiyot muassasalariga joriy qilish.

3. Oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarda aholiga shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatuvchi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini bemorlar marshruti, klinik protokollar hamda tashxislash va davolash standartlarini inobatga olgan holda doimiy belgilab borish.

2026-yil maydan boshlab

4.

Oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarda aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish.

1. Shoshilinch holatlarda EKG-telemetriya hamda FAST algoritmidan foydalanish va oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarda trombolizis terapiyasini oʻtkazish boʻyicha tez tibbiy yordam brigadasi tibbiyot xodimlari uchun oʻquv dasturlarini xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda ishlab chiqish.

2026-yil fevral

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Tez tibbiy yordam brigadasi tibbiyot xodimlarini:

a) infarktda EKG-telemetriya hamda EKG natijalarini sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilish, shifoxonagacha boʻlgan muddatda trombolizis terapiyasini oʻtkazish;

b) insultda FAST algoritmidan foydalanish hamda tromb erituvchi dori vositalarini qoʻllash boʻyicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida bosqichma-bosqich oʻqitish.

2026-yil apreldan boshlab

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahri hokimliklari

5.

Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni oʻtkazgan bemorlarning maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

1. “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimida yagona yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar reyestrini yuritish imkoniyatini yaratish.

2026-yil aprel

Davlat budjetidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Yagona yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar reyestrining Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi amaliyotga joriy qilingan hududlardagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, tuman (shahar) markaziy shifoxonalari, tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari, hududiy va respublika darajasidagi tibbiyot muassasalari hamda xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan yuritilishini taʼminlash.

2026-yil apreldan boshlab

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

3. Infarkt va insultga qarshi kurashish xalqaro dasturlari (“Stent for Life” va “Action Plan for Stroke”) doirasida yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarida aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini baholash tizimini joriy qilish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

4. Xalqaro hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi amaliyotga joriy qilingan hududlarda yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar boʻyicha aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini doimiy baholab borish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

6.

Oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarda aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. Samarqand viloyati va Toshkent shahri tez tibbiy yordam brigadalarini elektrokardiogramma natijalarini sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilish hamda telemetriya qilish imkonini beruvchi elektrokardiograf hamda monitorli defibrillyator uskunasi bilan taʼminlash.

2026-yil mart

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari 22 mlrd soʻm

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning tez tibbiy yordam brigadalarini elektrokardiogramma natijalarini sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilish hamda telemetriya qilish imkonini beruvchi elektrokardiograf hamda monitorli defibrillyator uskunalari bilan taʼminlash.

2026-yil iyulga qadar

Davlat budjeti 135 mlrd soʻm

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

3. Samarqand viloyati va Toshkent shahri shifoxonalarini tromb erituvchi dori vositalari bilan taʼminlash.

2026-yil mart

Davlat budjeti 5 mlrd soʻm

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida shifoxonalarni tromb erituvchi dori vositalari bilan taʼminlash.

2026-yil sentabrga qadar

Davlat budjeti 16 mlrd soʻm

2027-yildan boshlab har yili 52 mlrd soʻm

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

5. Samarqand viloyati va Toshkent shahri tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarini bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi holatlarida instrumental tashxislash uchun zarur dori va sarflov vositalari bilan taʼminlash.

2026-yil mart

Davlat budjeti 2 mlrd soʻm

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarini bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi holatlarida instrumental tashxislash uchun zarur dori va sarflov vositalari bilan taʼminlash.

2026-yil sentabrga qadar

Davlat budjeti 7,5 mlrd soʻm

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2027-yildan boshlab

Har yili 23 mlrd soʻm

7.

Hududiy tibbiyot muassasalari mutaxassislarining malakasini oshirish.

1. Respublika markazlari tomonidan “Angels Initiative” xalqaro tashabbus tashkiloti bilan hamkorlikda xorijiy va mahalliy soha mutaxassislaridan iborat mobil ishchi guruhlarni shakllantirish.

2026-yil yanvar

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Samarqand viloyati va Toshkent shahri tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarining infarkt va insult brigadalari tibbiyot xodimlarining bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi holatlarida instrumental tashxislash usullari boʻyicha malakasini oshirish.

