Norasmiy tarjima
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar-penitensiar xizmatlari uchun kadrlar tayyorlash toʻgʻrisida
Bundan buyon matnda tomonlar deb yuritiluvchi, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar-davlatlar hukumatlari,
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar-davlat penitensiar xizmat rahbarlari Kengashini tuzish toʻgʻrisidagi 2015-yil 16-oktabrdagi Kelishuvining qoidalarini hisobga olgan holda,
Ushbu Bitim ishtirokchilari-davlatlarning penitensiar xizmatlarini yuqori darajadagi kadrlar bilan taʼminlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda, zamonaviy dunyoning chaqiriq va tahdidlariga javob bera oladigan, ushbu sohada oʻzaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini yaratish istagini bildirib, quyidagilarga kelishdilar:
1-modda
Ushbu Kelishuvda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organlar — ushbu Kelishuvda ishtirok etuvchi davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy jazolarni ijro etish sohasida boshqaruv va nazorat funksiyalarini amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan davlat organlari;
yuboruvchi Davlat — ushbu Kelishuvga aʼzo davlat boʻlib, penitensiar xizmat xodimlarini ushbu Kelishuvga aʼzo boshqa davlatlarning taʼlim muassasalarida oʻqitish uchun yuboradi;
taʼlim tashkiloti — oliy taʼlimning muassasasi yoki kadrlar tayyorlash amalga oshiriladigan qoʻshimcha kasbiy taʼlim tashkiloti;
talabalar — oliy taʼlim yoki qoʻshimcha kasbiy taʼlim dasturlarni oʻzlashtiradigan kursant va tinglovchilar;
kadrlar tayyorlash — bu Kelishuvda ishtirok yetuvchi davlatlarning penitensiar xizmatlari xodimlarini oliy taʼlimning taʼlim dasturlari — bakalavriat, mutaxassislik, magistratura dasturlari, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar uchun qoʻshimcha yoki qoʻshimcha kasbiy dasturlar boʻyicha oʻqitish jarayoni;
qabul qiluvchi davlat — ushbu Kelishuvga aʼzo davlat boʻlib, ushbu Kelishuv ishtirokchisi boʻlgan boshqa davlatlarning penitensiar xizmatlari xodimlarini oʻz taʼlim muassasalarida oʻqitish uchun qabul qiladi.
2-modda
Tomonlar ushbu Kelishuvga muvofiq, Kelishuvga aʼzo davlatlarning milliy qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga asosan vakolatli organlar orqali kadrlar tayyorlashda hamkorlik qiladilar.
Tomonlarning har biri ushbu Kelishuvning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-qoidalarining bajarilishi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborishda, ushbu Kelishuvni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar roʻyxati toʻgʻrisida depozitariyni xabardor qiladi.
Tomonlar vakolatli organlar roʻyxatidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali imkon qadar qisqa muddatlarda depozitariyni xabardor qiladi.
3-modda
Qabul qiluvchi davlat taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlariga muvofiq, maxfiylik tartibini, tarqatilishi cheklangan rasmiy maʼlumotlar va qabul qiluvchi davlatning maxfiy maʼlumotlarining saqlanishini taʼminlash bilan bogʻliq cheklovlarni hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlashni amalga oshiriladi.
Oʻquv jarayoni rus tilida tashkil etiladi:
a) qabul qiluvchi davlat talabalari bilan birgalikda;
b) alohida (maxsus fakultetlarda, kurslarda, guruhlarda).
Qabul qiluvchi davlat yuboruvchi davlatning iltimosiga binoan, oʻquv jarayonini qabul qiluvchi davlatning rasmiy tilida tashkil etishi mumkin.
4-modda
Kadrlar tayyorlash qabul qiluvchi Davlat tomonidan oʻrnatilgan pullik yoki kvotalar boʻyicha imtiyozli yoki bepul asosda, moliyaviy va boshqa oʻqitish turlarini belgilaydigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda yuboruvchi davlat talabalarining pul taʼminoti (stipendiyasi) qabul qiluvchi davlat talabalarining pul taʼminoti (stipendiyasi)dan past boʻlmasligi kerak.
Kadrlarni imtiyozli asosda tayyorlashda yuboruvchi davlat talabalarini oʻqitish xarajatlari qabul qiluvchi davlatning vakolatli organi tomonidan, yuboruvchi davlat talabalarini taʼminoti uchun — yuboruvchi davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladi.
Kadrlarni bepul asosda tayyorlashda yuboruvchi davlat talabalarini oʻqitish va taʼminoti xarajatlari qabul qiluvchi davlatning vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladi.