3. Samarqand viloyati va Toshkent shahri hududiy darajadagi shoshilinch ixtisoslashgan tibbiy xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalari mutaxassislarining bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi holatlarida instrumental tashxislash usullari boʻyicha hamda murakkab stentlash va insultda qon tomir jarrohligi amaliyotlari boʻyicha malakasini oshirish.

2026-yil fevral

Xalqaro tashkilotlar hamda ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

4. Barcha tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarining infarkt va insult brigadalari tibbiyot xodimlarining bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi holatlarida instrumental tashxislash usullari boʻyicha hamda hududiy darajadagi tibbiyot muassasalarida murakkab stentlash va insultda qon-tomir jarrohligi amaliyotlari boʻyicha malakasini oshirish.

2026-2027-yillar

8.

Hududiy darajadagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. Samarqand viloyati va Toshkent shahridagi oʻtkir yurak-qon tomir va bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi holatlarida bemorlarga shoshilinch ixtisoslashgan tibbiy xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalarini stentlash va insultda qon-tomir jarrohligi amaliyotlari uchun zarur sarflov vositalari bilan taʼminlash.

2026-yil mart

Davlat budjeti 45 mlrd soʻm

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Oʻtkir yurak-qon tomir va bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi holatlarida bemorlarga shoshilinch ixtisoslashgan tibbiy xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalarini stentlash va insultda qon-tomir jarrohligi amaliyotlari uchun zarur sarflov vositalari bilan taʼminlash.

2026-yil sentabrga qadar

Davlat budjeti 52 mlrd soʻm

2027-yildan boshlab har yili 205 mlrd soʻm

9.

Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan bemorlarga tunu kun ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminlash.

1. Tajriba-sinov loyihasi doirasidagi tuman (shahar) shifoxonalari tarkibida tashkil etilgan tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarining shtat meʼyorlarini yurak-qon tomir kasalliklariga tibbiy yordam koʻrsatish marshrutlari, tashxislash va davolash standartlarini inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqish.

Bunda tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida Shoshilinch qabul boʻlimi (Emergency department) tashkil qilinishi va unda jarroh, neyrojarroh, terapevt, anestiziolog-reanimatolog (qizil hududga), MSKT shifokori va oʻrta tibbiyot xodimlaridan iborat infarkt va insult brigadalari tomonidan tunu kun tibbiy xizmat koʻrsatish imkoniyatini yaratish.

2. Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining hududiy filiallarining shtat meʼyorlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda tasdiqlash.

2026-yil fevral

Hisob-kitoblar asosida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

10.

Hududiy va respublika darajasidagi tibbiyot muassasalarida bemorlarga tunu kun shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil qilish.

1. Hududiy va respublika darajasidagi davlat tibbiyot muassasalarida bemorlarni kasallikning ogʻirlik darajasi boʻyicha saralaydigan (triaj) tunu kun ishlaydigan shoshilinch qabul boʻlimlarini tashkil qilish.

2. Hududiy va respublika darajasidagi davlat tibbiyot muassasalarida tashkil qilinadigan shoshilinch qabul boʻlimlarini saqlash xarajatlari Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanishi uchun Davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻ ajratish.

Bunda tibbiy yordam koʻrsatishda sarflangan dori va sarflov vositalarining (markazlashgan tartibda xarid qilingan dori va sarflov vositalaridan tashqari) xarajatlari ularning xarid narxida qoplab beriladi.

2026-yil apreldan boshlab

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

11.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarda aholiga shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil qilish.

1. Shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatiladigan oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash.

2026-yil mart

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

2. Oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarda koʻrsatiladigan shoshilinch tibbiy xizmatlarning bazaviy narxlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2026-yil iyun

3. Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarda aholiga shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatish xarajatlarini Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan bazaviy narxlar asosida qoplab berishni tashkil qilish.

2026-yil iyuldan boshlab

12.

Tibbiy statistik maʼlumotlar yuritish tizimini takomillashtirish.

1. Tibbiy statistik maʼlumotlar yuritish tizimini takomillashtirish boʻyicha xalqaro ekspertlarni jalb qilish.

2026-yil avgust

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

2. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) hamda xalqaro tajribada qoʻllaniladigan tibbiy-statistik maʼlumotlar yuritish uslubini amaliyotga joriy qilish.

2026-yil yakuniga qadar

13.

Aholi orasida targʻibot ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish.

1. Aholi orasida yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning xavf omillari hamda ularni bartaraf etish boʻyicha profilaktik tadbirlar hamda sogʻlom turmush tarziga rioya qilish yuzasidan targʻibot ishlarini doimiy tashkil qilish.

2. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali:

“Hoziroq harakatlan — hayotni saqlab qol!” mavzusida ijtimoiy roliklarni ishlab chiqish va ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali davriy namoyish qilinishini taʼminlash;

infografika, animatsiya va hayoti saqlab qolingan bemorlar haqidagi qisqametrajli videoroliklarni davriy joylashtirish.

2026-yil apreldan boshlab

Davlat budjeti mablagʻlari

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahri hokimliklari

3. Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning xavf omillari hamda ularni bartaraf etish boʻyicha profilaktik tadbirlar hamda sogʻlom turmush tarziga rioya qilish yuzasidan bozor va savdo markazlari yaqinida bilbord va bannerlar oʻrnatish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahri hokimliklari

14.

Taʼlim tashkilotlari, yirik korxona va tashkilotlarda targʻibot ishlarini tashkil qilish.

1. Taʼlim tashkilotlari, yirik korxona va tashkilotlarda yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning xavf omillari hamda ularni bartaraf etish boʻyicha profilaktik tadbirlar hamda sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, infarkt va insult alomatlarini aniqlash boʻyicha treninglar, maʼruzalar va seminarlar oʻtkazishni tashkil etish.

2026-yil apreldan boshlab

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahri hokimliklari

2. Mahallalarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining oilaviy shifokorlari va hamshiralar ishtirokida yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning xavf omillari hamda ularni bartaraf etish boʻyicha profilaktik tadbirlar hamda sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, infarkt va insult alomatlarini aniqlash boʻyicha ommaviy chiqishlarni tashkil qilish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

15.

Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni oʻtkazgan bemorlarning reabilitatsiyasini tashkil qilish.

1. Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarda bemorlarni erta hamda kechki reabilitatsiya qilish boʻyicha klinik protokollarni ishlab chiqish maqsadida ishchi guruh tashkil qilish hamda xorijiy tajribaga asoslangan holda reabilitatsiya bosqichlari, uslublari hamda davolash davomiyligini belgilash.

2026-yil fevral

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Tuman (shahar) markaziy shifoxonalari hamda hududiy darajadagi shifoxonalarda yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklardan keyingi erta tibbiy reabilitatsiya qilish tizimini joriy qilish.

Bunda quyidagilarni taʼminlash:

shifoxonalar mutaxassislarining kasallikdan keyingi erta tibbiy reabilitatsiya qilish boʻyicha bosqichma-bosqich malakasini oshirish;

shifoxonalarni zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

3. Erta tibbiy reabilitatsiya xarajatlarini Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi hisobidan qoplash tizimini joriy qilish.

2026-yil apreldan boshlab

Hisob-kitoblar asosida

16.

Barcha hududlarda Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturini bosqichma-bosqich joriy etish.

2026-yil 1-oktabrdan boshlab bosqichma-bosqich respublikaning barcha hududlarida xalqaro dasturlar asosida ishlab chiqilgan Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturini joriy etish.

Reja-jadval asosida

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

17.

Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni davolovchi mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish.

1. Neyrointervensionist hamda reanimatolog mutaxassislarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash (qayta tayyorlash) uchun respublikaga xorijiy hamkorlarni jalb qilish. Bunda:

oʻqitish jarayonlari tizimli va doimiy tashkil etilishini taʼminlash;

infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi joriy qilingan hududlarda mahalliy mutaxassislarni tayyorlash uchun xorijiy mutaxassislarni (neyrointervensionist va neyroreanimatologlar) jalb qilish.

2. Har yili kamida 10 nafar neyrointervensionist hamda neyroreanimatolog mutaxassislarni tayyorlash (qayta tayyorlash) maqsadida Yaponiya va Yevropa Ittifoqi davlatlariga tibbiyot xodimlarini oʻqishga yuborish.