Yuboruvchi davlatning talabalarini joylashtirish qabul qiluvchi davlatning vakolatli organi tomonidan qabul qiluvchi davlatning milliy qonunchiligida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Tomonlarning Kelishuvni amalga oshirish xarajatlari ushbu Kelishuvda ishtirok etuvchi davlatlarning vakolatli organlariga oʻz funksiyalarini bajarish uchun taqdim etiladigan milliy budjet mablagʻlari doirasida, shuningdek, milliy qonunchilikda belgilangan tartibda Tomonlar jalb qilgan budjetdan tashqari (ularning xoʻjalik yurituvchi subyektlari) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
5-modda
Yuboruvchi davlatning vakolatli organi oʻqish uchun arizalarni qabul qiluvchi davlatning vakolatli organiga oʻquv yilining 1-yanvarigacha taqdim etadi.
Qabul qiluvchi davlatning vakolatli organi oʻquv yilining 1-mayiga qadar yuboruvchi davlatning vakolatli organini oʻqish kvotalari toʻgʻrisida, shuningdek imtiyozli yoki bepul asosdaligi hamda taʼlim tashkilotlari, taʼlim dasturlari va har bir taʼlim dasturi uchun ajratilgan joylar soni koʻrsatilgan holda xabardor qiladi.
Qabul qiluvchi davlatning vakolatli organi, zarur boʻlganda, oʻqitish uchun nomzodlarni tanlash boʻyicha tavsiyalarni (talablarni) aniqlaydi.
6-modda
Oʻqishga nomzodlarni tanlash, ularni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va kirish imtihonlari taʼlim tashkilotlariga qabul qilish shartlari va qabul qiluvchi davlatning tavsiyalari asosida yuboruvchi davlat tomonidan amalga oshiriladi.
Yuboruvchi davlat kirish imtihonlarini, qoida tariqasida, yuboruvchi davlat hududida qabul qiluvchi davlat vakillari ishtirokida oʻtkazadi.
Shu bilan birga, qabul qiluvchi davlat vakillarini qabul qilish bilan bogʻliq barcha xarajatlar joʻnatuvchi davlat hisobidan amalga oshiriladi.
Yuboruvchi va qabul qiluvchi davlatlarning kelishuviga binoan oʻqishga nomzodlar uchun qabul qiluvchi davlatning taʼlim muassasalarida tayyorgarlik kurslari tashkil etiladi.
7-modda
Ushbu Kelishuv Tomonlarning har biri uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-qoidalarini amalga oshirilganligi toʻgʻrisida depozitariyni uchinchi marotaba xabardor qilgan kundan boshlab 30 kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ushbu Kelishuv, zarur boʻlgan davlat ichki tartib-qoidalarini kechroq amalga oshirgan Tomonlar uchun depozitariyni tegishli tartibda xabardor qilgan kundan boshlab 30 kun oʻtgach kuchga kiradi.
8-modda
Ushbu Kelishuv kuchga kirgandan soʻng, mustaqil davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo har qanday davlat unga qoʻshilishi uchun ochiqdir, davlatlar Kelishuvga aʼzo boʻlishga doir hujjatni depozitariyga yuborib unga qoʻshilishlari mumkin.
Ushbu Kelishuvga aʼzo boʻlayotgan davlat uchun depozitariy tomonidan qoʻshilganligi toʻgʻrisidagi hujjat olingan kundan boshlab 30 kun oʻtgach kuchga kiradi.
9-modda
Tomonlarning kelishuviga binoan ushbu Kelishuvga uning ajralmas qismi boʻlgan tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
10-modda
Ushbu Kelishuvni qoʻllash yoki talqin qilishdan kelib chiqadigan Tomonlar oʻrtasidagi nizolar, manfaatdor tomonlar oʻrtasida maslahat va muzokaralar yoxud Tomonlar kelishilgan boshqacha tartibda hal qilinadi.
11-modda
Mazkur Bitim Tomonlarning davlatlari ishtirokchilar boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi (Adliya vazirligi taklifi asosida).
12-modda
Ushbu Kelishuv nomaʼlum muddatga tuziladi. Tomonlarning har biri ushbu Kelishuvni bekor qilish sanasidan kamida 6 oy oldin, Ushbu Kelishuvning amal qilish muddati davomida yuzaga kelgan moliyaviy va boshqa majburiyatlarni hal qilgandan soʻng, ushbu Kelishuvdan chiqish huquqiga ega.
Moskva shahrida 2024-yil 12-dekabrda, bitta asl nusxada qabul qilindi. Asl nusxasi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasida saqlanadi, u ushbu Kelishuvni imzolagan har bir davlatga tasdiqlangan nusxasini yuboradi.
(imzolar)