Bunda oʻqib respublikaga qaytgan mutaxassislarning Yaponiya va Yevropa Ittifoqi davlatlarida tan olinadigan sertifikatga ega boʻlishini taʼminlash.

2026 — 2030-yillar davomida

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

18.

Tez tibbiy yordam hamda patologik anatomiya xizmati faoliyatini takomillashtirish.

Tez tibbiy yordam hamda patologik anatomiya xizmatini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil aprel

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturini 2026 — 2030-yillarda amalga oshirish samaradorligini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Samaradorlik koʻrsatkichlari

2025-yil

2026-yil

2027-yil

2028-yil

2029-yil

2030-yil

1.

Qon aylanish tizimi kasalliklaridan oʻlimning umumiy ulushi (foizda)

57,6

57

55

53

51

49

2.

Infarktda gospital oʻlim koʻrsatkichi (foizda)

11,3

11,0

10,0

8,5

7,5

7,0

3.

Serebrovaskulyar kasalliklarda gospital oʻlim koʻrsatkichi (foizda)

8,0

8,0

7,6

7,2

6,8

6,5

4.

Har 100 ming nafar aholi oʻrtasida infarkt koʻrsatkichi

65,3

68,0

70,0

60,0

55,0

50,0

5.

Har 100 ming nafar aholi oʻrtasida insult koʻrsatkichi

158,0

165,0

210,0

180,0

160,0

150,0

6.

Har 100 ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan infarktdan oʻlimlar koʻrsatkichi

18,0

17,5

17,0

16,0

15,0

14,0

7.

Har 100 ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan oʻtkir bosh miya qon aylanishi buzilishidan oʻlimlar koʻrsatkichi

23,0

22,0

21,5

20,0

18,0

16,0

8.

Infarkt va insultdan keyingi nogironlik koʻrsatkichi (foizda)

85

80

75

70

65

60

9.

Insult va infarktda oʻtkaziladigan trombolizis muolajalari soni

1 500

2 500

4 000

5 000

6 000

7 000

10.

Shoshilinch holatlarda oʻtkaziladigan stentlash amaliyotlari soni

4 000

5 000

6 000

7 000

8 000

9 000

11.

Shoshilinch holatlarda oʻtkaziladigan bosh miya qon tomir jarrohliklari soni

0

1 500

2 500

5 000

5 500

6 000

12.

“Oltin soat” ichida infarktda yordam koʻrsatilgan bemorlar ulushi (foizda)

60

65

70

75

80

90

13.

“Oltin soat” ichida insultda yordam koʻrsatilgan bemorlar ulushi (foizda)

1

3

7

10

14

18

14.

Insult holatlarida trombolizis yoki trombektomiya bilan qamrov ulushi (foizda)

10

30

50

70

80

90

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati va Toshkent shahridagi tez tibbiy yordam brigadalarini T-EKG uskunasi hamda monitorli defibrillyator bilan jihozlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAQSIMOTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

T-EKG uskunasi

Monitorli defibrillyator

Samarqand viloyati

1.

Samarqand shahri

21

18

2.

Kattaqoʻrgʻon shahri

5

5

3.

Oqdaryo tumani

7

6

4.

Bulungʻur tumani

11

8

5.

Jomboy tumani

11

7

6.

Ishtixon tumani

18

12

7.

Kattaqoʻrgʻon tumani

19

9

8.

Qoʻshrabot tumani

7

6

9.

Narpay tumani

3

8

10.

Payariq tumani

18

6

11.

Pastdargʻom tumani

27

5

12.

Paxtachi tumani

7

8

13.

Samarqand tumani

13

12

14.

Nurobod tumani

11

6

15.

Urgut tumani

40

11

16.

Toyloq tumani

13

7

Jami

231

134

Toshkent shahri

1.

Uchtepa tumani

21

-

2.

Bektemir tumani

8

3

3.

Yunusobod tumani

35

3

4.

Mirzo Ulugʻbek tumani

24

4

5.

Mirobod tumani

12

2

6.

Shayxontohur tumani

25

3

7.

Olmazor tumani

27

3

8.

Sergeli tumani

14

2

9.

Yashnobod tumani

25

6

10.

Yakkasaroy tumani

9

3

11.

Yangihayot tumani

14

3

12.

Chilonzor tumani

21

3

Jami

235

35

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligiga mazkur roʻyxatga zaruratga koʻra oʻzgartirish kiritish vakolati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-2326-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) muqaddima va 2-bandning ikkinchi xatboshisi “sport,” soʻzidan keyin “tibbiyot,” soʻzi bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Belgilansinki, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini berish, uning koʻkrak nishonlari va diplomini tayyorlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar mazkur maqsadlar uchun Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 1-ilovaning 1-bandi birinchi xatboshisi va 2-bandi birinchi xatboshisi “sport,” soʻzidan keyin “tibbiyot,” soʻzi bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 2-ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, tibbiyot, axborot texnologiyalari va boshqa sohalardagi eng nufuzli arboblardan, ijodiy uyushmalar, nodavlat notijorat tashkilotlar, taʼlim, madaniyat, tibbiyot va sport muassasalarining taniqli vakillaridan tashkil topadi va uning tarkibi har toʻrt yilda uchdan ikki qismi yangilanishi nazarda tutilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur Komissiya aʼzolari jamoatchilik asosida ishlaydilar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4890-son qarori 5-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi Kuzatuv kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Sharaxmetov Shaxrux Shaturgʻunovich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi, Kuzatuv kengashi raisi

Xudayarov Asilbek Anvarovich

sogʻliqni saqlash vaziri, Kuzatuv kengashi raisi oʻrinbosari

Turaxujayev Halilillo Sobirjonovich

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi

Fazilkarimov Otabek Rustamovich

iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari

Ishanxodjayev Kamoliddin Nuriddinovich

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi

Ermatov Zoxid Shavkatovich

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori, Kuzatuv kengashi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi “Sogʻliqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-38-son qarori 9-bandi “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda 2028-yilga qadar respublika darajasidagi barcha davolash-profilaktika muassasalari milliy yoki xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilishi nazarda tutilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-183-son qaroriga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kuzatuv kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Sh.Sh. Sharaxmetov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi, Kuzatuv kengashi raisi

2.

A.A. Xudayarov

sogʻliqni saqlash vaziri, Kuzatuv kengashi raisi oʻrinbosari

3.

B.J. Aʼloyev

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

O.R. Fazilkarimov

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

5.

Sh.X. Gulamov

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari v.b.

6.

N.U. Muxammadiyev

adliya vaziri oʻrinbosari

7.

D.K. Adilov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

8.

A.A. Abduqayumov

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

9.

T.U. Aripova

Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori

10.

D.A. Agzamxodjayeva

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “Sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-185-son qaroriga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Boʻlim boshligʻi

Boshliq oʻrinbosari — statsionar shoʻbasi boshligʻi*

Boshliq oʻrinbosari — oilaviy tibbiyot shoʻbasi boshligʻi

Boshliq oʻrinbosari — moliya-iqtisod shoʻbasi boshligʻi

Statsionar shoʻbasi

(onalik va bolalikni muhofaza qilish, statsionar xizmatlar)

2 — 4

Oilaviy tibbiyot shoʻbasi

(oilaviy poliklinikalar faoliyatini muvofiqlashtirish)

2 — 4

Markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati**

Pullik, DXSH va autsorsing xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Tuman (shahar) statsionar tibbiyot muassasalari

1-2 tip oilaviy poliklinikalar

Axborot texnologiyalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Sogʻlom turmush tarzi va tashkiliy-uslubiy shoʻbasi

3-4

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi, tez tibbiy yordam xizmati, nodavlat tibbiyot tashkilotlari

Inson resurslarini boshqarish xizmati**

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 15 — 21 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari xodimlarining cheklangan soni 21 nafar etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi boshligʻi belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida boʻlim tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman (shahar) tibbiyot boʻlimlarining tarkibiy boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari — statsionar shoʻbasi boshligʻiga hududda onalik va bolalikni muhofaza qilish vazifasi yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shtat meʼyorlari asosida kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi xodimlarining umumiy cheklangan soniga kiritilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu xodimlarga tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2026-y., 07/26/20/0072-son)